AQSh moliya vazirligi xorijiy aktivlar nazorati bo’linmasi byulletenida xabar qilinishcha, 30 iyul kuni AQSh tomonidan Rossiya va Ukrainaning bir qator shaxslari va kompaniyalariga nisbatan e’lon qilingan iqtisodiy va boshqa turdagi cheklovlar 10 avgustdan kuchga kiradi.
AQShning yangi sanktsion ro’yxatiga qo’shimcha tarzda 11 jismoniy va 15 yuridik shaxs kiritildi. Sanktsion ro’yxat 61 punktga kengaytirilib, bu Qrimdagi vaziyat bilan izohlandi.
Ro’yxatga, xususan, Rossiya fuqarosi, Londonda yashab kelayotgan “Kalashnikov” kontserni menejeri Andrey Bilyutin, Ukraina fuqarosi Andrey Klyuev, Rossiya fuqarolari Pyotr Kolbin, Sergey Kurchenko, Sergey Omelchenkolar kiritildi.
Bundan tashqari, ro’yxatga finlyandiyalik Kay Paananen, ukrainalik Olga Semenova, Eduard Stavitskiy, Aleksandr Yanukovich, Oleg Usachyov, Finlyandiya va Rossiya fuqaroligiga ega Roman Rotenberglar kiritildi. Yuridik shaxslar ichida Finlyandiya, Rossiya va Kipr kompaniyalari bor.