DA’VAT AMRU MA’RUFDAN FARQLIMI (4)

546
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Hozirda da’vat ishlarimiz uchun Rasululloh(s.a.v)ning Makkadagi hayotlari namuna qilib olinishi lozim. Bu hayotga ko’ra, Islom belgilagan vazifalarni bajarish bilan birga – Arqamning uyida bo’lganidek – Islomni o’rganish va tushunish bosqichi boshlanadi. So’ngra Islomni o’rganib, yaxshi tushungan ishonchli-sodiq mo’minlar Ummat Islomni yaxshi tushunib etishi va Islomiy Davlat mavjud bo’lishi zarurligini tushunishi uchun Ummatga ta’sir o’tkazish bosqichiga o’tadilar. Uyushmadagi muayyan shaxsning yolg’iz o’zi yoki faqat hizbning yolg’iz o’zi harakat qilishi katta xatodir. Shuningdek kurashni muayyan shaxsga yoki muayyan hizb yoxud guruhga qaratish shaxsning shaxsiyati yoki uning tutgan o’rni yoxud mana shu hizb yoki guruhning egallagan mavqei qay darajada bo’lmasin katta xato deb hisoblanadi. Balki jamoiy ravishda kurash olib borish va kurash jamiyatga qaratilgan bo’lishi lozim. Yolg’iz holda kurashishdan yoki kurashni muayyan shaxsga yo’naltirishdan yiroq bo’lish zarur. Chunki yolg’iz holda kurashish yoki kurashni shaxslar tomon yo’naltirish yo’li xato yo’l va o’ta zararlidir. Ummat tepasida turgan ba’zi bir “etakchilar”ni yoki ba’zi “olimlar”ni haqiqatini ochishdan maqsad, ularga bo’lgan ishonchni ketkazish va jamiyatda bunday hoinlarni o’rni “ota” yoki “bosh” bo’lish emas, sotqinlar, chaqimchilar va xoinlarning o’rni bo’lgan o’z joylariga tushirib qo’yishlari uchun Ummatni ogohlartirish, adashib, ularni ortidan ketib qolishini oldini olish xolos, toki jamiyatda sof muhit yuzaga kelsin, ya’ni jamiyatda har bir inson o’z o’rnida bo’lishligiga da’vatdir. Alloh Taolo aytadi:

تَبَّتْ يَدَا أَبِي لَهَبٍ وَتَبَّ ۩ مَا أَغْنَى عَنْهُ مَالُهُ وَمَا كَسَبَ ۩ سَيَصْلَى نَارًا ذَاتَ لَهَبٍ ۩ وَامْرَأَتُهُ حَمَّالَةَ الْحَطَبِ ۩ فِي جِيدِهَا حَبْلٌ مِنْ مَسَدٍ

“Abu Lahabning qo’llari qurigay — halok bo’lgay! (Aniqki) u quridi – halok bo’ldi! Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo’q! Yaqinda u va uning o’tin orqalagan, bo’ynida pishiq toladan eshilgan arqon bo’lgan xotini (lovullab turgan) alangali do’zaxga kirajak!

I z o h. Abu Lahabning xotini Ummi Jamil doimo kishilarni payg’ambar alayhis-salomga qarshi gij-gijlab, ularning o’rtasida adovat o’tini yoqib yurgani sababli, Qur’on uni «o’tin orqalagan» deb sifatladi va do’zaxga ham eri bilan birga xuddi o’sha holida kirishi haqida xabar berdi. [111:1-5]

Hozirda ham Ummat orasida erini dastaklash uchun bunday qilmasalar-da, nafsoniyatini yoki o’ziga “xudo” qilib olgan kimsalarini dastaklash uchun Ummat orasida sotqinlik, xoinlik yoki chaqimchilik qilib “o’tin orqalagan” kimsarni o’z o’rniga keltirib qo’yish ham da’vat ishiga kiradi. Uyushma da’vatdan boshqa narsa bilan shug’ullanmaydi va boshqa ishlardan birortasi bilan mashg’ul bo’lishni da’vatdan chalg’ituvchi va to’suvchi narsa deb hisoblaydi. Bu kabi ishlar bilan shug’ullanish mutlaqo joiz emas.

