Qirg’iziston hukumati AQSh bilan hamkorlik shartnomasini bekor qildi

436
0

15 iyul kuni AQSh davlat departamenti Azimjon Asqarovni “Inson huquqlari himoyachisi” mukofoti bilan taqdirlanishi ortidan Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligi AQShning Bishkekdagi ishonchli vakili Richard Maylsni 17 iyul kuni vazirlikka chaqirib norozlik notasini topshirgan va Qirg’iziston hukumati ham bundan 22 yil avval imzolangan hukumatlararo hamkorlik kelishuvini bir tomonlama ravishda bekor qilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi. 21 iyulga kelib esa Qirg’iziston hukumati matbuot xizmati Bosh vazir Temir Sariev shartnomani shu yilning 20 avgustidan bekor qilish haqidagi qarorga imzo chekkani haqida ma’lum qildi.

1993 yil 19 may kuni Vashingtonda imzolangan hukumatlararo hamkorlik kelishuviga asosan AQSh Qirg’izistonga ekstremizmga qarshi kurash, iqtisodni rivojlantirish, yangi ish o’rinlari tashkil etish, maorif va demokratik taraqqiyot sohalariga moliyaviy ko’mak berib kelgan. AQShning Qirg’izistondagi elchixonasi tarqatgan ma’lumotga ko’ra, mazkur kelishuv asosida ko’rsatilgan yordam miqdori 2 milliard dollarni tashkil qilgan.

Turkiston:

Qirg’iz hukumati AQShga nisbatan, Rossiya yoki Qozog’iston davlatlari olib borgan siyosatlariga o’xshash siyosat qilib ko’rishga harakat olib borayapti. Lekin Qirg’izistonning hozirgi ahvolida, bu qarama qarshi siyosiy qaysarlik, ularga nisbatan og’irroq va kesikinroq kechishi mumkin.

Asosiy muammo Qirg’izistonning hozir to’lay olmaydigan darajada qarzga botib qolganida emas. Hatto, Qirg’iz armiyasi, jismonan va texnikaviy ahvoli hatto qurol yarog’i etishmasligi bilan o’z chegarasini himoya qila olish imkoniyati yo’q ekanida ham emas. Bundan tashqari, Qirg’iz elitasi, Qirg’iziston manfaati uchun biron harakat olib borish u yoqda tursin, qayg’urish kerak ekani haqida hatto fikrlash chegarasidan deyarli chetga chiqib ketdi. Lekin asosiy muammo bu befarqlikda ham emas.

Asosiy muammo, xalqaro siyosatdagi tengsizlik asosida tuzilgan qonun va normalarda. Ular har xil rezolyutsiyalar va inson farovonligi asosida globallashtirilgan va har xil xalqaro tashkilotlar orqali boshqarilib kelinayotgan ustaflar bilan rasmiylashtirilgan. Bu xalqaro qonunlar, siyosiy, iqtisodiy, saqofiy va harbiy tomonlarni o’z nazoratiga olib, ularni kuchli etakchi davlatlar uchun har bir sohani o’ta manfaatli va qulay qilib beradi. Qolgan davlatlarga esa, etakchi davlatlarga bo’lgan itoatlariga ko’ra har xil imkoniyatlar yaratib beradi. Albatta bu mavqe’lar ushbu etakchi davlatlarning hozirdagi xalqaro siyosatda tutib turgan mavqe’ va vaznlariga bog’liq bo’ladi. Masalan Yaponiya, Koreya, Germaniya kabi. Bu davlatlar hozirda iqtisodiy o’ta o’nikkib borishayotganlari, AQShning itoatida va qaramog’ida ekanlaridan. O’rta Osiyo davlatlari va Qozog’iston, Belorusiya, Ukraina… kabi Rossiyaga tobe’ bir qancha davlatlar o’ta nochor ahvolda turishipti. Ular hatto xohlaganlarida ham Rossiyaning changalidan chiqib ketishlari engil kechmaydi.

