Mustabid rejim 95 yoshli otaxonga ham rahm qilmadi

389
0

Bugun (15.12.2015) Tojikiston tartibni saqlash organlari tarafidan Hizb un-Nahzati Islomiya (HNIT) rahbari Muhiddin Kabiriyning oilasi va yaqinlariga qarshi reyd uyushtirildi. Natijada kuch organlari xodimlari Kabiriyning yaqin qarindoshlarini qamoqqa olishib noma’lum tomonga olib ketishdi. Hanuzgacha ularning taqdiri to’g’risida biror ma’lumot kelmadi.

“Payom” saytining xabariga ko’ra qo’lga olinganlar orasida Kabiriyning 95 yoshli otasi Tillo Kabirov ham bor bo’lib, kuch organlari tomonidan qattiq tahdid ostida olib ketilgan.

Ma’lumot sifatida aytib o’tomoqchimiz, HNIT Tojikistonda 90 yillardan buyon faoliyat olib boradi. Tarafdorlari ko’p bo’lib, hukumati tomonidan uning faoliyatiga qarshi deyarli biror harakat olib borilmagan. Tojikistonning turli mintaqalarida HNITning ofislari mavjud bo’lib, uzoq yillar mobaynida faoliyat olib bordi. Ular aholi orasida o’z maqsadi sari intilib, masjidlar barpo etdilar, etimlarga yordam berib, muhtojlarning hojatini chiqardilar. Ularning ezgu ishlarini har zamonda Eron mamlakati oliqishlab turardi. Erkaklar qatorida ayollar ham HNITga a’zo bo’lishdi. Ularning maqsadi davlat parlamentidan joy egallab Islom ravnaqi uchun hissa qo’shishdan iborat edi. Ammo barcha diniy manbalarga kelgan tahdid nahzachilar boshiga ham etib keldi.

Ushbu yilning boshlarida HNIT rahbari Muhiddin Kabiriy ish safari bahonasi bilan xorij tomon yo’l oldi. Uning bu safari uzoqqa cho’zilib, Kabriy vataniga qaytib kelmadi. Hizb ut-Tahrir bu rahbarining tasodifan g’oyib bo’lishi ortidan yangi voqealar sodir yuzaga kelishini sezdi. Hatto ijtimoy tarmoqlar orqali odamlarni bu kufrning navbatdagi hiylasi ekanligini takroran bayon ettb, ogohlantirdi. Ammo Kabiriyning yo’llariga ko’zlari to’rt bo’lgan HNIT a’zolari tomonidan bu narsaga umuman e’tibor berilmadi.

Hizbi Nahzati islomiy shu yilning mart oyida bo’lib o’tgan parlament saylovlarida juda kam ovoz to’plashganlari bois deyarli mamlakat hududida ilgarigidek mustaqil faoliyat olib borisha olmadi. Bundan tashqari hukumat tarafidan uning liderlariga turli tazyiqlar qo’llanildi, 13 nafari zindonband qilindi. Ko’pchiligi mamlakatni tark qilishga majbur bo’lishdi. Oktyabr oyida HNIT faollaridan biri, muslima ayol Zarafo Rahmoniy qamoqxonada organ xodimlari tomonidan tajovuzga uchradi.

Shu vaqtgacha HNIT hamisha Hizb ut-Tahrirni ayblab kelishdi, ig’volar tarqatishib, aholini (ularning tili bilan aytganda) “tahrirchilar”ga qarshi gij-gijlashdi, Hizb ut-Tahrirning g’oyasini xato bilib va hatto inkor etishdi. Islomga qarshi bo’lgan harakatlarning barchasiga “tahrirchilar”ni aybdor deb bilishdi. Ijtimoiy saytlar vositasida Hizb-ut- Tahrir maqsadlarini qoralab maqolalar chiqarishdi.

Ammo bugungi kunga kelib o’zlari kufr zulmiga giriftor bo’ldilar. Emomali Rahmonning mustabid rejimi o’zining manfaati sari hatto Muhiddin Kabiriyning 95 yoshli otasiga rahm qilmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.