
Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi rasmiy sahifasi “Facebook” rahbariyati tarafidan yopib qo’yildi. Hizb ut-Tahrir matbuot bo’limi tarqatgan bayonotga ko’ra, bu sahifa atayin, qasddan yopib qo’yilgan.
“Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasi 19 Avgust kuni soat 17:00da “Facebook” rahbariyati tarafidan to’sib qo’yildi. Hizb ut-Tahrir uyushmasi tarafidan “Injirlik bazasi yopilsin, AQSh quvib chiqarilsin”, nomli kompaniya boshlanishi ortidan “Facebook” rahbariyatining darhol bu harakatga qo’l urishi e’tiborga molikdir. Ijtimoiy tarmoqda har xil behayo narsalarga ham ruxsat berilayotgan bir paytda bizning sahifamizning yopib qo’yilishi mazkur kompaniyamiz kimlarnidir tinchini buzganligini ko’rsatib turipti”, deyiladi Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limi tarafidan chiqarilgan bayonotda.
Mana shunday o’rinlarda demokratiyaning asl basharasini ko’rish mumkin. Sevimli Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. karikatura qilinganda, “demokratiya”, “so’z erkinligi” deya og’iz ko’pirtirganlar qayoqda qoldi. Demokratiyada xalq nimani talab qilsa o’sha narsa amalga oshirilishi kerak emasmidi?! Mana hozir xalq Injirlik havo bazasida AQShning o’rnashib olishini istamayapti. Turli uslublar, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali bunga o’zlarining qarshiliklarini birdirishmoqda. Xalqning bu talablari bajarilishi o’rniga ularning ovozlari bo’g’ib qo’yilyapti.
Ha, demokratiya deganlari mana shu. Agar o’zlarining manfaatlariga to’g’ri kelsa darhol “demokratiya”, “hurriyat”, “erkinlik” kabi shiorlarni olg’a surishadi. Biroq gap musulmonlarning qirg’in qilinishi va ularning haq-huquqlari poymol qilinishi haqida ketganda esa unday baland parvoz shiorlardan darak ham qolmaydi. Shuning uchun musulmonlar “demokratiya” aldoviga uchmay, uni uloqtirib tashlashlari va bor kuchlari bilan Islomiy hayotni qayta boshlash uchun harakat olib borishlari lozimdir.