Qirg’iziston davlati ham, shu nosog’lom xalqaro siyosatning markaziy strotegik maydoni bo’lib qoldi. U hatto o’z tabiiy boyliklari bo’lgan Qumtor va yana bir qancha mulklariga o’z yurtida egalik qila olmayapti. Qirg’iz elitasi bu zaifligini, bir birlariga yoki ilgari Qirg’izistonni boshqarib kelgan bir qator etakchilarga ag’darmoqchi bo’lishadi. Ular hatto muammoning asl mohiyatini tushuna olish darajasida ham emas siyosatchilar bo’lib qolishdi. Chunki kapitalistik tuzum, haqiqiy siyosatchilarni bir chetga uloqtirib yubordi. Asosan boy qatlam egalari siyosat tizginini o’z qo’llariga olishga majbur bo’lishdi. Chunki kapitalistik tuzumda, qashshoq agrar davlatlarda, shaxslar o’z boyliklarini qo’llarida saqlab turishlari o’ta muammoli bo’lib qoladi. Natijada bu mulkdorlar, avval siyosatchilarga suyanib, ular orqali o’zlari hokimiyatga kelib olishadi. So’ng ular haqiqiy siyosatchilarni birin ketin chetga uloqtirib, o’zlari bevosita siyosatchilarga aylanib olishdi. Lekin bu holat, Qirg’iz siyosiy elitasini o’ta zaif va yaroqsiz qilib yubordi.

Endi AQSh, bu elita vakillarini nima qilib yuborishi mumkin deb hamma kutib turipti. Rossiya Qirg’iz hokimiyatini saqlab qolish uchun biror harakat qilib yuborarmikin degan umidlari ham bor. Lekin bu kutish va umid qilish o’ta noto’g’ri pozitsiya bo’lib, bir balodan qutilish uchun boshqa, undan ham yomonrog’iga duch kelib qolishimiz mumkin. Chunki Qirg’iz hukumati Qirg’izistonni bugungi ahvolga olib kelish tarixiga nazar solinsa, doim bir tomonni bosimidan qochib ikkinchi tomonning biz uchun o’ta manfaatsiz va zararli loihalarini qabul qilib olishi oqibatidan ro’y bergan. Bunga Qumtorni kirib kelishi va shuningdek bir qancha strotegik ahamiyatli va iqtisodiy o’ta manfaatli obektlarni arzimas bahoda sotilib ketilishlari, Manas aeroportiga AQShning Gansi aviobazasini olib kiritilishi ham chiqarib yuborilishi ham, shu vaziyatdan foydalanib Qantdagi Rossiyaning aviabazasini o’rnashib olishi ham misol bo’la oladi.

Rossiya Qirg’izistonga yordam bera olmaydi. U hozir o’zini birdamligini va xalqaro siyosatdagi mavqe’ini saqlab qolish yo’llarini ham hali topa olgani yo’q. Uning pozitsiyasi, Qirg’izistonda etakchi guruh bilan ishlayverish. Bu guruh, hozirda hokimiyatda turgan etakchi guruh bo’ladimi yoki unga konstruktiv muxolifot vakillaridan bo’lgan yangi kelayotgan guruh bo’ladimi farqi yo’q. Bu holatni biz, Akaevni Bakiev bilan, uni esa hozirgi Atambaev bilan almashtirib kelayotganidan ko’rip turipmiz. Bu pozitsiya, Qirg’izistonni doimiy hokimiyat uchun kurash olib borilaveradigan buzuq muhitli hudud bo’lishiga olib keladi. Rossiyaning bu pozitsiyasi Ukrainada, Yanukovich va Yushenko o’rtalaridagi bellashuv chog’ida kuzatilgan edi.

Qirg’iziston hokimiyatining muammosi nimada? Avvalo, shaxsiy manfaat va xavfsizliklarini boshqaruvdagi asos qilib olganlarida. Ular ilgariroq (2010 yilda asosan) ko’p xatolarga yo’l qo’yishgan. O’shanda ham huddi hozirdagidek, hokimiyatni o’z qo’llarida saqlab qolish uchun, Rossiyaning nayranglariga rozi bo’lib, o’zbek milliy elitasini hokimiyatga yaqinlashtirmaslik uchun, millatlar aro uchush kelib chiqishiga yo’l berishgan edi. So’ng O’zbek millatiga qarata kuch orgonlari vositasida qattiq ta’ziyq o’tkazish bilan, O’zbek siyosatchilarini deyarli hammasini Qirg’izistondan siqip chiqarishgan edi. Oradan bir necha yillar o’tib, AQSh bu bitib borayotgan yaralarni yana chuqiy boshladi. Chunki u Qirg’iz hukumatining bu ishda qo’li bor ekanini yaxshi biladi. O’z navbatida hukumat vakillari, shaxsiy manfaat va xavfsizliklari yo’lida, Qirg’iz xalqi va davlatchiligi uchun o’ta xavfli va natijasi tiniq bo’lmagan qadamlar tashlay boshladi. Ular quvvatlar teng bo’lmagan kurashga, birinchi bo’lib kirishib olishdi.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.