Bir-biriga bog’liq ikki muqarrar yomonlik
Suriya ichkarisidagi sulhlar… va Saudiyadagi muzokaralar!
Frans Press agentligi muxbirining ta’kidlashicha O’tgan hafta BMT homiyligida hukumat vakillari bilan tuzilgan kelishuvni bajarish uchun «Oppozitsiyaning yuzlab jangchilari va tinch fuqarolar Va’r mahallasidan chiqib ketdi. U Suriya o’rtasidagi Hims shahridagi mahalla bo’lib, u oppozitsiya nazoratidagi oxirgi nuqta edi. Frans Press muxbiriga ko’ra avtobuslarni Suriya qizil yarim oy jamiyatiga qarashli o’nta tez yordam mashinalari va BMTga qarashli avtomashinalar kuzatib bordi. Birinchi dekabrda oppozitsiya jangchilari bilan Suriya rejimi o’rtasida BMT homiyligida erishilgan kelishuvda ikki ming jangchi va tinch fuqarolarning oilalari Va’r mahallasidan chiqib ketishi ko’rsatilgan. Inson huquqlari Suriya monitoringi mudiri Romiy Abdurrahmonning Frans Press agentligiga aytishicha bu buslar Hims shahriga, undan Hama muhofazasidagi Maziq qal’asiga so’ngra Idlib muhofazasi sari yo’l oladi. Ma’lumki, Idlib o’tgan yoz oyidan buyon fath Armiyasi bo’linmalari nazorati ostidadir. Bu bo’linmalarning eng ko’zga ko’ringani Jabhatun Nusradir». Monte Karlo dualiyya 2015 yil 9 dekabr…
Shu kunlarda Riyozda oppozitsiya konferentsiyasi o’tkazildi. U Islom diyorining markazi bo’lgan Shomda bir ilmoniy fuqarolik davlatining o’tish davri boshqaruvi bo’yicha rejim bilan muzokara olib boradigan delegatsiyani «yasab» tayyorlash uchun o’tkazildi! «Bugun Riyozda Suriya siyosiy va harbiy oppozitsiyasining yig’inlari boshlandi. Maqsad bitta yakdil pozitsiyaga erishishdir. Yig’inlarda Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr ham qatnashmoqda. Ishtirokchilar siyosiy echim printsiplari bo’yicha va rejim bilan o’tkazilishi kutilayotgan muzokaralarda ishtirok etish uchun bir delegatsiyani tuzish bo’yicha kelishuvga erishishga harakat qilishmoqda. Yirik davlatlar bu muzokaralarning birinchi yanvarda o’tkazilishi to’g’risida istak bildirmoqda. Oppozitsiyaning bir necha vakillari seshanba kuni norasmiy tayyorgarlik yig’inlarini o’tkazishdi. Riyozdagi «InterKontinental» mehmonxonasida o’tkazilgan bu yig’inlarga G’arb va rus diplomatlari ham qatnashdi». Arabiyya net 2015 yil 9 dekabr.
Yig’inlar 2015 yil 9-10 dekabr chorshanba va payshanbada davom etdi. Ularda yakuniy bayonot chiqarildi. Unda jumladan quyidagilar kelgan: «Saudiya Arabistoni hukumati taklifiga javoban qo’zg’olon kuchlari va Suriya oppozitsiyasi payshanba kuni Riyoz shahrida kengaytirilgan yig’in o’tkazdi. U saflarni birlashtirish maqsadida va Jeneva-1 bayonoti asosida Suriya masalasiga oid siyosiy muzokaraviy echim borasida bir mushtarak qarashga erishish maqsadida o’tkazildi. Yig’in ishtirokchilari o’zlarining Suriya erlari yaxlitligi tarafdori ekanliklarini va Suriyada fuqarolik davlati bo’lishiga ishonishlarini bildirishdi. Ular shuningdek demokratik mexanizmga qattiq amal qilishlarini ham bildirishdi. Yig’ilganlar Suriya davlat muassasalarini saqlab qolishga harakat qilish ahdini berishdi. Ishtirokchilar siyosiy echimdan maqsad fuqarolik mabdasi asosiga quriladigan davlatni ta’sis etish ekanligiga, unda va kelgusida bo’ladigan har qanday siyosiy tartibotlarda Bashar Asad va uning rejimi tayanchlari uchun hech bir o’rin bo’lmasligiga kelishib olishdi. Yig’in ishtirokchilari Suriya rejimi vakillari bilan muzokaralarga kirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu muzokaralar 2012 yil 30 iyunda chiqqan Jeneva-1 bayonoti va shunga aloqador xalqaro qarorlar asosida o’tkaziladi. Bashar Asad va uning hukumati arboblari o’tish davri boshlanishi bilan hokimiyatdan ketishlari lozim». 24 Saudiya Axborot Agentligi (SPA) 2015 yil 10 dekabr.
