Putin: Rossiya AQShning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimining Yevropada joylashtirilishiga qarshi javob choralari ko’radi

443
0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQShning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimining Yevropada joylashtirilishiga qarshi o’zining yadroviy kuchlari salohiyatini mustahkamlash uchun javob choralari ko’radi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Putin Rossiya mudofaa-sanoat majmuasidagi vaziyat bo’yicha o’tkazilgan navbatdagi yig’ilishda aytib o’tdi.

“Rossiya strategik yadroviy kuchlar salohiyatini mustahkamlash bo’yicha zaruriy javob choralari ko’radi. Raketaga qarshi mudofaa tizimi ustida ham ishlaymiz”, deb aytdi Putin.

Putin AQSh raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimining kengaytirilishi global barqarorlik tizimini beqarorlashtirish uchun qaratilgan deb aytdi. Putinning aytishicha, Rossiya istalgan raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimidan kecha olishga qodir bo’lgan zarba beruvchi tizimlarni rivojlantiradi.

Turkiston:

AQSh tomonidan qo’yilgan olamiy qonun-qoidalarni barchasini buzgan holda Qrimni anneksiya qilib olinishi ortidan Rossiyaga qarshi qo’llana boshlagan jazo choralari shundoq ham nochor bo’lgan Rossiya iqtisodini abgor ahvolga olib kelib qo’ydi. Ammo AQSh Rossiyaning bu holatidan ham qoniqish xosil qilmay uni uzil-kesil tarmor etishga, parchalab tashlashga bel bog’lagan ko’rinadi. O’zining bu maqsadini amalga oshirish uchun AQSh ishonchili va sinovdan o’tgan eski uslubini qayta qo’llamoqchi bo’lyapti.

AQSh SSSRni parchalab tashlash uchun qurollanish poygasini boshlab uni “sovuq urush”ga tortgan va 15 yildan ortiq vaqt mobaynida neft narxini sun’iy ravishda past darajada ushlab turgan edi. Bugun ham go’yoki Yevropani Rossiya tahdididan himoya qilish bahonasida AQSh Yevropa davlatlariga raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirmoqda. Tabiiyki Rossiya uning bu harakatlariga sukut qilib turmaydi va iqtisodi ko’tarmasa ham harbiy sohaga ulkan mablag’larni sarflashlikka majbur bo’ladi. Rossiya iqtisodi esa asosan neft savdosidan keladigan daromadga qarab qolgan, neft narxi esa jahon bozorida yana sun’iy pastlatib borilmoqda.

2014 yilning mart oyida AQShning sobiq prezidenti Ronald Reyganning o’g’li Maykl Ronald Reygan Barak Obamaga maktub orqali murojaat qilib, unga o’zining otasi 20 asrning 80 yillarida Saudiya Arabistoniga borgani va jahon bozorida neft narxini tushirishni talab qilganini eslatib o’tdi. Kichik Reygan Putinga qarshi ham shunday strategiya qo’llashni taklif qilib, “Agar bizning prezident Rossiyani haqiqatdan ham Ukrainadan uzoqlashtirishni jiddiy xohlayotgan bo’lsa, yangi sovetlar imperiyasi vujudga kelmay turib o’z harakatlarini obdon o’ylab ko’rishi va Reygandan o’rnak olishi kerak bo’ladi. U “ona Rossiyani” iqtisodiy bo’g’ib tashlashi kerak, toki u erda yashayotgan odamlar o’zlariga ichki kiyim sotib olishga ham qodir bo’lmasinlar”, – degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.