بسـم الله الرحمن الرحيم
Xalq siyosiy bo’lmasa boshqaruvni xoinga byerib qo’yadi
Boshqaruvni xalq va ummat o’z qo’llari bilan bermasa, hech qanday kuch uni tortib ololmaydi. Shuning uchun qalbaki bo’lsa ham saylovlar o’tkazilmoqda. Hatto Rossiya yoki AQSh kabi mustamlaka qiluvchi davlatlar ham malaylarini, mustamlaka qilishga harakat qilayotgan xalq tepasiga olib qelishda, albatta xalqdan foydalanadi. Go’yoki xalq shuni xohlagandek va xalq xohlagan rahbar kelgandek…
Endi xalq ongli bo’lsa va siyosatni tushunsa, u holda hech kim xalqni alday olmaydi. Shunda rahbarlik faqat iqtidori bor, o’z ishini bilgan, xalq uchun o’zini qurbon qilishdan ham qaytmaydigan sheryurak, holis etakchigagina topshiriladi. Agar uni zo’rlik bilan tortib olinsa, bunday xalqda zo’ravonlik oz vaqt davom etadi.
Xalq va ummat boshqaruvini o’zi xohlagan insonga beradi. Xoin, xudbinlar rahbariyatga kelib qolmasligi uchun xalq hayot qanday bo’lishini tushunishi kerak, ayniqsa u siyosiy vaziyatni, siyosiy yo’nalishni va siyosiy ishlarni tushunishi kerak. Shunda bu ishga kim qodirligini xalqning o’zi tanlab, so’ng uni loyiq insonga topshiradi.
Siyosatni tushunish uchun o’z hayotlarida bo’layotgan voqea va hodisalarni davomli o’rganib borish kerak. Uni o’rganish uchun voqealar va joriy hodisalarni siyosiy fikrlash kerak, ya’ni bu so’z dalolat qilgan narsalar haqida siyosiy jihatdan fikrlash zarur. Aynan shunday fikrlash fikrlovchini siyosatchiga aylantiradi. Bunday fikrlashda bir-biriga mujassam bo’lgan beshta asosiy ishlarga ehtiyoj tug’iladi:
Birinchidan: Olamda sodir bo’layotgan barcha voqea, hodisalarni, ya’ni hamma axborotlarni uzliksiz kuzatib borish zarur, buning uchun xilma-xil xabarlarning ahamiyatli va ahamiyatsiz jihatlariga, voqea, hodisalar yoki ularni etkazishdan ko’zlangan maqsadga, xabarning uzilib qolishi yoki mufassal etkazilish jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Tajriba qilish va o’z vaqtida kuzatish bilan xabarlarni uzluksiz kuzatilar ekan, ularning hammasini emas, balki bilish lozim bo’lganlarinigina kuzatib borish zarur.
Ikkinchidan: Voqea va hodisalarning mohiyati, ya’ni xabarlarning dalolatlari haqida – avvaldanmi yoki yarimidanmi farqsiz – ma’lumotlarga muhtoj bo’linadi. Bu ma’lumotlar jug’rofiy, tarixiy, fikriy, siyosiy yoki boshqa ma’lumotlar bo’lishining farqi yo’q, voqea va hodisalarning, ya’ni xabarlarning dalolatlariga erishilsa bas.
Uchinchidan: Voqealarni o’zining sharoitlaridan ajratmaslik, umumiylashtirmaslik. Ajratish, umuiylashtirish va umumiy qiyoslash bu voqea, hodisalarni tushunishdagi, ya’ni xabarlarni bilishdagi asosiy omil hisoblanadi. Demak, hodisa bilan uning sharoitini zinhor-bazinhor ajratmagan holda hodisa va voqealarni o’z sharoitlari bilan birga qo’shib olinmog’i zarur. Bunga qo’shimcha, shu hodisani sodir bo’lgan joyga bog’lanadi va har bir hodisa shunga o’xshash hodisaga qiyoslanmaydi, balki hodisani alohida olinib, unga alohida hukm chiqariladi.
To’rtinchidan: Hodisa, voqealarni ajrata bilish, ya’ni xabarni to’la oydinlashtirish yo’li orqali ajrata bilib, uning manbaini, voqea va hodisaning yuz bergan joyi, vaqti va vaziyatini, paydo bo’lishdan yoki xabar qilinishdan ko’zlagan maqsadni, xabarning butun yo chalaligini, rostligi yo yolg’onligi va bundan boshqa oydinlashtiriladigan tomonlarini bilish. Chunki aynan shu oydinlashtirish ajrata bilishni paydo qiladi. Xabar qanchalik ajratilgani sari shunchalik umumiy va chuqur bo’ladi. Ajratilmasa, bu voqeani olib bo’lmaydi. Aks holda aralashtirib yuborishning va xatoning qurboni bo’linadi. Shuning uchun ajrata bilish xabarni olishdagi va uni eshitishning o’zidagi muhim omil demakdir.
