So’ngi vaqtlarda Afg’oniston shimolida vaziyatning keskinlashib ketishi turkman hukumatini jiddiy tashvishga solib qo’ydi. Shu sababli ham Turkmaniston hukumati mamlakatning nisbatan tinch bo’lgan mintaqalarida joylashtirilgan kuchlarni Afg’oniston chegarasiga tashlay boshladi.
Chegera qo’shinlaridagi manbaning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda turkman-afg’on chegarasiga mamlakatning 70 foizga yaqin harbiy texnikalari va piyoda qo’shinlari qurol-yaroqlari jamlangan. Mari va Lebap viloyatlarida joylashgan harbiy-taktik batalonlar esa qo’shimcha artilleriya qurollari, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari bilan kuchaytirilgan.
Uning so’zlariga ko’ra, so’ngi bir necha kun ichida Mari viloyatiga tanklar yuklangan ikkita harbiy eshelon etib kelgan. Poezd Lebap viloyatidan kelgan.
“Mustaqillik”ka erishganidan buyon betaraflik siyosatini qo’llab kelayotgan Turkmaniston tushib qolgan og’ir vaziyatdan foydalanib qolishga intilayotgan Rossiya hukumati agar zarurat tug’ilgudek bo’lsa KXShT kuchlari Turkmanistonga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.