O’rta Osiyo hukumatlari “kimni” etagini tutmoqchi?

830
0

بسم الله الرحمن الرحيم

O’rta Osiyo hukumatlari “kimni” etagini tutmoqchi?

Parvardigoro, O’zingni dargohingdan quvilgan shaytondan panoh so’rab senga iltijo qilaman! Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan boshlayman. Parvardigoro, bizlarni kofir kimsalar fitnasiga giriftor qilmagin. Sen Hakim va Aziz bo’lgan Zotsan.

Aziz o’quvchi! Bugun siz bilan muhim bir masala yuzasidan suhbatlashishni lozim topdik. Garchi, bu haqda avvalda ham o’z tahliliy maqolalarimizni bayon qilgan bo’lsakda, ba’zi bir nuqtalarga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchimiz. O’rta Osiyo (uchinchi olam) mamlakatlariga o’z xojalari tomonidan chorak asr muqaddam taqdim etilgan “mustaqillik” karvoni hanuz o’z yo’lini topa olmayapti. Buning asl sababi qaerda? Nega shuncha yildan buyon bu mamlakatlar aholisi ikki o’t orasida sarson? Bu davr mobaynida malay hukmdorlarimiz goho AQShga yon bosishsa, goho Yevropa tomon moyilligini bildirmoqda. Va nihoyat bugunga kelib, bu hukmdorlar Rossiya domiga o’zlarini ota boshladilar. Bunchalar sarsongarchiliklar kimlar uchun manfaaatli? Aslida qanday yo’l tutsak, mukammal hayot yo’limizni topgan bo’lar edik?

Mustamlakachi davlatlar o’z qo’l ostidagi davlatchalarni taraqqiy etmasliklari uchun avvalo ularni o’z e’tiqodidan, tarixidan, lug’atidan, an’naviy qadriyatlaridan ayirdilar va bularni yuzaki suvratdagina o’rgatishni xohlaydi. Siz o’quvchiga tushunarli bo’lishi uchun bitta hayotiy misol bilan kifoyalanamiz: yurtimizda o’zini “ideal shaxs” deb hisoblagan kimsadan “demokratiya” nimaligi haqida savol qilsangiz, “oshkoralik”, “erkin saylov”, “shaxs erkinligi”, “so’z erkinligi” jumlalaridan o’zga narsani ifoda qilib bera olmaydi. Demokratiyani manbasi nima, qaysi asrda vujudga kelgan, kim tomonidan asos solingan, dunyo hayotiga echimi qanday, hayotdagi amallar o’lchovi qandayligi haqidagi savollaringiz javobsiz qoladi. Buning natijasi o’laroq, yigirma besh yildan buyon “mustaqil” davlat fuqarolarimiz deb ko’krak kersakda, hamon barcha jabhalarda o’z muammolarimizga echim izlashda g’arbga, aniqroq aytadigan bo’lsak, mustamlakachi hukumatlarga murojat qilmoqdamiz. Vaholanki, er osti boyligimiz bo’lgan tabiiy (gaz, oltin, uran, neft) boyliklarimizni jahon bozoriga olib chiqib sota olmasligimiz, xalqimiz peshona teri bilan etishtirgan paxtamizga kimlardur narx belgilab berishlari, mustamlakachi ta’sirisiz biror korxonaga asos sola olmasligimiz, o’z tillamizni esa yurtimizda saqlay olmay Shveytsariya banklarida saqlashimiz bizlarni kim ekanligimizni belgilab bermoqda. Mustaqillik degan so’zlar tilimizdagina xolos, aslida etakchi mamlakatlarga qaram, mute’, tobe yurt farzandlariga aylanib ulgurganmiz.

