AQSh “Islomiy harbiy ittifoq”ni qo’llab quvvatlashini bildirdi

432
0

AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyozda o’ttiz to’rt islomiy davlat ishtirokida “terrorizm”ga qarshi tashkil etilgan Islomiy harbiy ittifoqni mamnuniyat bilan qabul qildi. Bu haqida AQSh tashqi ishlar vazirligidan chiqarilgan bayonotda ma’lum qilindi.

AQSh Davlat departamentining matbuot kotibi Jon Kirbi kundalik matbuot anjumanida mazkur koalitsiya haqida qo’shimcha batafsil ma’lumot olish zarurligini ta’kidladi. Kirbiga ko’ra, bu ittifoq AQSh istagining aynan o’znigasidir.

“Bu koalitsiya biz targ’ib qilayotgan yo’nalish bilan aynan bir xil ekanligiga hech shubha yo’q. Biz uzoq vaqtdan buyon mintaqadagi mamlakatlarning terrorizmga qarshi kurash olib borishlari zarurligiga targ’ib qilib kelayotgan edik”, dedi Kirbi.

Islomiy o’lkalar rahbarlarining tashabbusi bilan tashkil qilinganligi aytilayotgan harbiy ittifoq bilan AQSh boshchiligida tashkil qilingan koalitsiya o’rtasida aloqa bor yoki yo’qligi haqida berilgan savolga Kirbiy “Allaqachon aloqa o’rnatilgan”, deya javob berdi.

“Bu davlatlar birlashib IShIDga va mintaqadagi terrorchi (Islomiy) guruhlarga qarshi ittifoq tashkil qiladigan 65 davlatning bir qismidir”, deya qo’shimcha qildi u.

Ammo Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyatining izohlashicha, mazkur ittifoq Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan emas, balki aynan AQShning ko’rsatmasi bilan tashkil qilingan. Parda ortiga o’tib olgan AQSh esa o’zining asl basharasini Islom Ummatidan yashirmoqchi.

“Avvalambor bu ittifoqqa rahnamolik qilgan Saud oilasi Amerikaning malayi ekanligi hech kimga sir emas. Shunday ekan, bu ittifoqni tashkil qilgan Saud oilasi emas, Amerika Qo’shma Shtatlarining aynan o’zidir. Zero AQSh nomini ham o’zi qo’ygan, hatto qaysi davlatlar ishtirok etishini ham shaxsan o’zi belgilab bergan mazkur koalitsiyani tuzib, so’ngra o’zining bosqinchi va mustamlakachi yuzini Ummatdan yashirishga harakat qilmoqda. Musulmonlar o’lkalarining bir qancha joylarida yillar davomida terror uyushtirib kelgan AQSh Islomni terrorizm bilan tenglashtirishga harakat qilmoqda va Islomiy o’lkalardagi qo’g’irchoq rejimlarni ham shunga targ’ib qilmoqda”, deyiladi jumladan Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati tarafidan chiqailgan bayonotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.