«Payshanba oqshomida o’tkazilgan matbuot konferentsiyasida Ko’rfaz tadqiqotlar markazi raisi Abdulaziz Soqarning aytishicha – u konferentsiyaga raislik qildi – oppozitsiya vakillari yanvarning birinchi o’n kunligida rejim vakillari bilan uchrashadi. Shu mazmunda Soqar yakuniy bayonot barcha ishtirokchilar tomonidan, jumladan qurolli oppozitsiyaga tobe Ahrorur Shom harakati tomonidan imzolanganini ta’kidladi. Ahrorush Shom harakatidan vakil bo’lib shu harakatdagi etakchilardan biri Labib Nahas qatnashdi. Bundan oldin harakat tvitter saytida konferentsiyadan chiqib ketishga qaror qilganini e’lon qilgan edi… Kelishuvda 32 a’zodan iborat oliy hay’at-kengash tuzilishi ko’rsatilgan. Bu a’zolar orasida bo’linmalarning o’n vakili, koalitsiyaning to’qqiz vakili, koordinatsion hay’atning besh vakili va sakkiz mustaqil a’zolar bor». Al-Jazira net 2015 yil 11 dekabr.
Bu sulhlar va ana shu muzokaralar jarayonlarini tadabbur qilgan kishi ularning Islom diyori markazi bo’lmish Shomga qarshi tuzilgan kek-adovatga to’la iflos rejalar mahsuli ekanini ko’radi. Bu fitnalar to’rini Islom va musulmonlarga qarshi kek-adovatli Amerika boshchiligida G’arb va Sharq davlatlari to’qimoqda. Bu jarayonlarni ana shu fitna to’rlari iplari bilan ta’minlayotganlar tog’ut rejim va uning yordamchilari, qo’shni mamlakatlardagi malay hokimlardan iborat yugurdak malaylardir, tog’utga qarshi qarshilik harakati «to’ni»ni kiyib so’ng u bilan sulh tuzayotgan, oppozitsiya «to’ni»ni kiyib so’ng bu tog’ut bilan muzokaraga kirishayotgan siyosiy va harbiy oppozitsiyaning ba’zi qatlamlaridan iborat yugurdak malaylardir. Bu oppozitsiyadagilar go’yo to’kilgan shuncha qonlar va poymol qilingan hurmatlar butunlay unutilgandek tog’ut bilan muzokaraga kirishishmoqda. Ularning nazarida bu qonlar va hurmatlar bir hovuch iflos pullar yoki siniq mansab kursisiga ega bo’lish evaziga butunlay unut bo’ldi-qoldi! Hech shubhasiz bu sulhlar va Riyoz konferentsiyasi Shom va uning ahliga qarshi bitta manbadan chiqyapti:
- Sulhlar haqida aytadigan bo’lsak, ular yurtni va bandalarni tog’ut changaliga topshirib qo’yishdir. Koshki bu sulhlar ularni tuzuvchilarning o’z joylarida tinch qolishlari evaziga bo’lsaydi. Aksincha bu sulhlar ularning chiqib ketib bitta belgili joyda to’planib qolishlari uchun tuzilmoqda. Chunki ana shunda ularga turli qurol-aslahalar bilan har tomondan zarba berish oson bo’lib qoladi. Zabadoniy sulhida sulh tuzganlarning shimolga, Idlib tomonga ketishlarini shart qilib qo’yishmoqda. Va’r sulhida ham ularning shimolga, Idlib tomonga ketishlarini shart qilib qo’yishmoqda! Rejimning o’z va’dalarini buzishi unga ko’zini yumib ochishidan ham osonroq ekanligi har bir oqilga yaxshi ma’lum! Chunki oldin ham rejim 2011 yildan boshlab bir necha sulhlarni tuzgan va ularni buzishda o’zining manfaati bor deb bilgan paytda ularni buzgan edi. Masalan 2012 yil 10 aprelda Kofi Annan sulhi bo’ldi, 2012 yil 18 oktyabr qurbon hayiti chog’ida Axzar Ibrohimiy