AQSh Rossiyaga qarshi qo’shimcha sanktsiyalar kiritdi

488
0

AQSh moliya vazirligi tarqatgan xabarga ko’ra, AQSh rossiyalik tadbirkorlar va kompaniyalarga qarshi qo’shimcha sanktsiyalar kiritdi.

Sanktsiyalar Rossiya to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar fondi (RFPI), “VEB-lizing”, “VEB Kapital”, “Svyaz-bank”, “RN-Yuganskneftegaz”, “Rosneft Treyding”, “EKSAR”, “Globeks” bankiga qarshi kiritildi.

Yangilangan “qora ro’yxat”ga Roman Rotenberg, Sergey Kurchenko va Viktor Yanukovichning o’g’li Aleksandr Yanukovich kiritildi.

Bundan tashqari, sanktsiyalar Qrim yarimorolidagi Sevastopol, Yevpatoriya, Feodosiya, Kerch, Yalta portlari va Kerch parom kechuviga qarshi ham kiritildi.

Shunday qilib, AQSh hukumati Ukrainadagi mojaro tufayli hammasi bo’lib 11 ta jismoniy va 15 ta yuridik shaxsga nisbatan sanktsiya kiritdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.