Rossiya fuqarolarining 65 foizi yaqinda “Islom davlati” tashkiloti yirik qo’poruv amaliyoti sodir etishiga ishonishadi

480
0

“Exo Moskva” radiosi tarqatgan xabarga ko’ra, Rossiya fuqarolarining 65 foizi yaqinda “Islom davlati” tashkiloti yirik qo’poruv amaliyoti sodir etishiga ishonishadi

“Exo Moskva” radiosi o’tkazgan ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, fuqarolarning 65 foizi ID tashkiloti yaqinda Rossiyada yirik qo’poruv amaliyoti uyushtirishiga ishonishadi. Lekin xuddi shu radioning 2014 yili 13 sentyabrda Yuliya Latinina tomonidan olib borilgan ijtimoiy so’rovida rus xalqining 79 foizi Rossiyada sodir bo’lib kelayotgan qo’poruv amaliyotlarining barchasi faqat FXX (FSB) tomonidan sodir etilishiga ishonishlarini aytishgan.

Turkiston:

1998 yilning 25 iyulida Putin Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktori qilib tainlandi.

1999 yil 4 sentyabrda Dog’istonning Buynakskiy shahrida juda katta qo’poruvchilik amaliyoti sodir etildi. Buning natijasida 164 kishi halok bo’ldi, bundan 23 tasi yosh bolalar edi.

1999 yil 8 sentyabrda Moskvada 9 qavatli imorat portlatib yuborildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra 100 kishi halok bo’lgan.

1999 yil 13 sentyabrda Moskvada yana bir 8 qavatli binoning ostki qismidan portlatib yuborildi, 124 kishi halok bo’ldi.

1999 yil 16 sentyabrda esa Volgadonskda portlovchi moddalar solingan yuk mashinasi portlatib yuborilishi oqibatida 19 kishi halok bo’ldi.

1999 yil 22 sentyabrda Rezyan shahrida bir nechta noma’lum shaxslar ko’pqavatlik bino ostiga portlovchi modda qo’yayotgan vaqtlarida fuqarolar xavfni sezib qolishadi. Shov-shuvli bu amaliyot FSB tomonidan uyushtirilayotganini hukumat tan oladi. Lekin shu kungacha bu amaliyot tergov ishlari to’xtatilib qo’yililgan.

https://www.youtube.com/watch?v=RaMSoFxMy3E

1999 sentyabr oyida Putin butun Federatsiya kuchlariga boshchilik qilgan holda Dog’istondagi uyushgan qurolli kuchlarga qarshi bostirib kirdi.

Putin Dog’istonda to’planib qolgan Chechen qurolli guruhlarini bartaraf etishga bir bahona bo’lishi uchun yuqorida sanab o’tilgan qo’poruvchilik amaliyotlarida yuzlab o’z fuqarolarini qurbon qilib yubordi. So’ng Putin Chechen millatini repressiya qilish va Dog’istonni unga qo’shilib ketishini oldini olib qolish uchun Chechenistonga urush ochadi.

Albatta, bu bosqinchilik urushida rus xalqi farzandlari, harbiy askarlar tomondan ham qurbonlar ko’p bo’ldi. Yuqoridagi Putinning maxsus kuchlari tomonidan uyushtirilgan qo’poruv amaliyotlari va undan keyingi yolg’on matbuot tomonidan olib borilgan targ’ibot amaliyotlari ana shu qurbon beriladigan rus farzanlar uchun rus xalqini rozi qilish maqsadida ularni musulmonlarga qarshi tuyg’ularini qo’zg’ash uchun atayin uyushtirilgan edi. Dunyoda bo’lib kelayotgan yuqoridagi kabi qo’poruv amaliyotlarning deyarli hammasi shu kabi biror maqsadga erishish uchun atayin uyushtiriladi.