Rasululloh(s.a.v) Makkada Islomga da’vat qilayotganlarida Makka fisqu fujurga to’la edi. Shunday bo’lsa-da, ularni yo’qotish uchun hech narsa qilmadilar. Zulmu sitam, faqirlik va muhtojlik ochiq ko’rinib turgan bo’lsa-da, bu narsalarni engillatish uchun biror ish qilganlari rivoyat qilingan emas. Ka’bada bo’lganlarida butlar boshlari ustida bo’y cho’zib turardi. Butlarning birortasiga qo’l tegizganlari rivoyat qilingan emas. Shuning uchun kufrni ketkazib, yana islomiy hayotni boshlash uchun moddiy amallarni yoki jihodni asos qilib olish tariqatga zid, faqat fikriy va siyosiy jihatga cheklanish lozim. Payg’ambarimiz(s.a.v) mushriklarning xudolarini ayblab, aqllarining ahmoqona ekanini ko’rsatar, amallarining soxtaligini fosh qilar edilar, ya’ni so’zga va fikriy jihatga cheklanar edilar. Lekin qo’llarida Davlat barpo bo’lib, Makkani fath qilgach, u butlardan, o’sha fisqu fujur, zulmu sitamlar, faqirlik va muhtojliklardan birortasini qoldirmadilar. Shuning uchun uyushma da’vatni olib borayotganida uyushma sifatida boshqa ishlardan birortasini qilishi mumkin emas. Uyushma fikr va da’vatning o’ziga cheklanishi lozim. Biroq shaxs sifatida uning a’zolari o’zlari qiziqqan xayriya ishlarini qilishdan qaytarilmaydilar. Uyushma esa bunday ishni qilmaydi. Chunki uning ishi da’vatni olib borish uchun Davlatni tiklashdan iborat. Rasululloh(s.a.v)ning Makkadagi hayotlarini namuna qilib olish vojibligiga qaramasdan, Makka ahli va ularni Islomga da’vat qilish bilan hozirgi musulmonlar va ularni islomiy hayotni qayta boshlashga da’vat qilish o’rtasidagi farq hisobga olinishi kerak. Ya’ni, Rasululloh(s.a.v) kofirlarni iymonga da’vat qilgan edilar. Ammo hozirgi da’vat musulmonlarni Islomni tushunishga va unga amal qilishga da’vat qilishdir. Shuning uchun hozirgi da’vat engil va osondir. Lekin hujumkorlik uslubi hukmron bo’lib qolishi zarur. Har qanday guruh bilan kelishish va hamkorlik qilishga chaqiradigan har qanday, garchi juda arzimas ko’rinsada, bunday fikrga qarshi kurashish zarur. Bu o’rinda aql asosida emas, shariat asosida ish ko’rilishi kerak, masala iymon yoki kufr, haq yoki botil, harom yoki halol, to’g’ri yoki xato masalasi ekanini, ular o’rtasidagi o’rtacha echim(murosaga kelishtirish) masalasi emasligini bayon qilib berish lozim. Demak kufr, botil, harom, xato yo’q qilinishi, iymon, haq, halol va to’g’ri esa boqiy qolishi lozim. Alloh Taolo aytadi:

أَفَتُؤْمِنُونَ بِبَعْضِ الْكِتَابِ وَتَكْفُرُونَ بِبَعْضٍ فَمَا جَزَاءُ مَنْ يَفْعَلُ ذَلِكَ مِنْكُمْ إِلَّا خِزْيٌ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يُرَدُّونَ إِلَى أَشَدِّ الْعَذَابِ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

“Yo Kitobning bir qismiga ishonib, bir qismini inkor qilasizmi? Oralaringdan kim bu ishni qilsa, uning jazosi bu dunyoda rasvo bo’lish, qiyomat kunidan esa qattiq azobga duchor qilinadilar. Alloh qilayotgan ishlaringdan g’ofil emasdir”. [2:85]

وَأَنْ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ أَنْ يُصِيبَهُمْ بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيرًا مِنْ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ ۩ أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنْ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

“(Ey Muhammad), ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo’yishlaridan ehtiyot bo’ling! Agar (Sizning hukmingizdan) yuz o’girsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat etkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan ko’plari fosiqdirlar. Dinsizlik hukmron bo’lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo’lgan qavm uchun Allohdan ham go’zalroq hukm qilguvchi kim bor?!” [5:49,50]

Umar ibn Xattob qozisi Shurayhga Allohning Kitobiga qarashni tavsiya qilib shunday dedilar: «Seni nufuzli kishilar Qur’ondan burib qo’ymasin». Shuning uchun da’vatni yoyuvchilar biror muxlis tarafidan Islomga zid aytilgan so’zdan yoki da’vatni e’zozlovchi kishi foydali degan hujjat bilan bildirgan Islomga zid ra’ylardan ehtiyot bo’lishlari lozim. Bunday ishlardan ehtiyot bo’lsinlar va hech kimga bunday ish qilish imkonini bermasinlar. O’tkir tanqid, xatolarni ochib tashlash va barcha vaziyatlar Islom talab qilayotgan qolipga o’tishi zarurligini ta’kidlash siyosiy kurash hisoblanadi. Masalan: sobiq muftiy Chubak Hoji Jalilovning “Uluu Krgzstan” partiyasiga “omad tilab” duo qilishini olaylik. Bu partiya Qirg’iziston xalqiga qonun chiqarib berish uchun (ya’ni halolni harom kilishga yoki haromni halol qilishga) vakolatini so’rab, maydonga otlandi… bu ochiq shirkku?! Ilohlikni da’vo qilishku?! Bu kabi insonlarga qilmishlarini haqiqatini tushuntirib, tavba qilishlarini talab qilish kerak. Shu kabi ishlar da’vatchining vazifasidir. Termiziy chiqargan hadisda Adiy ibn Hotam aytdi: «Men Nabiy(s.a.v)ning oldilarga keldim – bo’ynimda tilla xoch bor edi – u zot menga butni olib tashla dedilar. Va «Baroat» surasidan mana bu:

