Suriyaning Turkiya chegaralariga yaqin erda joylashgan “Turkman tog’i” mintaqasida bir necha kundan buyon musulmonlarga nisbatan qirg’inlar amalga oshirilmoqda. Eron kuchlari va Asad armiyasi mintaqani quruqlikdan hujumga tutayotgan bo’lsa, ularga yo’lak ochish uchun Rossiya kuchlari havodan bombalamoqda. O’ttizdan ortiq qishloqni o’z ichiga olgan va yuz mingga yaqin musulmonlar yashaydigan mintaqada qatliom amalga oshirilmoqda.
Turkiyaga yaqin mintaqaning Rossiya tarafidan bambardimon qilinishi odatiy hol emas. Shuning uchun Turkiya hukumati bu hodisaga o’z munosabatini bildira boshladi. Turkiya tashqi ishlar vazirligi tarafidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, rus elchisi vazirlik binosiga chaqirilib, undan hujumni to’xtatish talab qilingan.
“Turkiya tashqi ishlar vazirining ko’rsatmasiga binoan Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlov vazirlikka chaqirilib, Rossiyaning bu hujumlari terrorga qarshi kurash emas, balki tinch fuqarolar ustidan bomba yog’dirish ekanligini va bu jiddiy oqibatlarga sabab bo’lishi mumkinligi urg’ulandi. Rossiyadan darhol harbiy amaliyotni to’xtatish talabimiz borligi bildirildi”, deyiladi bayonotda.
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’li esa Rossiyaning hujumlarini tanqid qilar ekan, buning oqibatida yangi qochqinlar oqimi paydo bo’lishidan ogohlantirdi.
“Birinchidan, tinch fuqarolarga qarshi amalga oshirilgan har qanday hujumlarga qarshimiz. Ikkinchidan, chegaralarimizda qochqinlarning yangi to’lqini yuzaga kelishiga sabab bo’ladigan hujumlarga esa umuman qarshimiz. Uchinchidan, bir necha asrlardan buyon Bayirbujakda yashab kelayotgan turkmanlar boshqa suriyaliklar kabi birodarlarimizdir. Ularga qaratilgan hujumlarni qattiq tanqid qilamiz va har kimni bu borada e’tiborli bo’lishga da’vat qilamiz. Terrorga qarshi kurashyapmiz, degan da’vo bilan u erdagi turkman, arab va kurt birodarlarimizga nisbatan amalga oshirilgan qatliomlarga hech kim qonuniy tus bera olmaydi. Agar yangi bir qochqinlar oqimi paydo bo’lsa, bu masalaga aloqador bo’lgan har kim bundan javobgar bo’ladi”, dedi Dovuto’g’li.
Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Mahmud Qor mazkur qatliomlar va unga qarshi qilingan tanqidlarga nisbatan shunday munosabat bildirdi:
“Turkman qishloqlardagi birodarlarimiz bu qatliomlardan qochib bizning tuproqlarimizga boshpana izlab kelishsa, bu – musulmon sifatida – biz uchun muammo emas. Bundan hech tashvishlanmang. Turkiya xalqi bu birodarlarimizni ham bag’riga oladigan darajada mehmondo’stdir. Haqiqiy muammo Rossiyaning bambardimoni va rejim kuchlari bilan Eron armiyasining hujumlari qarshisida yordamsiz qolgan musulmonlarning qatl qilinishidir. Haqiqiy muammo Rossiya va Eronga haddini bildirib qo’yilmayotganidir. Haqiqiy muammo chegaramizgacha etib kelgan qotil rejimning takabburligiga chek qo’yilmayotganidir. Bu muammo tanqidiy bayonotlar bilan hal qilinmaydi. Qotil Rossiya va Eron tanqidiy bayonotlarni tushunmaydi, bu bayonotlarga e’tibor ham bermaydi. Ularning Terrorga qarshi kurash bahonasida qatliomlarni amalga oshirishi yangilik emas. Alloh uchun musulmonlarga xotirjamlik keltiradigan, kofir Rossiya va hamtovoqlarini qo’rquvga soladigan, zolim rejimga haddini bildirib qo’yadigan amaliy qadam tashlang. Musulmonlarni qatl qilayotgan Eronga shunday nota yuboringki, xiyonatidan voz kechsin. Turkman tog’iga ham va boshqa mintaqalarga ham yordam qo’lini cho’zing. Zero ular shakar va nonga emas, Turkiyaning kuchi va harbiylariga muhtojdir”.