Tojikiston jumhuriyati Vahdat shahridagi “Kirpichniy” hibsxonasida saqlanayotgan 12 nafar Hizbut Tahrir a’zosi yana qaytadan sud qilinib, jazo muddatiga yangi muddat qo’shilishi natijasida 16 yildan 23 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindilar. Mahkumlar qamoqxona oshxonasida maxfiy aloqa vositalar o’rnatib, ulardan foydalanishda aybor deb topildi.
Tojikiston adliya Vazirligi, jazoni o’tash Mahkamasi xodimlarining biri 24 iyul kuni Radioi Ozodiga intervyu berib, shunday dedi: “Yuqoridagi hukm asosan Vahdat shahriring 3/2 “Kirpichniy” qamoqxonsidagi mahbuslarga taalluqlidir. Bir muddat ilgari ayblovchi Zavqiddin No”monov prokuraturaga talabnoma bilan murojaat qilgan edi. Shunga binoan, Hizbut Tahrirning 12 a’zosiga 22-27 yilgacha jazo muddati berilishi so’ralgan edi. Yuqoridagi mahbuslar Tojikistonda man etilgan Hizbut Tahrir partiyasiga a’zolikda ayblanib 10 yildan to 16 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan edilar. Kuch organlari ularni ikkinchi marotaba aybdor deb topib, jazo muddatiga yana qo’shimcha muddat qo’shishni talab qilib chiqishdi. Hizbut Tahrirga mansub mahbuslar uzoq yillar mobaynida qamoqxona choyxonasidagi elektr simlaridan mahfiy aloqa vositasi sifati foydalanishgan. Tekshiruvlar natijasida u joydan 27 dona uyali telefon, 41 simkarta, 11 naushnik, 1 videokamera, 3 MP3, 28 ovoz yozish moslamasi va 6 dona USB topilgan. “Hizbut Tahrir” a’zolari u jihozlardan o’zlarining tashviqotlari yo’lida foydalanishgan. Ularning asosiy maqsadi er yuzida Xalifalik davlatini barpo qilish hisoblanadi va barchani shu maqsadlari sari da’vat qiladilar”.
Mana 20 yildan ortiqroq davr mobaynida diktator Emomali Rahmon va uning yugurdakalar tomonidan e’tiqod ahli turli qiynoqlarga mubtalo bo’lishmoqda. Yuqorida zikr qiliganidek, Hizbut Tahrir haqiqiatan agar ektremist guruh bo’lsa, u holda boshqa musulmonlar nima uchun aybdor bo’lishdi? Nahotki ularning aybi, musulmonliklarida bo’lsa? Zero bu zolim diktator havoyi nafsiga ergashib butun ahli iymonga nisbatan kurashib kelmoqda. Ayniqsa Emomali Rahmonning so’ngi oylarda qilgan jinoyatlari tufayli musulmolarning unga va uning rejimiga nisbatan adovatlari kuchayib ketdi. Bir yilning o’zida bu zolim diktator ketma-ket bir necha Shar’iy hukmga ochiqchasiga qarshi chiqish qildi. Masalan, shaytoniy bayramlardan biri 8-martga atalgan marosimda barchani hijobga qarshi kurashishga chaqirdi. Sal o’tib, erkaklarning soqolini tanqid qildi va uning buyrug’iga binoan kuch organlari sartaroshlar bilan uyma-uy yurishib, ommaviy tarzda soqolli erkaklarning soqolini qirishdi. Mamlakatdagi 200 ortiq masjidlarni minoralari buzilib, oromgoh va tasviriy san’at inshootlariga aylantirildi. Aholiga islomiy ismlar qo’yishlik man qilindi. E. Rahmon o’z nomidan ishchilarga, dehqonlarga ramazon ro’zasini rioya qilmaslik haqida ruxsat “fatvo” berdi. Bundan tashqari may oyida talabalar bilan uchrashgan chog’ida ularni hijobga qarshi qattiq kurashishga da’vat qildi. Bir talaba qizning savoliga javob bera turib, “Sening biror sevgiling bormi, u bilan telefon orqali so’zlashasanmi? Mana bugundan e’tiboran endi xech kim senga sim qoqmaydi, televizorda hama seni ko’rdi, endi mendan hadiksirashadi. To’ying qachon bo’ladi? Sen xijob o’raganlarga qanday munosabat bildirasan?” dedi. Millat kelajagi atalmish yoshlar bilan davlat raisining so’zlashuviga bir qarang. U qiz savolga javob berishga ulgurmasdanoq prezident shoshilib, “To’g’ri qilasan zebo qiz, albatta hijob bizlarga yot bo’lgan libosdir. Hijob o’raganlarning barchasi uquvsiz va nodon kimsalardir “- dedi.
Emomali Rahmon dinini dunyo matosi evaziga sotib yuborib, Yaratuvchisiga qarshi bir zarra hayo qilmasdan urush qilmoqda. Alloh Taolo aytadi:
بَلْ كَذَّبُوا بِالسَّاعَةِ وَأَعْتَدْنَا لِمَنْ كَذَّبَ بِالسَّاعَةِ سَعِيرًا
“Yo’q, ular (Qur’on oyatlariga boqmaydilar, chunki ular qiyomat) soatini yolg’on deganlar. Biz esa u soatni yolg’on degan kimsalar uchun do’zax o’tini tayyorlab qo’ygandirmiz”.
Agarda biz zolimning qo’lidan tutib qolmasak, balo ommaga keladi. Hayot shunday ketaveradigan bo’lsa, bu dunyoda ham, oxirat kunida ham bizlarni sharmandalik kutmoqda.
Munavvara.