Erdug’on: Isroil bilan munosabatlarimizni yaxshilashimiz mumkin

456
0
A naval vessel (not seen) escorts the Mavi Marmara, a Gaza-bound ship that was raided by Israeli marines, to the Ashdod port May 31, 2010. Photo by Kobi Gideon / FLASH90.

Isroil radiosiga intervyu bergan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on Isroil bilan buzilgan munosabatlarni qayta yaxshilash mumkinligini bildirdi. Biroq Erdug’on buning uchun qanday ishlar qilinishi haqida hanuz aniq dastur ishlab chiqilmaganligini bildirdi.

Prezident Erdug’on mintaqadagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda Turkiya va Isroil o’rtasidagi keskin munosabatni yumshatish imkoniyati mavjudligiga urg’u berdi. Parijda bo’lib o’tgan BMT iqlim o’zgarishi anjumani chog’ida Isroilning “Kol Yisrael” radiosiga intervyu bergan Turkiya prezidenti mazkur mavzuning tafsilotlariga to’xtalmadi.

2011 yilda G’azoga Insoniy yordam olib borayotgan Moviy Marmara kemasiga Isroil harbiylari tarafidan uyushtirilgan hujumdan so’ng Turkiya hukumati har bir bayonotida Isroil bilan aloqalari o’ta taranglashib borayotgani va hech bir sohada aloqa o’rnatmayotligi haqida aytib keladi. Isroil taraf qilgan jinoyati uchun uzr so’rash va hujumlarda halok bo’lganlarning oilalariga tovon (kompensatsiya) to’lashni rad qilganligi sababli Turkiya u bilan aloqalarini uzganligini da’vo qiladi.

Tadqiqotchilarga ko’ra, Turkiya va Isroil davlati orasidagi do’stona aloqalar har turli og’zaki nizolar yuzaga kelishiga qaramay, Davos inqirozi, Marmara qatliomi yuzaga kelgan yillarda ham to’xtagan emas. Shuningdek, Turkiya va Isroil bir birini qattiq tanqid ostiga olishiga qaramay, ular orasidagi harbiy bitimlar ham bekor qilingan emas.

Erdug’on oradagi buzilgan munosabatni qayta tuzatishga va’da berayotgan bo’lsa-da, aslida Turkiya-Isroil o’rtasida munosabatlar buzilgan emas, tijoriy va boshqa aloqalar ham uzilgan emas yoki biror cheklov ham qo’yilgan emas. Turkiya va Isroil o’rtasidagi tijorat hajmi oxirgi besh yilda eng yuqori darajaga ko’tarildi. Turkiya statistika instituti tarafidan tashqi siyosat borasida olib borilgan tadqiqot natijasiga ko’ra, Turkiya va Isroil o’rtasidagi tijorat hajmi so’nggi besh yilda ikki barobarga ortib 5,6 milliard dollarga etgan. Bu raqam Isroillik mas’ullar tarafidan ham tasdiqlandi. Shunday davom etadigan bo’lsa, kelajak 10 yilda ikki davlat orasidagi tijorat hajmi 20 milliard dollardan oshib ketishini taxmin qilish mumkin. Mavjud siyosatlardan ko’rinib turiptiki, Isroilga qarata aytilgan gaplarga zid ravishda Turkiya u bilan yaxshi aloqalar o’rnatgan davlatdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.