Pokiston hukumati mustamlakachi davlatlar bilan tilbiriktirish orqali o’z xalqi va musulmonlarga nisbatan amalga oshirayotgan jinoyatlarni dalil isbotlar bilan ochib tashlagan shaxslar o’z-o’zidan dom daraksiz yo’qolib qolishi odat tusiga aylanib bormoqda. Bundan to’rt oy muqaddam Pokiston xavfsizlik xizmati tarafidan Hizb ut-Tahrir uyushmasining yana uch nafar faol a’zosi o’g’irlab ketildi. Bu yigitlar ham, bulardan avvalgi o’g’irlab ketilganlar ham hali hanuz topilgani yo’q. Ularning tirik yoki o’lik ekanligi ham ma’lum emas.
Shu bois o’g’irlab ketilgan uch yigitning oila a’zolari Pokistonning eng katta shahri hisoblangan Karachi shahrida matbuot anjumani tashkil qilishdi. Ushbu oilalarning advokatlari ham anjumanda ishtirok etishdi. Uch oila vakillari anjuman chog’ida “milliy harakat” loyihasi AQSh tarafidan tuzib berilgan loyiha ekanligini yoritib berdilar. Ularga ko’ra, Pokiston rejimi bu loyihadan Islom va musulmonlarga qarshi kurash uchun niqob sifatida foydalanmoqda.
Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikka da’vat qilgan Sayidmuhammad Fahd va Aliasad Muhsin ismli uch yigit Pokiston milliy xavfsizlik kuchlari tarafidan 2015 yil 6 aprelda o’g’irlab ketilgan edi. Yigitlar oila a’zolarining da’volariga ko’ra, to’rt oydan buyon milliy xavfsizlik xizmati yigitlarni qaerda hibsda saqlashayotganini yashirib keladi. Holbuki, Pokiston mahkamasi ularni ozod qilinishi uchun qaror chiqargan.