Qirg’iziston hukumati va kuch organlari musulmonlarni qamoqqa olish uchun shu paytgacha uydirma ayblov, tuhmat va bo’htonlardan foydalanib kelishayotgan bo’lsa, endilikda noqonuniy o’g’irlab ketish yo’liga o’tishgan ko’rinadi.
Norin viloyati ichki ishlar bo’limi xodimlari tomonidan 2014 yilning 22 may kuni Norin shahrining Lenin ko’chasi 57 uy, 30 xonadonida yashovchi Baqitbek Jumataev xonadonida tintuv o’tkazilgan edi. Tegishli ruxsatnomasiz va guvohlarsiz o’tkazilgan tintuv natijasida esa ekstremistik material deb gumon qilingan 1 dona kitob, 14 dona disk va 12ta varaqcha topiladi.
Olingan materiallar ichidagi ruscha-arabcha 1 dona “Xadis” kitobi, 41 varaqli bir dona daftar va 1 dona varaqcha 2014 yilning 18 avgustida Qirg’iziston respublikasi din ishlari bo’yicha davlat komissiyasi ekspertlari tomonidan Hizb ut-Tahrirga tegishli ekanligi aniqlanadi. Shundan so’ng 2014 yil noyabr oyida Norin shahar sudi tomonidan Baqtibek Jumataev 4 yilga manzil kalonniyasida jazo o’tashga hukm qilinadi.
Manzil kolonniyasida jazo o’tab kelayotgan Baqtibek Jumataevni bundan bir necha kun oldin yarim tunda noma’lum odamlar boshiga qop kiygizib olib ketgan bo’yicha tayinsiz bo’lganligi uchun uning yaqinlari bugun, 4 dekabr kuni matbuot yig’ini o’tkazmoqchi bo’lishdi. Biroq matbuot yig’ini o’tkazishlishi haqida xabar berilganidan keyin uning yaqinlariga ayrim organlar tomonidan tahdidlar bo’lganligi sababli yaqinlari matbuot yig’ini o’tkazishdan bosh tortishdi.
Bu haqida Baqitbek Jumataevning ayoli Ayjan Musaeva “Turmush” nashriga ma’lum qildi.
“Bir yoqdan menga tahdidlar bo’lib tiripti. Organlardan uyga qadar kelib ketishdi. Erimning qarindoshlariga ham matbuot yig’ini o’tkazmaysanlar degan tahdid bo’libdi. Hozircha matbuot yig’nini to’xtatib turamiz, sababi biz qo’rqyapmiz. Biz faqat erim qaerda ekanligini, uni qayoqqa olib ketishganini bilishni xohlaymiz. Bizga hech kim xabar bergani yo’q”, – dedi Ayjan Musaeva.
Musaevaning so’zlariga ko’ra, ikki kun oldin ularning uyida yana qayta tintuv o’tkazilgan.
Turkiston:
2013 yilining sentyabr oyida GKNB tomonidan, qandaydir”yupi geyt” tashkiloti tomonidan Norin daryosini atayin zaharlash amaliyoti uyushtirilayotgani haqida bayonotlar tarqatildi. U tashkilotga a’zo sifatida Hizb ut-Tahrir a’zosi bo’lgan Bakit Jumataevning nomi ham tilga olingan edi.
Bakit Jumataev ham o’z navbatida 24 sentyabr kuni “AKI press” orqali bayonot tarqatib, o’zini “yupi geyt” va boshqa hukumat yoki muxolifat kuchlari manfaatlari va siyosiy ishlariga aloqasi yo’q ekanini aytib chiqdi. U o’ziga Erlan Omuraliev nomli shaxs tomonidan “yupi geyt” loihalari haqida ma’lumotlar atayin etkazilgani haqida aytib berdi. Jumataev ularni bu jirkanch loihalari harom ekanini va Musulmon odam insonlarni zaharlashi mumkin emasligini aytib ularni bu ishdan qaytargan.
O’sha vaqtdagi nosog’lom kuchlar, (GKNB va muxolifat) Jumataevni vosita qilib Hizbni harom o’yinga tortishmoqchi bo’lishdi. Ular Norin xalqini ommatan zaharlash amaliyotida Hizb ut- Tahrirni o’zlariga sherik qilib olishmoqchi bo’lishdi. Ha, ular Qumtorni bosib olgan “Centerra Gold” kompaniyasi nomidan, butun Norin xalqini zaharlab yuborishmoqchi bo’lishdi. Jumataev bu insoniyatga qarshi uyushtirilishi kutilib turgan ulkan jinoyatlarning haqiqatini ochib yubordi.
Bir necha yillar o’tishiga qaramay uni yuqoridagi nosog’lom kuchlar kechirishmadi va qamoqqa olishdi. Erlan Omuraliev esa, qochoqda qancha vaqt yurib qaytib keldi. GKNB uni kechirdi va o’z himoyasiga oldi. Lekin, Norin xalqini balkim zaharlash orqali ommaviy qirg’inning oldini olib saqlab qolgan B. Jumataevni kechirishmadi. Uni 2014 yilning may oyida yana qamoqqa olishdi.
Balki Jumataev Norinni zaharlash kompaniyalarini fosh qilishi bilan, aynan hozirgi Qirg’iz rejimining loihasini barbod qilmadimikin deb o’ylab qolasan. Chunki hukumatlar almashishi bilan siyosiy doira ham, etakchi guruh ham o’z joyida qolyapti. Aks holda Jumataevni kamida xalq qahramoni deb e’lon qilishlari kerak edi. Agar Baqit Jumataev jonbozlik ko’rsatmananida, ular o’ylagan qabih ishlarini amalga oshirishgan bo’lishar edi.
Muxolifatning maqsadi, shu jirkanch uslub bilan hukumatni egallab olish bo’lgan bo’lsa, GKNB, bu ishga Hizb ut- Tahrirni aloqador qilib olib, uni terroristlikda ayblamoqchi edi. Lekin har ikki holatda ham Norin xalqi jabrlanar edi. Bu quvvatlarning hokimiyatga erishish yoki uni qo’llarida ushlab qolish uchun olib borayotgan kurash uslublari naqadar jirkanchli.
Endi, oradan bir necha yillar o’tib, hamma ish unutilib kelganida Jumataevni yana jazolay boshlashdi. Dunyo o’lchamlari shu qadar buzulib ketdi.
Lekin shunga qaramay, Hizb yigitlari xalq manfaatini himoya qilishda davom etaverishadi. Ular o’z harakatlarining natijasini oxirat hayotiga bog’lab, minnatdorchilikni faqat Ollohning roziligidan izlashadi va umid qilishadi.
Birodarimiz Bakit Jumataevga va u kabi malomatchining malomati sababi bilan hibsxonalarda jazolanib yotgan birodarlarimizga hamda ularning qaramog’ida bo’lgan oila a’zolariga Olloh chiroyli sabr va ulkan ajrlar bersin. Ular da’vat yukini ko’tarib chiqqanlari uchun va odamlarga faqat zulm olib kelayotgan manfaat asosiga qurilgan kufr o’lchamlarini, harom – halol asosidagi islomiy o’lchamlarga almashtirishga chaqirganlari uchun zulmlanishmoqda.
Payg’ambarimiz Muhammad SAVga, u kishining oilalariga, ashoblariga va qiyomat kunigacha, malomatchining malomatidan qo’rqmay, u kishining yo’llaridan izma iz borishga harakat qilib yashayotgan da’vatchi mo”min Musulmon birodarlarimizga Ollohning salomi va rahmati bo’lsin Amin.
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.