sulhi bo’ldi, 2014 yil yanvarda Barza mahallasi sulhi, 2014 yil sentyabrda Qobun mahallasi sulhi, 2015 yil 20 sentyabrda shimoliy Idlib atrofidagi Kufriyo va Fav’a shaharlaridagi sulh, Damashq atrofidagi Zabadoniy va Mazoya shaharlaridagi sulh bo’ldi. Zabadoniy kelishuvi bo’yicha barcha qurollilar va tinch fuqarolardan kim xohlasa Zabadoniy mintaqasidan chiqib Idlib tarafga ketishi shart qilingan edi! Hozir esa 2015 yil dekabrda Va’r mahallasi sulhi tuzildi. Bu kelishuv bo’yicha ham oppozitsiyaning qurolli jangchilari bu Va’rdan chiqib ketib Idlib tarafga ketishi shart qilinmoqda! Shuning uchun Va’r kelishuvini amalga oshirish boshlanishi bilanoq 2011 yilda rejimga qarshi norozilik namoyishlari alanga olganidan keyin «qo’zg’olon poytaxti» deb nom berilgan Hims shahridagi barcha mahallalar Suriya armiyasi nazorati ostida bo’lib qoladi. Shunday qilib bir sulh o’zining ortidan yana bir sulhni olib keladi. Bu ahvol oppozitsiyaning tog’utga qarshi chiqishi
كَالَّتِي نَقَضَتْ غَزْلَهَا مِنْ بَعْدِ قُوَّةٍ أَنْكَاثًا
«Xuddi o’zi to’qigan narsasini pishiq-puxta bo’lganidan so’ng parcha-parcha qilib buzib-chuvatib tashlagan xotin» [Nahl 92]
kabi ortga chekingunga qadar davom etaveradi.
Bo’layotgan bu sulhlar rejimning o’z umrini uzaytirish uchun va torayib qolgan hukmronligini kengaytirish uchun ishga soladigan vositalaridan biridir. Chunki bu sulhlar eski malay o’rniga Riyoz konferentsiyasida Amerika va uning tobelari nazoratida etishtirib chiqariladigan yangi malay uchun tinch shart-sharoitlarni muhayyo qilib beradi. Shuning uchun ham Amerika prezidenti Va’r sulhini olqishlab sulhlar doirasini yanada kengaytirishga chaqirdi. «Kelishuv bo’yicha jangchilarni va ularning oilalarini Turkiya chegaralari yaqinidagi shimoliy G’arbdagi qurolli oppozitsiya nazorat qilayotgan mintaqalarga ko’chiriladi. U shunga o’xshash mintaqalarda tatbiq etiladigan sulh kelishuvlarining bir namunasidir. Obama bu sulhni Suriyada kattaroq ko’lamda amalga oshirish mumkinligini aytdi». Reyter, 2015 yil 9 dekabr… Biz sulh ortidan elib yugurayotgan anavi kimsalarni, ayniqsa La ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh deb guvohlik beradigan anavi harakatlarni bu sulh – ular turgan joylar rejim changaliga tushishi uchun – ularni asta-sekin joylaridan chiqarib tashlab ularni yo’q qilib tashlash uchun hammalarini bir joyga to’playdigan bir tuzoq ekanligidan ogohlantiramiz. Biz ularga nasihat qilib o’zlarini va ahlu oilalarini ahd-va’da nimaligini bilmaydigan rejim changaliga topshirmaslikka chaqiramiz. Zero ular rejimning o’z ahdini – hozirgina aytib o’tganimizdek – buzganini ko’p marta tajribadan o’tkazishdi. Shuning uchun ular Rosululloh A:
«لاَ يُلْدَغُ المُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ»
«Mo’min bitta teshikdan ikki marta chaqtirmaydi», deb aytganlaridek o’zlarini yana chaqtirmasliklari kerak. Bu hadisni Buxoriy chiqardi. Shunday ekan ko’p marta chaqtiradigan kimsa haqida nima deyish mumkin?!