Bizlarni ushbu ayanchli ahvolga solgan narsa ajnabiy saqofatga asoslangan, ya’ni din hayotga aralashmasin degan g’arb mafkurasidir. Bugun biz musulmonlar, o’zimiz e’tiqod qiladigan Islom dinini mahkam tuta olmagan, arosat halqlarga aylandik. Shuni alohida ta’kid bilan aytamizki, biz musulmonlarning G’arb bilan ham, Rossiya bilan ham ittifoqchi bo’lishni orzu qilishimiz tafakkurimizni, dunyoqarashimizni yuzaki bo’lib qolganining yaqqol dalilidir. Bizga buyuk kelajakni va’da berayotgan mustamlakachilarning asl maqsadlari esa, bizlarni e’tiqodimizdan chalg’itish, muqaddas dinimiz ta’limotlaridan yiroqlashtirishdan o’zga narsa emas. Ushbu ajnabiy saqofat o’z ta’sirini ko’rsatib, o’zini musulmon hisoblagan butun olamdagi musulmonlar qatori, bizning mintaqa musulmonlarini zehnlaridan ham islomiy siyosat, islomiy iqtisod, islomdagi ijtimoiy hayot kabi Xalifalikni eslatuvchi barcha terminlar ko’tarilib ketdi.

Musulmonlardagi ushbu turg’unlik davridan unumli foydalanishga harakat qilgan g’arb, musulmonlarga o’z nizomlarini singdiribgina qolmay, siyosiy va saqofiy jabhalarda “soxta” inqilob uyushtirdi, hozir ham uyushtirmoqda. Xatto musulmonlar zehniyatiga, bu qoloqliklaringni sababi Islomni mahkam tutganlaring, degan fikrni singdirishga ulgurdi. Ushbu saqofatning natijasida musulmonlar o’zlarining muqaddas e’tiqodiga shubha bilan qaray boshlashdi. Shuning uchun, siyosiymi, iqtisodiymi, ijtimoiymi, qaysi sohada bo’lmasin biror taraqqiyotga erisha olmayapmiz. Aksincha, barcha jabhalarda tubanlashib bormoqdamizki, xatto oddiy tish tozalagichdan tortib, toki egnimizdagi ust boshimizgacha chetdan sotib oladigan bo’lib qoldik, ya’ni importga tobe bo’lib qoldik. Har bir xolis aql egasi bo’lgan inson bu haqiqatlarni inkor eta olmasligi muqarrar. Piravord natija shu bo’ldiki, o’n uch asr butun olamda yagona ummat bo’lgan musulmonlar, mustamlakachi eshigi oldida qarz so’rab, zorlanib turuvchi soillarga aylandik. Mustamlakachilarni hamlasi hanuz to’xtagani yo’q, birini og’zidan qutulsak, ikkinchisi og’zini undanda kattaroq ochib kutib turibdi.

Ushbu voqeliklardan xulosa qilgan holda, sizlarga murojaat qilamiz. Yana azizlikka, farovonlikka, barcha sohalarda etakchi ummatga aylanishingiz uchun sizlarda hali imkoniyat bor. Vaqt esa tobora qisqarib bormoqda, bugun shu imkoniyatdan foydalansangiz yutuq sizniki bo’ladi, aksincha ertaga kech bo’ladi:

Musulmonlikmi yoki nasroniylikmi?

Islom xazoratimi yoki g’arb dunyoqarashimi?

Buyuk kelajak yoki ikki dunyo baxtsizligi?

O’z boyliklarini o’zi tasarruf qiluvchi yagona Buyuk Xalifalik Davlatimi yoki er osti va usti boyliklariga ega bo’la turib, boshi qarzdan chiqmaydigan mustamlakalik?

