Atambaev Xitoy va Eronga safar qiladi

470
0

Prezident apparati etakchisi Sapar Isakovning xabar qilishicha, AQShga safarini bekor qilgan Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev Xitoy va Eronga safar qiladi.

Almazbek Atambaev 1-3 sentyabr kunlari Xitoyga uyushtiradigan safari doirasida Ulug’ vatan urushida erishilgan g’alabaning 70 yilligiga bag’ishlangan tadbirda ishtirok etadi. Bundan tashqari Xitoy xalq respublikasi raisi bilan uchrashib siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar masalalar muxokama qilinadi.

Atambaev va Si TSzinpin o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuv davomida keyingi 3 yil mobaynida Qirg’iziston uchun ajratiladigan 1 mlrd yuan (180 mln dollar) miqdoridagi grant masalasi ham ko’rib chiqilib, imzolanishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko’ra, bu pullar Bishkek yo’llarini sozlashga va yangi yo’llar qurilishiga sarflanadi.

Xitoyga bo’lgan safarini yakunlagach Atambaev 4-6 sentyabr kunlari Eronda rasmiy tashrif bilan bo’ladi.

Almazbek Atambaev Eronda mamlakat rahbari Hasan Ruhoniy bilan tor doiradagi uchrashuv o’tkazishni rejalashtirgan. Shundan so’ng, u Eron parlamenti spikeri hamda Eronning diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Husayni Xamanei bilan ham uchrashadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.