Eron Erdoganning saylanishidan mamnun

477
0

rouhani_02082013Eron hukumati Suriyaning musulmon aholisini ayovsiz qirg’in qilib kelayotgan qonxur Asadga yordam berib kelayotgani hech kimga sir emas. Turkiya hukumati esa Asadni terrorist deya sifatlab keladi. Ikki davlat orasida shunday ziddiyat bo’lishiga qaramay, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Rajab Toyyib Erdoganning Turkiyaga prezident etib saylanishidan mamnun ekanligini bildirdi. Ruhoniyga ko’ra, Turkiyaning yangi davr bosqichida ikki o’lka aloqalari yanada yaxshilanadi.

Mahalliy va xorijiy jurnalistlar da’vat qilingan matbuot anjumanida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Turkiyada o’tkazilgan prezidentlik saylovlari va yangi davr haqida nutq so’zladi.

“Erdogan prezidentlik saylovida juda yaxshi ko’rsatkich bilan muvffaqiyat qozonganligidan mamnun bo’ldim. Turkiyaning yangi davr bosqisida aloqalarimiz yanada yaxshilanadi. Bir o’lka xalqining aksar qismi bir kishini saylashi juda muhimdir va bu holat u kishining xalq orasidagi yuksak mavqeiga dalolat qiladi”, deya urg’uladi Ruhoniy.

Saylov natijalari e’lon qilinishi ortidan darhol qo’ng’iroq qilib Erdoganni tabriklaganligini bildirgan Ruhoniy Dovuto’g’lini ham tabriklashni unutmadi.

“Bosh vazirlik mansabini egallagan Dovuto’g’lini ham tabriklayman. Insha Alloh yangi hukumat qisqa vaqt ichida o’z vazifasini boshlaydi”, “Bu yangi davrda aloqalarimiz avvalgisidan yaxshi bo’ladi. Chunki u paytda Erdogan bosh vazir edi va asosiy xizmat uning zimmasida edi. Hozir Turkiya tarixida birinchi bor xalq tarafidan prezident saylandi. Davlat konstitutsiyasida kiritiladigan o’zgarishlar bilan prezident vakolatini kengaytirish haqida gap-so’zlar mavjud. Ikki davlat orasidagi aloqalarning rivojlanishiga ishonaman”, dedi Eron prezidenti.

Eron bilan Turkiya orasida mintaqaviy mavzularda ziddiyatlar borligiga ishora qilgan Ruhoniy “Turkiya bilan faqat Suriya masalasida kelishmovchiliklarimiz bor. Boshqa masalalarda oramizda kelishmovchiliklar bor deb o’ylamayman. Falastin va Livan borasida qarashlarimiz bir biriga yaqin. Suriyada biroz boshqacharoq. Ammo bu muammo tug’dirmaydi. Ikki do’st davlat o’rtasida ba’zi mavzularda qarama qarshiliklar bo’lishi tabiiy hol. Bu qarama qarshiliklarni muzokaralar orqali engib o’tamiz deb o’ylayman”, deya qayd etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.