Ushbularga ko’ra ayta olamizki, sizlar bugun ushbu tanlovlardan birini tanlab, o’n uch asr davomida ajdodlaringiz erishganidek, butun dunyoda aziz va mukarram yagona ummatga aylanasiz yoki farzandlaringizni, xatto nabiralaringizni ham demokratiya niqobidagi mustamlakachiga mute’, boshi qarzdan chiqmaydigan “qoloq” bir ummatga aylantirishga yo’l ochib berasiz! Shuningdek, boshqa son sanoqsiz ishlarda ham, ular bizlardan barcha sohalarda o’zlariga o’xshashligimizni talab qilmoqdalar. Tafakkurimiz, yashash tarzimiz, ko’z qarashlarimizda g’arbdan andoza olishimizni istamoqdalar.

Shu o’rinda, siz aziz musulmon farzandlariga bir savol bilan murojat qilmoqchimiz: Sizlar musulmon yurt farzandlari sifatida zinoni jinoyat deb hisoblaysizmi? Nahotki, ayolingiz, qizingiz, opa singillaringizni behayolik ko’lmaklarida yotishlariga rozi bo’lsangiz? Nahotki, g’arbda keng tarqalayotgan bir jinslilar nikohi atalmish (gomaseksualist) hayvonlar xazar qiluvchi hayotni xohlasangiz? Nahotki, sizlar o’z o’g’lingizni o’zga yigitga turmushga chiqishiga rozi bo’lsangiz? Nahotki, g’arb sizlarga bunday jirkanch hayotni demokratiya niqobi ostida bezab ko’rsatsa, ko’r ko’rona qabul etishni istasangiz? Allohning o’zi saqlasin! Axir sizlar yurt, ummat, insoniyat kelajagi uchun jonlarini fido qilgan, mard, g’ururli, diyonatli zotlarning avlodlarisizku! Sizlar oshiqayotgan Qo’shma shtatlarmi, Yevropami, Rossiya jamiyatlarida bugungi kunda keng tarqalgan zino, bachchavozlik, nikohsiz tug’ilishlar, fohishabozlik savdosi, boyliklar bir hovuch shaxslarni qo’lida jamlanib qolishi, kambag’allikni tobora ortib borishi, qotillik va boshqa jinoyatlar, ko’chaga uloqtirilgan qariyalarni ayanchli qismati, oilalarni buzilishi, maktab yoshidagi qizlarni xomiladorligi, hech qanday axloq normalariga to’g’ri kelmaydigan jinsiy aloqalarni odat tusiga kirib ketayotgani, giyohvandlik… kabi buzg’unchiliklar oddiy hayot qonuniga aylangani sizni befarq qoldirsa? Ushbu aytganlarimiz, siz intilayotgan, balki sizga tatbiq etishga shoshilayotgan g’arb “demokratiya”sidur! Bu erkinliklar g’arbona hayotning asl basharasini namoyon etmoqda. Ular mana shunday hayot tarzlari bilan faxrlanib, sizlarni targ’ib qilmoqdalar.

So’nggi so’zimiz o’rnida, O’rta Osiyo hukmdorlariga shunday demoqchimiz: O’tgan davr mobaynida, dastlab kichik Amerika yasamoqchi bo’ldinglar bo’lmadi, so’ngra Yevropani orzu qildinglar bo’lmadi, va nihoyat bugunga kelib, Rossiyaning qo’g’irchog’iga aylantirib berish vasvasasiga tushib qoldinglar, bosh urib borishdan o’zga choralaring qolmadi. Holbuki, chuqur tarixga, muhim geografik mavqe’ga, xom ashyolaru ishchi kuchlariga, ulkan madaniy merosga ega halqni ajdarlar changaliga tashlab berishga loaqal vijdoningiz qiynalmasa? Nega bu boyliklaru imkoniyatlarni shu xalqning yuksalishiga sarf etmaysiz? Yana bir bor, Allohdan qo’rqishga, yovuzlikdan yuz o’girib, ezgulikka qaytishga da’vat etamiz. Bu bechora halqni qachongacha quruq va’dalar bilan aldaysizlar? Shak shubha yo’qki, dunyo hayoti o’ta qisqa, uning lazzatlari o’tkinchidur, o’lim esa nihoyatda yaqindur, Allohning azobi esa qattiqdur! O’tmishdagi zolim, mustabid hukmdorlarning hayotini bir eslab ko’ringlar. Birortasi dunyoda abadiy qoldimi? Yoki sizlar qolmoqchimisizlar?

