Kufr davlatlari moddiy manfaat ustida o’zaro kurash olib borishsada o’zlari uchun umumiy dushman qilib belgilab olgan Islom va musulmonlarga qarshi kurashda doimo hamfikr va hamjihat bo’lishadi. AQSh ham Suriyada boshlangan xalq qo’zg’olonida islomiy fikr va tuyg’ular g’olib kela boshlagach, bu inqilobni o’z izmiga solish uchun turli xil hiyla-nayranglarni ishga sola boshladi. “Jeneva-1” va “Jeneva-2” konferentsiyalari shular jumlasidan. AQSh o’zini qonxo’r Bashar Asadning hokimiyatdan ketish tarafdori qilib ko’rsatishga harakat qilgan bo’lsada, zimdan Asadga bu kurashda g’olib kelish uchun vaqt va imkoniyatlar ato etib keldi. Hatto o’zi tarafidan qo’llab-quvvatlab kelingan Suriya muxolifati ham Asadni hokimiyatda olib qolishning uddasidan chiqa olmadi. Shundan so’ng AQSh Suriya urushiga Rossiyani ham jalb qildi. Amalda go’yoki Rossiyani Suriyada boshlagan harbiy harakatlariga qarshi qilib ko’rsatayotgan bo’lishiga qaramay, Rossiya Suriyaga AQSh rejasi va ruxsatiga asosan kirib bordi va u erda ham hamkorliklarini davom ettirshmoqda.
Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig’i o’rinbosari Andrey Kartapolovning xabar qilishicha, Rossiya va AQSh harbiy organlari o’rtasida kunu-tun aloqa kanallarini yo’lga qo’yish bo’yicha memorandum imzolangan. Ma’lum qilinishicha, bunga ikki davlat harbiy uchuvchilarining hamkorlikdagi mashg’ulotlari vaqtida erishilgan.
“Rossiya va AQSh uchuvchilari Suriya osmonlarida samolyotlar xavfli yaqinlashgan holatda ekipaj a’zolari va erdagi xizmatchilar qanday harakat qilishlari bo’yicha hamkorlikda mashg’ulot o’tkazdi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Rossiyaning Hmeymim shahridagi aviabazada joylashgan havo-kosmik kuchlari boshqaruv punkti va Qatardagi Amerika qo’shinlari shtabi hamda tezkor guruh shtablari o’rtasida o’zaro hamkorlik va axborot almashishni yo’lga qo’yish masalalari ishlab chiqilgan.
“Rossiya harbiy havo kuchlari va xalqaro koalitsiya samolyotlari maxsus tayinlangan hududda eng kam xavfsiz masofaga yaqinlashishni amalga oshirishdi, oldindan belgilangan chastota bo’yicha rus va ingiliz tillarida bir-birlari bilan aloqaga chiqib, o’z parovoz parametrlari to’g’risida xabar almashishdi”, – dedi Andrey Kartapolov.