- Riyoz konferentsiyasi haqida aytadigan bo’lsak, uning bayonotidan u rejim bilan muzokara olib borish uchun oppozitsiyadan bir delegatsiya tuzishi va Bashar muzokaralar bosqichi chog’ida hokimiyatda qolaverishi – vaholanki oldin buni rad etib kelishayotgan edi – aniq tushunilib turibdi! Uning bayonotida demokratik mexanizm bilan boshqariladigan ilmoniy fuqarolik davlati qurilishi ko’rsatilgan. Undagi echim asosi Jeneva-1dir. Ya’ni o’tish davri boshqaruv kengashi tuziladi, bu kengash ijroiy hokimiyatlarni to’liq amalga oshiradi. Uning a’zolari hozirgi hukumat vakillari, oppozitsiya vakillari va boshqa guruhlar vakillaridan iborat bo’ladi. U o’zaro kelishuv asosida tuzilishi kerak. Shu bilan birga hukumat muassasalari saqlanib qolaveradi. Bu kengash ko’p partiyaviylikka asoslangan demokratik davlatni quradi. Konferentsiya bayonotidagi eng ko’zga ko’ringan narsalar mana shulardir.
Bu konferentsiya oqibatlariga va uni o’tkazish sabablariga chuqurroq nazar tashlansa shu narsa ayon bo’ladiki, Amerika o’zining koalitsiya va mo”tadil yoki muaddil (o’zgartirilgan) guruhlardan iborat qo’g’irchoqlarini Shom ahli tomonidan qabul qilinishiga erisholmagach – chunki yangi malay hozirgi malay o’rnini egallaydigan bo’ladi – Amerika o’zining bu urinishi barbod bo’lgach yana bir pokiza erdagi yana bir tog’ut yordamiga tayanishga o’tdi. Amerika o’zi erisholmagan narsani bu tog’ut amalga oshirishga muvaffaq bo’ladi, chunki bu tog’ut pul bilan ta’minlash va adashtirish imkoniga egadir, deb o’ylamoqda. Shuning uchun ham Jon Kerri bu konferentsiyani maqtadi: «Parijda Jon Kerri: «Suriya oppozitsiyasi saflarini birlashtirish uchun Saudiya boshchilik qilayotgan so’zlashuvlarda Suriyadagi kurashga barham berish maqsadi ko’zlangan siyosiy muzokaralarga undash yo’lida muhim qadam tashlashda oldinga siljishga erishildi» dedi». Reyter arabiy, 2015 yil 10 dekabr. Amerika musulmonlar libosini kiygan Saudiya podshohi agar fuqarolik davlati bo’lishi zarurligini aytsa bu undan – mustamlakachi kofirlarning zo’ravon yugurdaklaridan qabul qilinishidan ko’ra – ko’proq qabul qilinadi, deb xayol qilmoqda. Bu xom xayol o’z ahlini halok qiladi. Chunki haq porlab turibdi, shuning uchun haq ahlini hech bir kofir yoki hech bir munofiq alday olmaydi…
Riyoz konferentsiyasi o’zi bilan birga o’zining barbod bo’lishini olib kelmoqda. Bu barbod bo’lish unda yig’ilganlar jihatidan bo’ladimi yoki ular jar solib e’lon qilishayotgan narsa jihatidan bo’ladimi, buning farqi yo’q. Chunki Shomning haqiqiy er kishilari «InterKontinental»da pul va zalolat tepasida aylanayotgan ana shu kimsalar emas. Aksincha Shomning haqiqiy er kishilari uning arslonlaridir. Ummat ularni yaxshi taniydi. Ummat ularni sodiqligi va xolisligi sababli taniydi. Ular ham Ummatda yaxshilik qiyomatgacha yo’q bo’lmasligini yaxshi biladilar. Ular haqni baralla aytgan, qalblari va og’izlari bilan «u (ya’ni qo’zg’olon) Alloh uchundir, u Alloh uchundir» deb baralla hayqirgan haqiqiy er kishilardir. Ular Alloh Subhanahu va Rosuli A Shomning
«عُقْرُ دَارِ الْإِسْلَامِ بِالشَّامِ»
«Islom diyorining markazi Shomdadir» degan hadisda (bu hadisni Tabaroniy Kabirda Salama ibn Nufayldan chiqardi) aytilganidek bo’lishini istaganidek Shomning shunday bo’lishini istayotgan er kishilardir. Er kishilar rejim bilan muzokara olib borish kerak deb aytayotgan va shu vaqtning o’zida rejim boshlig’iga hech qanday o’rin yo’q deb aytayotgan anavi kimsalar emas. Chunki biron o’ringa ega bo’lishi qabul qilinmaydigan kimsaning rejimi bilan muzokara ham olib borilmaydi! Haqiqiy er kishilar «ilmoniy fuqarolik davlati bo’lishi» buyurilayotgan, natijada bu buyruqqa boshlarini egib rozi bo’lib turgan, ayni vaqtda o’zlarini islomchi deb da’vo qilayotgan anavi kimsalar emas! Haqiqiy er kishilar bashar Robbisi hukmi bo’lishi o’rniga bashar hukmi bilan halol va harom qiladigan demokratiya bo’lishi kerak deb aytayotgan anavi kimsalar emas! Vaholanki Ahkamul hokimin bo’lgan Alloh:
إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ
«Hukm qilish faqat Allohning O’ziga xosdir» [An’om 57]
deb aytmoqda.