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

Ular Allohni qo’yib o’zlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar. [9:31] oyatni o’qib, … shunday deganlarini eshitdim: «To’g’ri, odamlar rohiblarga ibodat qilishmagan, lekin rohiblar biror narsani halol deyishsa, odamlar ularni halol sanashgan, biror narsani harom deyishsa, uni harom deyishgan … ». (Demokratiya kufr nizomi” kitobiga qarang).

Hizb yoki uning biror a’zosi bajargan ish mustahkam fikrat va tariqat bilan hamda chuqur fahmlash va ongli itoat namoyon bo’lib turadigan kurashchan uslub bilan bajarilsagina siyosiy kurash muayyan natijani beradi. Zohiri botiniga zid kelmasligi lozim. Islom fikratini ijro qilish ko’zlanadigan barcha amallar his qilinmaydigan natijani yuzaga chiqaradigan amallardan iborat bo’lishi butunlay inkor qilinadi va bu Islom tariqatiga zid deb hisoblanadi. Chunki maqsad shunchaki natijaga emas, balki muayyan natijaga erishish, g’oya esa qandaydir uyg’onishni paydo qilish emas, balki Islomiy hayotni qayta boshlash va Islomiy da’vatni yoyishdir. Hizb yoki uning biror a’zosi tomonidan sharoitlarni o’z holiga tashlab qo’yish, ya’ni o’zi bo’larlikka tashlab qo’yishning ma’nosi yuz tuban qulashga olib boradigan tarzda to’xtab qolishdir. Mana shuning uchun bajargan yoki bajarayotgan yoxud amalga oshirishi lozim bo’lgan ishlarni ko’rib chiqish orqali doimo fikrlash zarur. Sharoitlar yoki ular keltiradigan vaziyatlarni kutib o’tirmaslik kerak. Balki sharoitlarni vujudga keltirish va yuzaga kelgan sharoitlardan foydalanish lozim.

Хulosa sifatida shuni aytamizki;

  1. “Da’vat” Rosululloh(s.a.v)ning sharafli vazifasi bo’lgan va undan maqsad Islomni insonlar hayotlarida amalga oshirishlari uchun tushunarlik qilib etkazishdir, hisobi esa Alloh Taologa:

فَإِنَّمَا عَلَيْكَ الْبَلَاغُ وَعَلَيْنَا الْحِسَابُ

“albatta, sizning zimmangizda (baribir haq dinni odamlarga to’la) etkazish, Bizning zimmamizda esa hisob-kitob qilish bordir”. [13:40]

  1. Bu ishni davom ettirish barcha musulmonlarga farzi kifoya, uni amalga oshirishni xohlovchilar Rosululloh(s.a.v)ni ibodatlarda namuna qilganlaridek, ahloqda ham, da’vatda ham namuna qilib olishlari va da’vat talab qilgan har qanday ishda Allohgagina Tavakkul qilish kerak, Alloh Taolo aytadi:

فَبِمَا رَحْمَةٍ مِنْ اللَّهِ لِنْتَ لَهُمْ وَلَوْ كُنْتَ فَظًّا غَلِيظَ الْقَلْبِ لَانْفَضُّوا مِنْ حَوْلِكَ فَاعْفُ عَنْهُمْ وَاسْتَغْفِرْ لَهُمْ وَشَاوِرْهُمْ فِي الْأَمْرِ فَإِذَا عَزَمْتَ فَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُتَوَكِّلِينَ

“(Ey Muhammad) Alloh tomonidan bo’lgan bir marhamat sababli ularga (sahobalaringizga) yumshoq so’zli bo’ldingiz. Agar qo’pol, qattiq dil bo’lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo’lar edilar. Bas, ularni afv eting, ular uchun Allohdan mag’firat so’rang va ishlaringizda ularga maslahat soling! Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Allohga suyaning — tavakkal qiling! Albatta Alloh O’ziga suyanib (ish qilguvchilarni) sevadi”. [3:159]

  1. Bu ishni “uyushma” bo’lib qilish tariqatdir. Shuning uchun bizda “uyushmaning vazifasi islomiy da’vatni yoyishdir” deb tabanniy qilingan. Alloh Taolo aytadi:

وَلْتَكُنْ مِنْكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

“Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, amru ma’ruf va nahiy munkar qiladigan bir jamoat bo’lsin. Ana o’shalar najot topguvchilardir”. [3:104] (davomi bor).

G’arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.