Endi esa Suriyadagi urushni oqlash uchun yana qo’poruv amaliyotlari boshlandi. Bu urush ham Putinning bir necha muammolarini yopib yuborish uchun atayin boshlab yuborildi. Lekin nima bo’lganida ham urushda har ikkala tomon talofot ko’radi. Putin yana bir necha qo’poruv amaliyotlari uyushtirishi kutilmoqda. Chunki bu navbatdagi urush uzoqroq davom etishi mumkin. Bu urushdan Putinning xatosi bilan Rus xalqi boshiga tushib borayotgan iqtisodiy va siyosiy bo’hronlarni yopib yuborishi kutilayapti. Buning uchun esa Misrda portlatib yuborilgan samolyotda qurbon bo’lgan 224 ta fuqarolarning halokati kifoya qilmaydi.

Bundan tashqari, Putin KXShT (ODKB) tashkilotiga a’zo davlatlarni ham bu urushda o’zi bilan birga ishtirok etishga chaqira boshladi. Putinning urushga chaqirishi esa, Frantsiyadagi 13 – 14 nayabrda bo’lib o’tgan mudhish voqea kabi qurbonsiz bo’lmaydi.

Buni bilgan Markaziy Osiyo davlatlari sarosimaga tushib borishayapti. Karimov o’zini himoya qilish maqsadida hatto butun Toshkenni o’rab olgani haqida xabarlar paydo bo’la boshladi. Qolganlari ham sarosimada. O’zlaridan nima talab qilinayotganini bilmagan holda ular musulmonlarga qarshi matbuot va boshqa barcha imkoniyatlaridagi tarmoqlar bilan hujum qila boshlashdi. Ulardan so’rashmasa ham, hatto diniy arboblar Frantsiyaga ta’ziya bildira boshlashdi. Kofirlarning shu nayranglari ortidan qirilib borayotgan yuz minlab Musulmon farzandlarini esa, terrorist deb rasman e’lon qilishdi.

Har qanday oqibatda ham Putin tarixda Gitler singari vahshiy odamlar safidan o’rin oladi.

Rus xalqi esa dalillarni buzib ko’rsatilishi orqali o’zlarini atayin aldashlariga ruxsat berishayapti. Ular loqaydlik qilishayapti yoki haqiqatni ko’tarayotganlarni qo’llab yuborishdan qo’rqishayapti yoki umidsizlikka tushib, taqdirlariga tan berib qolishdi. Lekin yaqin kelajakda o’zlarining bu pozitsiyalarining naqadar xato ekanini anglab etishadi. Ammo afsuski unda ancha kech bo’ladi.

Qirg’iziston esa hatto Rossiyaning tarkibida ham emas. U hozir ikkilanish holatida qoldi. Putinning harakatlari borgan sari qo’rqinchli bo’lib borayapti. AQSh va G’arb davlatlari ham birin ketin Frantsiya singari Rossiya bilan hamkorlik qila boshlashayapti.

Bu Rossiyaning ichki muammolarini ular hal qilib berishlari mumkin degani emas. Kufr olamining Islomga qarshi manfaatlari vaqtincha paralel kelib turipti degani xolos. Shu kunlarda e’tibor bersangiz neftning narxi yana pasaya boshladi. Rossiya iqtisodi boshi berk ko’chaga kirib borayotgani sari Shomdagi urushni jadallashtiraveradi. Shuning bilan bir qatorda o’z fuqarolarining ustida repressiv harakatlarini ham kuchaytirib boradi.Yirik davlatlar yaqinda Rossiyani o’zlaridan ajratib, uni urush va iqtisodiy botqog’i tubida tashlab ketishadi.

Lekin Qirg’iziston singari zaif mamlakatlar esa hatto Rossiyani tashlab yuborishga, undan voz kechishga ham qurbilari etmaydi. Shuning uchun ham Putinning imkoniyatsizligidan boshlagan bu urushida Rossiyaga yaqinlashib bo’lmaydi.

Abdurazzoq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.