Hillari Klinton : Biz Islomga emas, ekstrimistlarga qarshi urushyapmiz!!!

503
0

AQSh prezidentligiga o’z nomzodini qo’ygan Hillari Klinton o’tgan hafta Ayova shtatining De-Moyn shahrida ekstrimistik jihodiy fikrlarni yo’q qilish uchun butun olamni birlashishga chaqirdi. Sobiq AQSh davlat kotibining ta’kidlashicha, Amerika Islomga emas, balki zo’ravon “ekstrimistlar”ga qarshi urush olib bormoqda.

“Biz olamni birlashtirishga va ekstrimistik jihodiy fikrlarni yo’q qilishga bel bog’lashimiz lozim. Bu ekstrimistik jihodiy fikrlar IShID kabi zo’ravon, vahshiy va shafqatsiz terrorchi tashkilotlarni harakatga keltiradi”, “Biz Islomga qarshi urush ochmadik, balki zo’ravon ekstrimistlarga qarshi urush olib bormoqdamiz”, dedi Klinton.

Hillari Klinton AQSh prezidentligiga o’z nomzodini olg’a surar ekan, “Bu saylov faqatgina prezidentlik saylovi emas. Balki qurolli kuchlarga qo’mondon saylashni ham o’z ichiga oladi”, deya qo’shimcha qildi.

Turkiston:

Kufr davlatlarining etakchilari yaqinda Turkiyada bo’lib o’tgan G20 sammitida ham o’zlarining Islom va musulmonlarga qarshi kurashmayotganliklarini da’vo qilishdi. Ularning ta’kidlashlaricha, Iroq va Afg’oniston kabi Islomiy o’lkalarda musulmon aholi, jumladan, ayollar, yosh bolalar va qariyalarni o’z ichiga olgan yuz minglagan tinch fuqarolarning qatl etilishi Islom va musulmonlarga qarshi urushni anglatmaydi. Ularga ko’ra, musulmonlar buni “noto’g’ri” tushunmasliklari lozim.

Putinning Suriyaga safarbar qilgan kuchlari tinch fuqarolar yashaydigan aholi punktlarini va maktablarni havodan hujumga tutdi. Bu hodisa ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi. Butun dunyo bunga guvoh bo’ldi. Biroq G20 sammitida hech kim Putinni yoki rus harbiylarini terroristlikda ayblamadi. Ammo agar biror musulmon Allohning shariati bilan yashashni talab qilsa, u albatta terrorist hisoblanadi. Mana shundan ularning kimga va nimaga qarshi urush e’lon qilgani o’z-o’zidan ko’rinib turipti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.