Saudiya podshohi, uning xo’jayini va uni qo’llayotgan hokimlar halokat jarligida turishibdi. Ular yaqinda Shom ularga bo’ysunmasligini, ilmoniyliklariga bo’ysunmasligini, ularning fuqarolik davlatiga bo’ysunmasligini yaxshilab bilib olishadi. Hatto ular Shom ahlini g’aflatda qoldirib biron «raund»da yutib chiqishgan taqdirda ham ular aslo mustahkam o’rnasha olishmaydi. Aksincha qanchalik tog’utlik qilishmasin va qanchalik jinoyat qilishmasin ularning ahvoli kuchli, Aziz Zot:
سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ
«Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o’tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob etajakdir» [An’om 124] deb aytganidek bo’ladi.
Ey konferentsiya o’tkazayotganlar, biz sizlarga murojaat qilyapmiz. Mana, konferentsiyangiz tugadi, siz hozirda Saudiyada (uning qo’l ostida) emassiz. Endi ishingizni tadabbur qilib yaxshilab o’ylab oling. Chunki sizlar rejim bilan muzokara olib borish bir katta xiyonat ekanini hech shubhasiz yaxshi bilasiz. Rejim basharu, tog’u toshga qarshi qilgan shuncha jinoyatlardan keyin u bilan muzokaraga kirishish katta xiyonatdir. Sizlar ilmoniy fuqarolik davlatiga chaqirish jinoyat ekanligini ham yaxshi bilasizlar. Chunki sizlar musulmonsiz. Islom esa Alloh nozil qilgan narsa bilan boshqarishni farz qilib yuklaydi. Islomdagi boshqaruv nizomi roshid Xalifalikdir. U Alloh izni bilan mo’minlarning yordamida kirib kelmoqda. Zero u Alloh Subhanahuning va’dasi va Rosuli Aning bashoratidir… Shunday ekan es-hushingizga, to’g’rilikka qayting. Zero haqqa qaytish bir fazilatdir. Gunohdan tavba qiluvchi gunohi yo’q kishi kabidir. Orangizda rejim bilan sulh tuzishni rad etishini va xorlarcha, sharmandalarcha muzokara olib borish uchun bo’ladigan konferentsiyani rad etishini baralla hayqiradigan biron rashid er kishi yo’qmi? Nahotki orangizda shunday er kishi bo’lmasa? Nahotki bo’lmasa?
أَلَيْسَ مِنْكُمْ رَجُلٌ رَشِيدٌ
«Orangizda rashid-biron to’g’ri yo’lga yurguvchi kishi yo’qmi?!» [Hud 78]
Sizlar esa, ey Shom eridagi sodiq, xolis o’g’lonlar, Alloh rahmatidan aslo umidingizni uzmang… O’zingiz turgan haq ustida sobit bo’ling. Chunki botilning bir yutug’i bo’lsa, Haqning ko’p yutuqlari bor. Sizlarning qo’zg’oloningiz haqiqatdan ham fosh qilib, ochib tashlovchidir. Chunki u til biriktiruvchilarni fosh qilib tashladi va munofiqlarning basharasini ochib sharmandasini chiqardi. Bu dushmanlarning barchasining haqiqiy basharasi bab-baravar ochilib qoldi. Shuning uchun ularga faqat g’ofilgina aldanadi, ularning makri tuzog’iga faqat johilgina tushadi.
Hizb ut-Tahrir o’z ahlini aslo aldamaydigan etakchidir. U Islom va musulmonlar dushmanlari rejalarini barbod qilish uchun va roshid Xalifalikni tiklab Islomiy hayotni qayta boshlash uchun tunini kuniga ulab sizlar bilan birga va siz bilan elkama-elka turib harakat qilmoqda. Shunday ekan unga yordam bering, uni qo’llang. Keling, Xalifalik tongi otishiga birgalikda guvoh bo’laylik
وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ
«O’sha kunda mo’minlar Alloh nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O’zi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]
Hizb ut-Tahrir
29 safar 1437h
11 dekabr 2015m