Savolga javob: Turkiya tomonidan Rossiya samolyotining urib tushirilishi oqibatlari!
Savol:
Mening savolim rus samolyoti urib tushirilishi oqibatlari haqidadir: Buning oqibatida Suriya osmonida harbiy havo kuchlari amaliyotlari avj oladimi? Bu Turkiya osmoniga qadar yoyiladimi? Javob uchun tashakkur bildiraman.
Javob:
1 – Suriya osmoni haqida aytadigan bo’lsak:
– Agar avj olish deyishdan maqsad harbiy samolyotlarning Suriya osmonida izg’ib erdagi odamlar, dovu daraxt, tog’u toshlarga bombalar yog’dirishi ko’zda tutilayotgan bo’lsa, hozirda ayni shu narsa yuz beryapti, samolyotlar bu to’g’rida hech kuchini ayamayapti…
– Agar bu savoldan mana shu samolyotlarning havoda o’zaro bir-biriga qarshi jangga kirishi ko’zda tutilayotgan bo’lsa buning loaqal yaqin kelajakda yuz berishi ehtimoldan uzoqdir. Buning sabablarini 2015 yil 11 oktyabrda chiqargan varaqamizda va 2015 yil 18 noyabrdagi savolga javobda aytganmiz.
2 – Keskinlikning Turkiya osmoniga yoyilishiga kelsak – siz bunda Rossiya samolyoti urib tushirilishiga qarshi javob sifatida rus samolyotlarining turk samolyotlariga hujum qilib, Rossiya bilan Turkiya o’rtasida osmonda urush kelib chiqishini ko’zda tutayotganga o’xshaysiz – agar shuni ko’zda tutayotgan bo’lsangiz bunga ham javob shuki, buning loaqal yaqin kelajakda yuz berishi ehtimoldan yiroqdir. Bu quyidagi sabablarga ko’radir:
– Ruslarning Suriyada havodan aralashuvi Amerika bilan kelishgan holda bo’ldi. Turkiyadagi hozirgi siyosiy rejim Amerikaning tobelaridan biridir. Shuning uchun bu rejimning Amerika tuzgan kelishuvni buzishi mumkin emas…
– Bu kelishuv dalillari shundoq ko’rinib turibdi. Biz bu dalillarni yuqorida hozirgina o’zimiz aytib o’tgan savolning javobida yoritib berganmiz. Mana Putinning o’zi 24 noyabr seshanba kuni Sochida samolyot urib tushirilishi hodisasini «ortdan pichoq urish» deb atab buni ochiq aytib qo’ydi. Sava radiosi 2015 yil 24 noyabr. Bu esa kelishuv tuzilganini va uni buzilganini anglatadi…
– Kuchliroq ehtimol shuki, samolyotni urib tushirish Turkiyadagi siyosiy rahbariyat qarori bilan bo’lmagan, balki siyosiy maqsadlari Erdogannikidan boshqacha bo’lgan armiya qo’mondonligi qarori bilan bo’lgan. Qolaversa bu maqsadlarga qayg’urish, g’azab hissi ham aralashib ketgan. Chunki turk armiyasidagilar o’z chegarasi yonida turkman birodarlari ustiga ruslarning bombalar yog’dirayotganini ko’rib turishibdi…
– Bu Turkiya bosh vazirining bayonotida ko’rinib turibdi. «Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo’g’li turk qurolli kuchlarining rus samolyotini urib tushirish haqidagi qarori chegaralarni himoya qilish undovi bilan yuzaga keldi, dedi…». Sava radiosi 2015 yil 24 noyabr.
– Kuchliroq ehtimol shuki, Rossiya turk hukumati tomonidan kelishuv buzilmaganini tushunib turibdi. Chunki bu hodisa rus samolyotlari Turkiya chegarasini buzib o’tayotgan va turk hukumati monelik qilmagan birinchi hodisa emas. Rossiyaning samolyotni urib tushirish hukumat tomonidan bo’lgan siyosiy qaror bilan bo’lmaganini, balki qaror armiyaning ba’zi qo’mondonlari tomonidan bo’lganini tushunishi bu ishni yopti-yopti qilish imkonini beradi. Bundan esa Rossiya bilan Turkiya o’rtasida urush kelib chiqishi ehtimoli uzoq ekanligi kelib chiqadi. Aksincha ishlarning siyosiy vositalar bilan hal etilishi kutiladi. Bu vositalar tijoriy yoki diplomatik aloqalardan yoki vositachiliklardan yoki Rossiyaning samolyot urib tushirilgan mintaqalarda qarshi javob sifatida hujumlarni yanada avj oldirishidan iborat bo’lib, ular taraflarning obro’sini saqlab qoladi. Bunda, ayniqsa armiyani tiyib turish mavzusida bosh rolni Amerika o’ynashi mumkin. Bundan tashqari ikki tarafni rozi qilish uchun samolyotning qaerda va qanday urib tushirilganini sharhlashda bu noqulay vaziyatdan chiqib ketish yo’llarini ham o’ylab topishadi. Masalan 2015 yil 24 noyabrda bir Amerika mas’uli «Vashington samolyot bir qisqa vaqt Turkiya osmoniga kirib borganidan keyin Suriya osmonida urib tushirilgan deb biladi. Bu taxmin samolyot qoldirgan harorat ta’sirini kuzatish natijasida kelib chiqdi». (Doyche Velle 2015 yil 25 noyabr). Demak Amerika bunda ikkala tarafni rozi qilmoqda!
– Biz javobda «loaqal yaqin kelajakda», ya’ni ko’rinib turgan ma’lumotlarga ko’ra yuz berishi ehtimoldan yiroq dedik. Aks holda harbiy ishlarning siyosiy ishlar bilan aralashib ketishi oqibatida hodisalar va ularning natijalarida o’zgarishlar yuz berishi mumkinligi ehtimoldan uzoq bo’lmay qoladi.
– Oxirida shuni aytamizki, bular Islomiy yurtlar ekanligiga qaramay ulardagi hodisalar va natijalarga mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari o’z hukmini o’tkazayotgani alamlidir! Shunga qaramay Alloh izni bilan Xalifalik nuri Islom yurtlariga o’z ziyosini taratadigan vaqt aslo uzoq emas. Xalifalik faqat Islom yurtlarigagina emas, balki butun er yuziga o’z ziyosini taratadi. O’sha kunda Islom dushmanlari o’z uyalariga qochib qolishadi, agar uyalari saqlanib qolsa.
وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُ بَعْدَ حِينٍ
«Albatta sizlar uning xabarini (ozgina) vaqtdan so’ng bilib olursizlar» [Sod 88]
13 safar 1437h
25 noyabr 2015m