Ey O’rta Osiyodagi musulmon aka ukalar, opa singillar! Sizlarni esa ushbu malay hukmdorlarga, ularning targ’ib qilayotgan tashviqotlariga ko’r ko’rona ergashishdan ogoh etamiz.

Alloh Ta’olo bizlarni yahudiy va nasroniylarni do’st tutishdan ogohlantirib, o’z kalomida shunday deydi:

 يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لاَ تَتَّخِذُوا الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى أَوْلِيَاءَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ وَمَنْ يَتَوَلَّهُمْ مِنْكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ إِنَّ اللَّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

“Ey iymon keltirganlar! Yahudiylar va nasroniylar bilan do’st tutinmangiz! (Ularning) ba’zilari ba’zilari bilan do’stdirlar. Sizlardan kimki ular bilan do’st tutinsa, u albatta ulardan (bo’lib qolur). Albatta, Olloh zolimlar qavmini hidoyat sari yo’llamagay“ . [5:51]

Bas shunday ekan, Allohni, Uning Rosulini, mo’minlarni do’st tutinglar! Ogoh bo’linglarki, agar Islomdan yuz o’girsangizlar, barcha narsangizni yo’qotasizlar, shon sharafingizdan, obro’ e’tiboringizdan, kuch qudratingizdan, birligingizdan judo bo’lasizlar.

Alloh sizlarni Islom bilan yuksaltiradi. Uni mahkam ushlanglar, unda sabot bilan turinglar. Ana shundagina azizligingizga qaytasiz. Ogoh bo’linglarki, qandaydir ittifoqlarga kirishga izn so’rab mustamlakachilar eshigi oldida turishinglar xorliklaringni ziyoda qiladi. U ittifoqlarga a’zo bo’lishinglar esa, g’arb andozalarini zimdan qabul qilish demakdur. Sizlar uchun yagona najot va qutqaruv kemasi esa, Buyuk Robbimiz tarafidan yuborilgan muqaddas dinimiz Islomdur!

 أَلَمْ يَأْنِ لِلَّذِينَ آمَنُوا أَنْ تَخْشَعَ قُلُوبُهُمْ لِذِكْرِ اللَّهِ وَمَا نَزَلَ مِنْ الْحَقِّ وَلاَ يَكُونُوا كَالَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِنْ قَبْلُ فَطَالَ عَلَيْهِمْ الْأَمَدُ فَقَسَتْ قُلُوبُهُمْ وَكَثِيرٌ مِنْهُمْ فَاسِقُونَ

– „Iymon keltirgan zotlar uchun dillari Ollohning zikriga va nozil bo’lgan Haq-Qur’onga moyil bo’lish (vaqti) kelmadimi? (Shuningdek ular uchun) ilgari kitob ato etilgan, so’ng (ular bilan payg’ambarlari o’rtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya’ni, yahudiy va nasroniylar) kabi bo’lib qolmaslik (vaqti kelmadimi)? Ulardan (yahudiy va nasroniylardan) ko’plari fosiq-itoatsizdirlar!“. [57:16]

Uni qanchalik mahkam ushlasak, najot topamiz, tiklanamiz, Allohning izni ila azizu mukarram bo’lamiz. Undan qanchalik uzoqlashsak, boshqasiga talpinsak, cho’kamiz, qulaymiz, xor bo’lamiz.

Hizb ut-Tahrirning O’zbekistondagi media ofisi Zayniddin

15.07.2015y.

http://hizb-uzbekistan.info/index.php/yangiliklar/3633-rta-osijo-ukumatlari-kimni-etagini-tutmo-chi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.