Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo bo`ylab safarini boshladi

472
0

Alloh Taolo tomonidan er usti va osti boyliklariga serob qilib yaratilgan Markaziy Osiyo respublikalari ham so`ngi yillar mobaynida mustamlakachi davlatlar nufuz talashadigan va tabiiy boyliklari talon-taroj qilinadigan mintaqaga aylanib bormoqda.

 Oldinroq, AQSh Markaziy Osiyodagi energetik zahiralar ustidan yolg`iz Rossiyani egalik qilishiga barham berish uchun Hitoy davlatini ishga solgan bo`lsa, endilikda Hitoyning borgan sari ochilib borayotgan ishtahasini bo`g`ish uchun yana bir alternativ o`yinchini ishga solmoqda. Bu o`yinchi sifatida AQSh YAponiyani tanladi.

 Aynan shu sababli YAponiya bosh vaziri Sindzo Abe 22-27 oktyabr kunlari Markaziy Osiyo bo`ylab safarini boshlab yubordi. Bu vaqt oralig`ida YAponiya bosh vaziri Turkmaniston, Tojikiston, O`zbekiston, Qirg`iziston va Qozog`istonda bo`lib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-tehnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa ko`plab hujjatlar imzolanishi mo`ljallangan.

 Dastlab Turkmanistonga tashrif buyurigan Sindzo Abe Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi va ikki davlat o`rtasida 18 milliard dollarlik kelishuv imzolandi. Tabiiyki bu kelishuvlar enetgetika sohasini o`z ichiga olgan bo`lib, turkman gazi va neftini YAponiyaga etkazib berish bo`yicha hujjatlar imzolangan.

 Turmanistonga bo`lgan safarini yakunlagach Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 24-26 oktyabr kunlari O`zbekistonda bo`ladi.

 Yaponiya O`zbekiston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoya kiritadigan mamlakatlardan biri sanaladi. Neft-gaz sanoati, transport sektori, telekommunikatsiya, sog`liqni saqlash, taylim, qishloq ho`jaligi va boshqa sohalardagi ijrosi uchun ajratilgan jami moliyaviy mablag`lar miqdori 3,4 milliard AQSh dollaridan oshadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.