Beshinchidan: Xabarni ma’lumotlarga, ayniqsa boshqa xabarlarga bog’lash. Mana shu bog’lash xabarning to’g’riligiga eng yaqin xulosaga olib boradi. Masalan, xabar davlatlararo siyosatga taalluqli bo’lsa, uni mahalliy siyosatga bog’lash, mahalliy siyosatga bog’liq bo’lsa, uni davlatlararo siyosatga bog’lash, iqtisodiy xabar bo’lsa, uni iqtisodga bog’lash, u siyosiy ishlarga daxldor: masalan; Xitoyga taalluqli xabar bo’lsa, vaholanki u Rossiyaga taalluqli ishlardan va uni Xitoyning o’ziga bog’lash kabi. Demak, xabar lozim bo’lgan narsadan boshqa narsaga bog’lansa, agar adashtirish va aldash yuz bermasa, xato sodir bo’lishi muqarrar. Shuning uchun xabarni o’ziga taaluqli narsaga bog’lash va u faqat bilish uchun emas, tushunish va idrok etish uchun bog’lash bo’lishi, ilm uchun emas amal uchun bog’lanishi katta ahamiyatga molik.
Mana shu beshta ish siyosiy iboralarni fikrlash yuzaga kelishi uchun zarur. Bu beshta ish ko’p, og’ir va amalga oshishi mushkul deyilmaydi. Bunday demaslik kerak. Chunki bu ishlarning vujudga kelishi qiyin emas. Negaki ulardan chuqur ma’rifat emas, faqat boxabar bo’lish maqsad qilingan, bu bir lahzada yuz bermaydi, bunday ishlar dars olish va ilmiy izlanish yo’li bilan emas, balki doimiy kuzatib borish bilan yuzaga keladi. To’g’ri, dars olish va ilmiy izlanish imkon topishga ko’proq yordam beradi. Ammo bular siyosiy fikrlash uchun zarur emas, balki qo’shimcha ishlardir. Beshta ish ichida eng muhimi doimiy kuzatuv bo’lib, qachonki shunday kuzatuv bo’lsa, qolgan to’rtalasi ham vujudga keladi. Asli siyosiy fikrlashda doimiy kuzatuv bo’ladi, bundan siyoisiy fikrlash ham kelib chiqadi.
Shunga ko’ra siyosiy fikrlash og’ir va yuksakligiga qaramay fikrlash darajasi qanday bo’lmasin har bir insonning iqtidoriga bog’liq ishdir. Oddiy yo mohir yoki zakovatli kishi siyosiy fikrlash imkoniyatiga ega va siyosiy shaxs bo’lishi mumkin. Chunki siyosiy fikrlash muayyan darajadagi aqlni va ma’rifatni talab qilmaydi, balki joriy voqea va hodisalarni uzluksiz kuzatishni talab qiladi. Mana shu uzluksiz kuzatuvdan siyosiy fikrlash paydo bo’ladi. Uzluksiz kuzatuv uzilib qolishi durust emas. Chunki joriy voqea va hodisalar har tomonlama bog’langan halqalarni tashkil qiladi, agar undan bitta halqa uzilsa, zanjir uziladi, shaxs xabarlarni bog’lay olmaydi, ularni tushunolmaydi. Shuning uchun xabarlar zanjirining butinligi siyosiy fikrlash uchun juda zarur. Boshqacha qilib aytganda muttasil kuzatuv siyosiy fikrlashning asosiy shartidir.
Demak, da’vatchi o’z vazifasini ado qilish uchun quyidagi ikki ishni muntazam qilib borishi kerak:
1). xabarlarni kuzatish, ularni tushunishga harakat qilish va shu mavzu’ga aloqador Islom echimini o’rganib, o’z hayotiga bog’lashga harakat qilish. Chunki Rosululloh(s.a.v): «E’tiborini Allohdan boshqaga qaratgan holda tong ottirgan odam Allohdan emas. Musulmonlarning ishiga ahamiyat bermagan holda tong ottirgan odam musulmonlardan emas» deganlar.
2). shu mavzu’ haqida boshqalar bilan suhbatlashish, Islomni va Ummatning kelajagiga taalluqli fikrlarni, ayniqsa siyosatga aloqador xabarlarni mumkin qadar ko’proq ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish. Alloh Taolo dedi:
وَكَذَلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ وَيَكُونَ الرَّسُولُ عَلَيْكُمْ شَهِيدًا
“Shuningdek (ya’ni haq yo’lga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo’lishingiz va payg’ambar sizlarning ustingizda guvoh bo’lishi uchun o’rta (Adolatli) bir millat qildik”. [2:143]
Alloh Taolo aytadi:
لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ
“Sizlar uchun Allohning payg’ambarida go’zal namuna bordir”. [33:21]
“Da’vat” Rosululloh(s.a.v)ning sharafli vazifasi bo’lib, bizga meros bo’lib qolgan va bu ish sharaflik bo’lishi bilan birga juda mas’uliyatli hamdir. Shuning uchun da’vatchi avval o’zini bu ishga loyiq qilib olishi kerak. Undan maqsad Islomni insonlar kunlik hayotlarida amalga oshirishlari uchun tushunarlik qilib etkazishdir, hisoblari esa Alloh Taologa:
فَإِنَّمَا عَلَيْكَ الْبَلَاغُ وَعَلَيْنَا الْحِسَابُ
“albatta, sizning zimmangizda (baribir haq dinni odamlarga to’la) etkazish, Bizning zimmamizda esa hisob-kitob qilish bordir”. [13:40]
Abu Zar.