Xitoy Parij hujumlaridan foydalanmoqda

435
0

Xitoy uyg’ur musulmonlarining ayollari va bolalari shafqatsizlarcha qirg’in qilinishini oqlash uchun Parij hujumlaridan foydalanmoqda

0hizb2015 yil 20 noyabrda Xitoy hukumati sentyabr oyida Shinjon viloyatidagi ko’mir koniga qilingan hujumga aloqadorlikda gumon qilib, 28 shaxsni o’ldirib yuborganini bildirdi.

Bu o’ldirilganlar uyg’ur musulmonlari bo’lib, ularning orasida 4 nafar ayol, uch nafar bola bo’lgan. Bolalar to’qqiz yoshli qizcha bilan olti yoshli va bir yoshli bolakaylar edi. Ularning o’ldirilgani to’g’risidagi xabarlar reyd o’tkazilgani rasman e’tirof etilganidan bir necha kun oldin yuzaga chiqa boshlagan edi. Ammo hukumat hodisa tafsilotlarini Parij hujumlaridan keyin nashr qilishni afzal ko’rdi. Bu amaliyot «terrorizmga qarshi kurashda erishilgan ulkan g’alabamiz hisoblanadi», deyiladi Xitoy xavfsizlik vazirligi elektron saytida. Darhaqiqat, Xitoy kommunistik partiyasi musulmon Shinjonda olib borayotgan o’zining terrorizmga qarshi kurash kampaniyasini juma kuni Parijda sodir bo’lgan hodisadan keyin yanada kuchaytirdi. U Sharqiy Turkiston musulmonlariga nisbatan terrorizmga qarshi kurash, deya noto’g’ri shior ostida olib borayotgan o’z urushiga bugun Islom va musulmonlarga qarshi butun dunyo bo’ylab olib borilayotgan urushning bir qismi o’laroq qaramoqda. Shuning uchun Xitoy rejimi aybsiz oddiy kishilar, ayollar va bolalardan iborat uyg’ur musulmonlarga qarshi sodir etib kelayotgan manfur jinoyatlarini, endi, Amerika etovi ostida amalga oshirilayotgan salibchilik koalitsiyasiga a’zo davlatlar oldida hech hayo qilmasdan bemalol fosh etishga qaror qildi.

Demak, bu iflos jinoyatkor rejim mintaqada Islomning yuzaga chiqishini taqiqlash maqsadiga qaratilgan va yoshu qari uyg’ur musulmonlariga qarshi sodir etayotgan o’zining shafqatsiz terrorchilik kampaniyasini Parij hodisasi bahonasida oqlamoqchi ekaniga aslo shubha yo’q. O’tgan sentyabr oyida ko’mir koniga qilingan hujumdan buyon bu hukumat aksar aholisi musulmon bo’lgan Shinjonda olib borayotgan qator reydlarining bir qismi sifatida minga yaqin musulmonni qamoqqa oldi. Aytish mumkinki, bunday reydlar kommunistik jinoyatkor hukumatning musulmon uyg’urlarni o’z boshqaruviga qarshi ko’tarilishini oldini olishga qaratilgan strategiyasi jumlasidandir. Chunki uning boshqaruvi mustabid qonxo’r boshqaruv bo’lib, musulmonlar Islomga amal qilishdan voz kechishlari uchun shu orqali ularni qo’rqitishga urinmoqda.

So’nggi yillarda Xitoy hukumati va uning tarafdorlari yuzlab musulmonni qatl qildi. Pokiza uyg’ur muslimalarini vahshiylarcha majburan abort qildirdi. Bundan tashqari, hukumat vazifasida ishlovchi musulmonlarni ramazon ro’zasini tutishdan man etish, poytaxt Urumchida muslima ayollarning niqob tutishlarini taqiqlash, islomiy libosga o’rangan muslimalarni jamoat transportlaridan foydalanishga ruxsat bermaslik, hatto yuzini to’sgan muslimalarni ham qamoqqa olish… kabi bir qator yovuz siyosatlarni qo’lladi. Shubhasiz, bugun Xitoy, Rossiya va G’arb hukumatlari Islom dunyosidagi manfaatlarini himoya qilish maqsadida Islom fikriga ega va unga amal qiluvchi insonlarga qarshi urush olib borish uchun obdan puxta tayyorlangan va terrorizm, degan narsa bilan dastaklangan yo’lda birgalikda qadam tashlashmoqda.

Jinoyatkor Xitoy rejimiga savolimiz shuki: Bu uch nafar go’dak sening davlatinga qanday terrorchilik tahdidi tug’dirishi mumkin edi?! Musulmon ayollar va bolalarni terrorchi qilib ko’rsatish bilan nimaga erishmoqchisan?! Gap bunday: sening musulmon uyg’ur aka-uka va opa-singillarimizga qarshi sodir etayotgan jinoyatlaringni birortasi aslo sirligicha qolib ketmaydi, uni butun olam ko’rib turibdi, biz har birini, har qanday uslub bilan fosh etamiz. Seni ogohlantirib qo’yaylikki, ertaga Alloh Subhanhu va Taoloning izni ila, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati qayta tiklanish arafasida turibdi. Xalifalik musulmonlarga zulm qilishga, ularni bostirish va qonini to’kishga jur’at qilgan har bir kimsa bilan qattiq-shafqatsiz munosabatda bo’ladi.

 ﴿وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ﴾

«Zolim kimsalar yaqinda qay oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar» [Shuaro 227]

Ey musulmonlar, ey qudrat va yordam ahli, biz sizni Sharqiy Turkiston musulmonlarini bunday vahshiy repressiyadan xalos etuvchi Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini qayta barpo etishga har qachongidan ham kuchli harakat qilishga da’vat etamiz.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.