Shveytsariyada niqobning taqiqlanishi ilmoniy boshqaruvning Islom va musulmonlarni qanchalik yomon ko’rishini yana bir bor tasdiqlaydi

908
0

Shveytsariya janubidagi Tichino kantoni (viloyati) 23 noyabr dushanba kuni muslima ayollarning jamoatchilik joylarida, jumladan savdo do’konlari, oshxonalar va jamoatchilik binolarida niqob taqib yurishini taqiqlab qo’yishni ma’qulladi. Agar ayol jamoatchilik joylarida shu libos bilan yuradigan bo’lsa unga solinadigan jarima 6500 funt sterlingga etishi mumkin. Mahalliy hukumat boshida niqobni namoyishchilar kiyib oladigan maskalar bilan birga taqiqlab qo’yishni taklif qilgan edi. Lekin parlament a’zolari faqat muslima ayollar kiyadigan niqobga qarshi qo’llanadigan qonunnigina yoqlab ovoz berishdi. Bu esa yangi qonun aniq undovchi omillar natijasida, ya’ni Islomga dushmanlik omillari natijasida yuzaga kelayotganini ta’kidlab turibdi. Zero bu taqiqlash shu masala bo’yicha 2013 yil sentyabrda o’tkazilgan xalq referendumidan keyin yuzaga kelmoqda. Referendumda ovoz berganlarning uchdan ikkisi bu taqiqni yoqlab ovoz bergan edi. Bu esa ilmoniy G’arb davlatlarining ko’pida Islomga dushmanlik tuyg’ularining qanchalik darajada ortganini aks ettirib turibdi. Shveytsariya 2009 yilda masjidlar mezanalarini taqiqlab qo’ygan paytda o’zining ilmoniy nizomi ajnabiylarni qanchalik yomon ko’rishini va kamsitishini amalda ko’rsatgan edi. O’shanda bu taklifni shveytsariyalik saylovchilarning 60 %ga yaqini qo’llab-quvvatlagan edi. Voqeda muayyan islomiy e’tiqodlar va ibodatlarni taqiqlab qo’yishlik va shaytonlik G’arb hukumatlari tutadigan kundalik yo’lga aylanib qoldi. Ular bu bilan musulmonlarni dinlaridan yiroqlatishni maqsad qilishmoqda.

Niqobga qarshi bu qonun orqali Shveytsariya G’arbning Frantsiya, Belgiya, Ispaniya, Italiya kabi boshqa ilmoniy davlatlari muslima ayolga qarshi ochiq-oshkor olib borayotgan kampaniya safiga qo’shilgan bo’ladi. G’arb davlatlari niqobni qisman yoki butunlay taqiqlab qo’yish orqali muslima ayollarni – ularni ikkinchi darajali fuqarolarga aylantirib qo’yish uchun – kamsitmoqda, ularni xunuk qilib ko’rsatmoqda. Bunday mutaassibona qonunlar, Islomga dushmanlik, musulmonlarga qarshi ilmoniy hukumatlar, siyosatchilar va axborot vositalari zo’r berib jar solayotgan qattiq dushmanlik ruhidagi murojaatlar, bularning barchasi G’arbda muslima ayollar uchun bir qo’rqinchli muhitni paydo qildi. Muslima ayollar Islomga dushmanlik ruhidagi jinoyatlar uchun nishonlar sifatida old chiziqni tashkil qiladigan bo’lib qoldilar. Muslima ayollar o’zlarining Islomiy liboslari sababli shunday jinoyatlar qurboni bo’lmoqdalar. Bu jinoyatlar oxirgi yillarda G’arb davlatlarida yanada avj oldi. Parijdagi hujumlardan keyin ham yanada avj oldi. Lekin bunday nozik vaqtda jamiyatdagi keskinlik olovini o’chirishga urinish o’rniga G’arb davlatlari bu olovni irqchilik ruhidagi qonunlar orqali yanada alanga oldirishga qasd qilgan ko’rinadi. Bunday holni Shveytsariyada niqobni taqiqlab qo’yishda yoki dod-voy solib islomiy e’tiqodlar va ibodatlardan qo’rqitayotgan murojaatlarda kuzatish mumkin. Hech shubhasiz bularning barchasi zamirida yotgan «musulmonlar va ularning islomiy saqofatlari G’arb jamiyatlariga tahdid tug’dirmoqda» degan mazmunda bo’lib tashlash xatari yashirin bo’lgan ma’noni anglatmoqda. Bu esa butun Islomiy diasporalarni shubha doirasiga solib qo’yadi hamda irqchilar rejalarini «oziqlantiradi».

