Turkiy davlatlar tashkiloti 20 yillik strategiyasini eʼlon qildi

366
0

Turkiy davlatlar tashkiloti 20 yillik strategiyasini eʼlon qildi

12-noyabr kuni Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining sakkizinchi sammiti boʼlib oʼtdi. Sammitda Qirgʼiziston, Turkiya, Qozogʼiston, Oʼzbekiston, Ozorbayjon, Vengriya va Turkmaniston prezidentlari qatnashdi. Sammitda Turk kengashini Turkiy davlatlar tashkiloti deb oʼzgartirish qarori qabul qilindi.

Xabar qilinishicha, sammit yakunida davlat rahbarlari “Turkiy dunyo nigohi – 2040” strategik hujjatni imzolashdi.

Sammit doirasida Japarov va Shavkat Mirziyoev uchrashi,b oʼzaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd. dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar va zarur shart-sharoitlar mavjud ekanligi aytildi. Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi raisi Rifat Hisarjiklioʼgʼli esa Turkiy kengashga aʼzo davlatlar oʼrtasida jami 1 trillionga yaqin savdo salohiyati mavjudligini qayd etib, dunyoga katta kuchni koʼrsatish vaqti kelganini aytdi.

Turkiya statistika qoʼmitasining maʼlumotiga koʼra, 2021-yilning oktyabr oyiga qadar Qirgʼiziston va Turkiya oʼrtasida tovar ayirboshlash hajmi 529 million dollarni tashkil qilgan. 2020-yilning noyabriga qadar bu koʼrsatkich 449 million dollar boʼlgan.

Bunga qadar Japarov Qirgʼiziston Turkiyadan “Bayroqdor” olayotganini, harbiy texnikani yangilash va taʼmirlashga bir yilda jami 100 million dollar ajratilganini aytgan edi.

Turkiy davlatlar tashkiloti 2009-yilda tashkil etilgan boʼlib, dastlab turkiy tilli davlatlar oʼrtasida madaniy hamkorlikni taʼminlagan. Аsosiy maqsadi turkiy xalqlarni birlashtirish va Rossiyaning Markaziy Osiyodagi taʼsirini zaiflashtirish hisoblanadi. Erdogan ushbu tashkilot orqali ichki siyosatda xalqning qoʼllab-quvvatlashiga ega boʼlsa, tashqi siyosatda АQShning Markaziy Osiyoni tortib olish siyosatiga xizmat qiladi.

Maʼlumki, АQSh Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatini Turkiya orqali amalga oshiradi. Аmmo, Qirgʼiziston birining taʼsiridan qutulish uchun boshqasi bilan muomilasini yaxshilayotgan boʼlsa-da, barcha mustamlakachilarning maqsadi bir. Ular faqat kuchsiz mamlakatlarni mustamlaka qilishni, boyliklarini talon-taroj qilib, aholisini arzon ishchi kuchi sifatida foydalanishni xohlaydilar.

Shu sababli biz musulmonlar bugungi xalqaro maydondagi hech bir tashkilotni tan olmasligimiz kerak. Chunki, ularning barchasi yuqoridagi mustamlakachi davlatlar yoki ulardan birining manfaatlari yoʼlida tashkil etilgan. Demak, ularning barchasi qanday faoliyat olib bormasin botil asosga qurilgan. Biz bu tashkilotlar oʼrniga nafaqat musulmonlarni, balki butun insoniyatni mustamlakachilik zulmatidan Islom nuriga olib chiqadigan davlatni tiklash yoʼlida faoliyat olib borishimiz shart! Bu davlatda birodar islomiy yurtlari oʼrtasida chegara toʼsigʼi degan masala qolmaydi. Аksincha, barcha islomiy yurtlar adolatli amir qoʼl ostida har qanday xavfga qarshi bir jasad kabi kurash olib borishadi!

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.