AQSH Afg’onistondan askarlarini olib chiqishdan voz kechdi

490
0

AQSH prezidenti Barak Obama AQSH harbiylarini Afg’onistondan olib chiqish muddati uzaytirilganligini maylum qildi. Obamaning bildirishicha, 9800 askar 2016 yilning ohiriga qadar Afg’onistonda qoladi. 2017 yilning boshlarida esa askarlar soni 5500taga qisqartiriladi.

“Davlatimizga hujum qilganlar Afg’onistonni boshpana qilib olishlariga yana bir bor yo’l qo’yib bera olmayman”, dedi Obama Oq uyda AQSHning yangi rejasi haqida bergan bayonotida.

Prezident Obama AQSH askarlarining bir qismi afg’on havfsizlik kuchlariga harbiy taylim berish va Al-Qoida kabi guruhlarga qarshi kurashni davom ettirishini bildirdi. Afg’oniston armiyasi bayzi yutuqlarni ko’lga kiritganligini qayd etgan Obama ular davlatni himoya qila oladigan darajada quvvatga ega emasligini ham eslatib o’tdi.

Obamaning bu qarori NATO tarafidan olqishlandi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg afg’on kuchlarini har tomonlama, jumladan moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlashga chaqirdi.

AQSHning mazkur qarori haqida bayonot chiqargan Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati NATOning Afg’onistonda mavjud bo’lib turishiga mintaqadagi malay hokimlarning hissasi katta ekanligini bildirdi. Bayonotda aytilishicha, agar malay hokimlar to’sqinlik qilmaganda edi, faqat Pokiston armiyasining o’zi AQSH armiyasini mintaqadan quvib chiqarishga kifoya qilardi.

“Pokistonning yordami bo’maganda edi, AQSH hargiz Afg’onistonni ishg’ol qila olmagan bo’lardi. Huddi shuningdek, agar Pokistonning yordami bo’lmasa, Afg’onistondagi vujudini ham saqlab qola olmaydi. AQSH armiyasining kuchli qurol aslahaga ega bo’lmagan, ammo (aqidasi uchun) o’limga ham tayyor, oliy maqsadga ko’z tikkan bir necha ming mujohidlarni mag’lubiyatga uchrata olmagani buning haqiqat ekanligini ko’rsatib turipti. Biroq afsuslar bo’lsinki,  mavjud hokimlar bir necha ming mujohidlarga bas kela olmagan AQSH armiyasini dunyoning eng kuchli armiyasi qilib ko’rsatib, musumonlarni qo’rqitishga harakat qilishmoqda”, deyiladi jumladan Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati tarafidan chiqarilgan bayonotda.

Bayonotda taykidlanishicha, AQSH askarlari ham, u yasagan afg’on kuchlari ham, NATO havo kuchlari ham, minglagan yollanma AQSH askarlari ham – Agar Pokistonning yordami bo’lmasa – AQSH vujudini Afg’onistonda aslo tutib tura olmaydi. Mana shuning o’zi mintaqadagi vaziyatni o’zgartira oladigan kuch AQSHda emas, Balki Pokistonda yashirin ekanligini ko’rsatib turipti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.