AQSh: Suriyada muvaffaqiyatga erishish uchun quruqlikdan hujumga o’tish kerak

502
0
Suriye'nin Kobani sehrinde pyd ile isid gucleri arasinda suren catismalar siddetini arttirdi. Turkiye'ye dusen havan tolari nedeniyle Suruc'ta bulunan tank birligi Kobani'ye hakim bir tepeye konuslandi. 04 Ekim 2014 / Huseyin Sari

AQSh Suriyada muvaffaqiyatga erishish uchun havo kuchlariga qo’shimcha ravishda quruqlikdan ham harbiylarini olib kirishi lozim. Bu gaplarni AQSh havo kuchlarining sekretari Dedera Lee Jeyms Dubay aviatsiya ko’rgazmasida aytib o’tdi. Jeymsga ko’ra, havo harakatlari har qancha kuchli bo’lishiga qaramay, quruqlikdan qo’llab quvvatlanmasa mintaqada hokimiyatni qo’lga kirita olmaydi.

“Havo kuchlari o’ta muhimdir. Juda ko’p ishlarni amalga oshira oladi. Ammo hamma ishlarni ham qila olmaydi. Shunday ekan, bu tuproqlarni ishg’ol ham qila olmaydi. Harbiy amaliyot chog’ida quruqlikdan ham jang olib boradigan kuchlarga ehtiyojimiz bor. Iroq armiyasi, Suriya ozod armiyasi va kurtlarni IShIDga qarshi kurashda qo’llab quvvatlash lozim”, dedi Lee Jeyms.

AQSh havo kuchlari sekretarining bu bayonoti AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karterning Suriyaga maxsus kuchlar yuborilishi haqida bergan bayonotidan so’ng yangradi. Pentagon rahbari Eshton Karter agar Suriyada IShIDga qarshi jang qilishga tayyor qo’shimcha guruhlar topiladigan bo’lsa, Prezident Obama ularga madad sifatida bir necha AQSh askarini ajratishga tayyordir.

AQSh Prezidenti oktyabr oyida Suriyaga 50 nafar maxsus qo’shin yuborish qarorini tasdiqlaganligini e’lon qilgan edi.

Ayni paytda Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’li ham Suriyaga quruqlikdan xalqaro kuchlar kirgizilishi tarafdori ekanligini bildirdi. Dovuto’g’li 15-16 noyabr kunlarida bo’lib o’tadigan G20 sammiti oldidan bergan intervyusida IShIDga qarshi faqat havodan hujum qilish etarli emasligini ta’kidladi.

“Havo hujumlari bilan quruqlik kuchlarini birlashtiradigan strotegiyaga ehtiyojimiz bor. Ammo Turkiyaning yolg’iz o’zi bu vazifani zimmasiga ola olmaydi. Juda puxta rejalashtirilgan muvofiq strotegiyaga ega bo’lgan koalitsiya tashkil qilinsa, Turkiya har taraflama bu koalitsiyada ishtirok etadi”, dedi Turkiya bosh vaziri.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.