Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning aytishicha, kelgusi 2016 yil Zaxira fondi uchun so’ngisi bo’lishi mumkin. Uning so’zlariga ko’ra, zaxira miqdori joriy yilning o’zida 2,6 trillion rublga qisqarib ketdi. Bu esa o’tgan yilga solishtirganda 50 foizdan ko’proqni tashkil etadi.
Siluanovning qayd etishicha, ayni vaqtda Rossiya davlat qarzlariga xizmat ko’rsatish 650 milliard rublni yoki Yalpi ichki maxsulot (YaIM)ning 0,8 foizini tashkil etadi. U qo’shimcha qilib, hozir moliya vazirligi etarlicha baland stavkalar bilan (10-11 foiz) qarz olmoqda va davlat qarzini ado etish uchun “byudjetning boshqa harajatlarini qisqartirayotgani”ni aytib o’tdi.
Moliya vazirligi tarqatgan so’ngi hisobotga ko’ra, ayni vaqtda Zaxira fondi 4,67 trillion rublni tashkil etmoqda.
8 oktyabr kuni Rossiya hukumati 2016 yilgi byudjetni tasdiqladi. Hujjatga muvofiq, byudjet daromadi 13,6 trillion, chiqim esa 15,8 trillion rublni tashkil etmoqda. Kamomad YaIMning 2,8 foizi yoki 2,8 trillion rublni tashkil etadi. Buni 2015 byudjetiga solishtirilsa: kirim 12,5, chiqim 15,2 trillion rublni, kamomad esa 2,68 trilliondan oshgan edi.
Joriy yilning sentyab oyi boshida moliya vazirligi zaxira fondidan 900 mlrd rubl ishlatgani haqida ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, milliy farovonlik fondidan ham 350 mlrd rubl olingan.