Hizb ut-Tahrir-Ukrainaning Qrimda kechayotgan so’nggi voqealarga doir bayonoti

449
0

01 (1)Joriy yil 27 fevral kuni noma’lum qurolli shaxslar hukumatga qarashli davlat binolariga bostirib kirdi. Yarim orolning hamma joyida Rossiya harbiy dengiz kuchlari erkin kezib yuribdi. Ular tomonidan ham harbiy, ham fuqaroviy muassasalar bosib olingani to’g’risida to’xtovsiz xabarlar tarqalmoqda. 28 fevralda Ukraina xalq deputati general Gennadiy Moskal «Hizb ut-Tahrir Rossiyaning qo’llovi bilan, uning Qrimni bosib olishiga bahona yaratib berish uchun harbiy hujumlarni rejalashtirmoqda» deya bayonot berdi. «Milliy firqa» uyushmasi raisi Vasvi Abduraimov bergan bayonotga ko’ra esa, Hizb ut-Tahrir 26 fevralda yuz bergan to’qnashuvlarda ishtirok etgan emish. Axborot vositalari ham «Qrim xavfsizlik xizmatining yangi mudiri Petr Zima dunyoning bir necha davlatlarida taqiqlangan Hizb ut-Tahrir nomli terroristik tashkilotga qarshi urush e’lon qildi» degan mazmunda xabarlar tarqatdi.

Shunga asosan, Hizb ut-Tahrir-Ukraina xalqqa quyidagilarni ta’kidlaydi:

1 – Hizb ut-Tahrir islomiy, siyosiy hizb bo’lib, kuch ishlatishni o’zi uchun tariqat qilib olgan emas va 60 yillik tarixi hamda Ukrainadagi 20 yillik faoliyati davomida uning moddiy harakatlarni amalga oshirgani kuzatilmagan. U zo’ravon, jinoyatchi, diktator uslubida boshqarib kelingan davlatlarda ta’qiqlangan partiyadir. Hizb ut-Tahrirning Ukrainadagi vazifasi odamlarga Islomni tanitishdir.

2 – Hizb ut-Tahrir xoh Qrimda bo’lsin, xoh Ukrainada hokimiyatga qarshi kurashda qatnashgan emas. Shuning uchun biz so’nggi paytda yuz berayotgan hodisalardan har qaysi tomonlama butunlay yiroqmiz.

3 – So’nggi paytdagi hodisalar Rossiyaning Ukrainadagi yangi rejimga qarshi provokatsiyasidir. Hozir Ukraina Rossiya, Yevropa va Amerikaning qo’lidagi asirga aylanib qoldi. Bular faqat o’z manfaatlarinigina ko’zlaydi. Odamlar hayoti ular uchun zarracha ahamiyat kasb etmaydi.

4 – Ukraina birligini, mustaqilligini himoya qilish shu davlat va uning muassasalari zimmasida bo’lib, insonlar zimmasida emas.

5 – Jonni, nomusni va molni mudofaa qilish esa, agar davlatning qo’lidan kelmasa, u shaxsning zimmasida bo’lib, shariatda ham, urf-odatda ham, aqliy jihatdan ham, barcha qonun va tuzumlarda ham kafolatlangan huquqdir. Umid qilamizki, bu ahvolgacha etib bormaymiz!!!

6 – Fikrimizcha, Rossiyaning Qrimda mavjud bo’lishiga bahona yaratish uchun noma’lum kuchlar tarafidan xavfsizlik kuchlariga yoki fuqarolarga hujum qilinib, so’ng bu hujumda Hizb aybdor qilinishi ehtimoldan xoli emas.

Hizb ut-Tahrir Ukraina

30 robius-soniy 1435h

2 mart 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.