Rossiya Afg’onistonga Mi-35 harbiy vertolyotlarini etkazib beradi

467
0

Oktyabr oyida Rossiya Afg’oniston bilan bir nechta Mi-35 hujum vertolyotlarini etkazib berish to’g’risida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Moskva mazkur mamlakatga hukumati qurolli kuchlarining jangovar imkoniyatlarini oshirishida ko’mak ko’rsatmoqda. Rossiya harbiy o’quv muassasalarida esa afg’on zobitlari tayyorgarlikdan o’tmoqda.

“Yaqindagina Rossiya Federatsiyasi IIV yo’nalishi bo’yicha ko’p miqdordagi o’qotar qurollar va o’q-dorilar partiyasi etkazib berilgan edi”, – dedi Kabulov.

Nashrning qayd etishicha, Afg’onistonning birinchi vitse-prezidenti Abdul Rashid Do’stim Rossiyadan “IShID”ga qarshi kurashish uchun harbiy yordam, xususan, qurol-yarog’, samolyot va vertolyotlar berishni so’ragan edi.

manba: “kun.uz”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.