Vengriya bosh vaziri: Migratsiya natijasida nasroniylar mag’lub bo’lishadi

491
0

Agarda qochqinlar oqimi to’xtatilmasa, Yevropa nasroniylari ozchilikka aylanib qoladi, Yevropa Ittifoqining bir xilligi esa yo’qoladi, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Bild gazetasiga bergan intervyusida.

“Yevropalik siyosatdonlar ayni paytda shirin xayollar dunyosida yashamoqda. Ular kelgusida bizni qanday xavf-xatarlar kutayotganini tasavvur qilishgani yo’q. Pokiston, Bangladesh, Mali, Efiopiya, Nigeriyadan kelayotgan oqimning chek-chegarasi yo’q. Agarda ularning barchasiga qo’yib bersak, Yevropa halok bo’ladi. Musulmonlar migratsiyasi natijasida kelgusida ular Yevropada mutlaq ko’pchilikni tashkil etadi. Yevropa ikki madaniyat hamkorligiga yo’l qo’yib bersa, nasroniylar mag’lub bo’lishadi”, – dedi bosh vazir.

Orban Germaniya kantsleri Angela Merkelni ham qochqinlarni Vengriya va Germaniyaga o’tkazishga ruxsat bergani uchun tanqid qildi. Uning fikricha, bu holat mamlakatda alg’ov-dalg’ovlikni keltirib chiqaradi. Muhojirlar Germaniyaga tezroq o’tib olish uchun politsiya bilan to’nashuvlar sodir etadi.

Avvalroq Orban qochqinlarga kelgan erlariga qaytib ketishni tavsiya qilgan edi.

Turkiston:

Uch yoshli Aylanning jasadi Turkiya qirg’og’ida topilgunga qadar kufr davlatlari qochqinlar masalasiga e’tibor bermay kelishayotgan edi. Aylanning jonsiz surati ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab bo’lib ketganidan so’ng musulmonlar boshiga yog’ilayotgan musibatlarni asosiy sababchilardan bo’lgan kufr davlatlari ilojsizlikdan qochqinlarni qabul qilishga majbur bo’lishdi.

Albatta, ular bu ishlarni musulmonlarga rahmilari kelganidan emas, balki o’zlarini insonparvar qilib ko’rsatish orqali dunyo hamjamiyatini, xususan musulmonlarni ko’zlarini shamg’alat qilish uchun amalga oshirib kelishmoqda. Bu ishlar bir oz bosilib, hodisalar eskirishi bilan kufr davlatlari yana qayta qochqinlar masalasini unutishadi va qochiqnlarni Yevropaga kirib kelishin yana qayta cheklay boshlashadi. Bu ishni amalga oshirish uchun kufr davlatlari hozirdan bahonalar tayyorlashni boshlab yuborishdi. “Sunday Express” nashri Yevropaga qochqin qiyofasidagi 4 ming nafarga yaqin “IShID” jangarisi kirib olgani to’g’risida xabar tarqatishi ham kufr davlatlari tomonidan qochqinlar muammosini “hal qilishga” kirishganidan dalolat qilib turipti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.