Frantsiya jihodchilar g’oyalariga qarshi kurashish uchun «an’anaviy islom»ga chaqirmoqda
Frantsiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev Frantsiyadagi musulmon etakchilarni «yoshlarni zo’ravonlikka etaklayotgan Islomiy Davlat tashkilotining adashtiruvchi g’oyalari»ga qarshi kurashish uchun «an’anaviy islom»ni rivojlantirishga targ’ib qildi. Vazir 400 nafar musulmon rahbar, faol va imomlar bilan Parijdagi 13 noyabr hodisasi ortidan birinchi bor uchrashishi. Uchrashuvda u «Frantsiya bu jinoyatchilarni ta’qib qilishda qo’lidan kelgan barcha ishni qiladi, biroq faqat musulmonlargina g’oyaga qarshi Islom doirasida kurash olib borib, yutuqqa erishish imkoniga egadirlar», dedi. Frantsiya musulmonlar kengashi raisi Anvar Kibik «Biz ayni hodisalarga nisbatan qoralashimizni ifodasi sifatida o’nta islomiy muassasa va beshta katta masjid ishtirokida favqulodda yig’in o’tkazdik», dedi. Yig’in «Frantsiyaga sodiqlik» qasamyodi bilan boshlanib, Frantsiyaning milliy «La Marseillaise» gimni bilan tugadi (Reyter).
Roya gazetasi sharhi: Kaznevning «an’anaviy islom»ni rivojlantirishga bo’lgan chaqirig’i Frantsiyadagi birinchi bor harakat emas. Ilgari ham boshqalar tomonidan shunga o’xshash harakatlar bo’lgan. Bu tashabbuslarning bari Islomni ilmoniylashtirishga va siyosiy Islomning yuzaga chiqishini taqiqlashga qaratilgan. Chunki siyosiy Islom islomiy olam ustidagi G’arb hukmronligiga tahdid soladi.
Roya gazetasining 2015 yil 9 dekabr chorshanba kungi 55-sonidan.