Nursulton Nazarboev Qozog’istonning Jahon savdo tashkilotiga qo’shilishi haqidagi bayonnomani imzoladi

551
0

“Kun.uz” saytining xabariga ko’ra, 27 iyulda Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev va Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Roberto Azevedo JSTning Jenevadagi bosh qarorgohida Qozog’istonning JSTga qo’shilishi bo’yicha bayonnomani imzoladilar.

JST Bosh kengashi 27 iyulda o’tgan yig’ilishda Qozog’istonning JSTga qo’shilishi bo’yicha hujjatlar paketini bir ovozdan tasdiqladi. Qozog’iston barcha rasmiyatchilik amalga oshirilgandan keyin 2015 yilning oxirida rasman JSTning 162-a’zosiga aylanadi.

Bayonnoma imzolangandan keyin Azevedo Nazarboevga muzokaralar jarayoni yakunlanganini bildiruvchi “Kazakhstan” yozuvi bo’lgan tablichkani taqdim qildi. Qozog’iston prezidenti ushbu voqeani tarixiy voqea deb aytdi.

O’z navbatida JST bosh direktori Roberto Azevedo 27 iyulni “Qozog’iston va JST uchun tarixiy kun” deb atadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.