Shunisi aniqki, o’zlarining diniy e’tiqodlariga muvofiq muhtasham liboslar kiyayotganlari sababli ayollar jinoyatchiga chiqariladigan har qanday nizomning to’g’ri ish tutayotganiga shubha bilan qarash zarur. Zero ayni paytda shveytsariya xalq partiyasi, frantsuz milliy fronti yoki Pegida (G’arbni islomlashtirishga qarshi vatanparvar evropaliklar) kabi ajnabiylarga dushman partiyalar yoki siyosatchilar musulmonlarga qarshi gijgijlovchi, dushmanlik murojaatlari bilan chiqishi yoki muhojirlarga qarshi jinoyatkorona murojaat bilan chiqishlari tamoman qonuniy hisoblanmoqda. Holbuki bu jinoyatkorona murojaatlar irqchilik olovini yanada alanga oldirmoqda va ozchilik millatlardan nafratlanish jinoyatlarini yanada avj oldirmoqda. Bularning barchasi ilmoniy nizomda chuqur tomir otgan xatarni va mavjud ziddiyatlarni aks ettirib turibdi. Bu nizom so’z erkinligi degan niqob ostida ajnabiylarga dushmanlik bilan qarashlarga erk berib qo’yadi. Ayni vaqtda bu nizom diniy ozchiliklarni ularning beozor diniy e’tiqodlari bo’yicha ish tutishdagi asosiy haq-huquqlaridan mahrum qilmoqda. Bu ahvol «faqat ilmoniy nizomgina tsivilizatsiyaga erishgan, o’zaro hamjins, bag’ri keng jamiyatlarning bo’lishini kafolatlashga qodir» degan cho’pchakni parchalab tashlaydi. Bu ahvol ilmoniy nuqtai nazarda emirilishlar mavjudligini ham ta’kidlab turibdi. Zero bu nizom o’ziga islomiy libos kiyayotgan tinch muslima ayollardan iborat bir kichik majmua tahdid tug’dirmoqda deb bilmoqda. Bu nizom o’zining turli diniy jamoatlar e’tiqodlarini ehtirom ko’rsatish va adolat yo’li bilan o’z bag’riga olishga qodir emasligini isbotladi. Bu nizom sharoitida musulmonlar va Islomga nisbatan adolatsizlik qilishga gijgijlash chuqur tomir otgan ildiz bo’lib qoldi. Buni siyosatchilar, siyosiy vaziyatlar va axborot vositalari qabul qilmoqda.

Botil va adolatsiz demokratik nizomga butunlay teskari o’laroq Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik nizomi odamlarni Islom diniga e’tiqod qilishga majburlashni yoki g’ayrimusulmonlarni o’z e’tiqodlari bo’yicha ibodat qilishdan man qilishni man qiladi. Xalifalik nizomi musulmonlarga va g’ayrimusulmonlarga beriladigan tobelik (fuqarolik) haq-huquqi borasidagi har qanday kamsitishni ham man qiladi va boshqa dinlarga ergashganlarga nisbatan bo’ladigan irqchilik qarashlariga aslo engil qaramaydi. Shu sababli Xalifalik davlati hukm surgan asrdagi ko’p tarixchilar uni «oltin asr» deb atashgan. Yahudlar, nasroniylar va boshqa din vakillari adolatli qonunlar soyasida bahramand bo’lib yashashgan farovonlik va tinchlik sababli tarixchilar bu asrni shunday nom bilan atashgan. Sonlari va e’tiqodlaridan qat’iy nazar o’zining barcha raiyati (fuqarolari) haq-huquqlarini va totuvlik, o’zaro uyg’unlik hukm suradigan jamiyatning qurilishini kafolatlagani uchun ishonchli va to’g’ri model bo’lishini ta’minlaydigan nizom mana shudir.

0hizb-340x264-300x233Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat Bayrut-Livan

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.