«Rudaw TV» Mahmud Qordan intervyu oldi

451
0

Muborak ramazonning ilk jumasida Hizb ut-Tahrir tarafidan dunyoning bir qancha davlatlarida bir vaqtning o’zida kuch-quvvat ahlidan nusrat talab qilib yo’llangan nido butun dunyoni larzaga soldi. Kimdir Hizb ut-Tahrirning bu faoliyatini xolis baholagan bo’lsa, kimdir buzib ko’rsatishga harakat qildi.

Markazi Iroq Kurdistonining poytaxti Erbil shahrida joylashgan va bir qancha tillarda namoyish qilinadigan “Rudaw TV” Hizbut Tahrirning Turkiyadagi matbuot bo’limi raisi Mahmud Qordan shu “nido” va boshqa masalalar bo’yicha intervyu oldi. Quyida ushbu intervyu matnini e’tiboringizga havola qilamiz.

Rudaw TV: Nozik bir paytda qo’lingizda oq-qora tavhid bayroqlari bilan ko’chalarga chiqishingizni biror xos sababi bormi?

Mahmud Qor: Islom dunyosi oxirgi paytlarda O’rta Sharqda “Arab bahori” nomli siyosiy Islomiy qo’zg’alishni boshidan kechirmoqda. Bu esa diktator rejimlar tarafidan musulmon xalqlarga o’tkazilgan zulmlar natijasidir. Qo’zg’olon ba’zi davlatlarda o’z samarasini bermasidan avval G’arb tarafidan demokratik rejimlarga almashtirildi. Bu bilan inqilobdan ko’zlangan maqsad ro’yobga chiqmay turib, to’sib qo’yildi. Bizning bunday bir davrda Xalifalik davlatini tiklash mavzusini ko’tarib chiqishimiz albatta Islom dunyosidagi o’zgarishga aloqasi bor. Chunki diktator rejimlarning ham, demokratik rejimlarning ham Islom ummatiga biror foydasi yo’q.

Rudaw TV: Bundan avval Al-Qoida va IShID ham Xalifalikni e’lon qilgan va shunga chaqirgan edi. Sizning chaqirig’ingiz bilan ularniki o’rtasida qanday farq bor?

Mahmud Qor: Hizb ut-Tahrir 60 yildan buyon siyosiy faoliyat yuritib keladi. Xalifalik davlatini tiklashga da’vat qilar ekan, kurash olib borishda o’ziga xos, shar’iy uslubni tanlab oldi. Hizb ut-Tahrir Xalifalik davlatini tiklash borasida qurolli harakat olib bormaydi. Islom buni rad etganligi uchun Hizb ut-Tahrir ham rad etadi.

Shu bois Al-Qoida va IShIDning faoliyat uslubi bilan Hizb ut-Tahrir faoliyati o’rtasida qarama-qarshi fikrlar mavjud. Ular qurolli kurashni birinchi o’ringa qo’yadi. Hizb ut-Tahrir da’vat qilayotgan Xalifalik davlati bilan IShID bugungi kunda E’lon qilgan Xalifalik davlati o’rtasida er bilan osmonchalik farq bor. Hizb ut-Tahrir global miqyosda ellikta davlatda faoliyat olib borayotgan uyushmadir.

Rudaw TV: Hizb ut-Tahrir IShID e’lon qilgan Xalifalik davlatiga qanday qaraydi?

Mahmud Qor: Hizb ut-Tahrirning amiri ulug’ olim Ato Bin Halil Abu Rashta IShID e’lon qilgan Xalifalik davlatiga aloqador savolga javob berar ekanlar, bu davlat shar’iy jihatdan qaralganda ham sahih emasligini va aqliy jihatdan olganda ham davlat tamoyillariga ega emasligini yoritib berganlar.

Rudaw TV: IShIDning Islom nomidan amalga oshirayotgan qatl qilishlarini Hizb ut-Tahrir qanday izohlaydi?

Mahmud Qor: Juma kuni qilgan nidomizda G’arbdan tashqari Islomga zarar berayotgan ikki guruh haqida so’z yuritdik. Biroq nomlarini keltirmadik. Bulardan biri Islomiy qiyofaga kirib, Islomiy dalillar bilan Islomga emas, demokratiyaga chaqirayotgan va Xalifalikning shar’iy hukm emasligini aytib, musulmonlarni chalg’itishga urinayotgan guruhdir. Shuningdek, IShID e’lon qilgan Xalifalik soyasida amalga oshirilgan ishlar, qatllar, bularning bari Islomga zarar berayotganini va G’arbga yo’l ochib berayotganini ham aytib o’tgan edik.

Shunga ko’ra, ayta olamizki, IShIDning bu ishlari haqiqiy Xalifalik davlatining tiklanishi oldida katta to’siq bo’ldi. IShIDning bugungi kunda musulmonlarga nisbatan qilayotgan ishlari G’arbni yanada kuchaytirmoqda. IShID insonlarni Xalifalikdan qo’rqitdi. Shuning uchun ham IShID e’lon qilgan Xalifalik Islomga foyda keltirishi o’rniga zarar keltirdi deb ayta olamiz.

Rudaw TV: IShID kurdlar bilan jang qilmoqda. Shunga ko’ra u mujohidmi yoki bosqinchimi?

Mahmud Qor: Biz musulmonning musulmonga qarshi jang qilishi harom ekanligini doim aytib kelamiz. IShIDning kurdlar va Peshmergelar bilan jang qilishi G’arbning istagidir. Biz IShIDni bosqinchi deb atab, G’arbning esa haqiqiy basharasidan ko’z yumsak va IShIDni terrorchi guruhga chiqarsak, G’arbning noniga yog’ surtib bergan bo’lamiz. G’arb IShIDdan foydalanib barcha guruhlarga terror tamg’asini yopishtirmoqda.

IShID bosqinchi guruh emas, Uning tarkibida xorijdan kelgan mujohid guruhlar ham bor va shu bilan birga mahalliy mujohidlar ham bor. Biz faqat bu erda IShIDning strotegiyasi, qilayotgan amallari va e’lon qilgan Xalifaligi to’g’ri emasligini aytamiz. Ammo uni bosqinchiga chiqarishimiz xato bo’ladi. IShID suriyada yashab kelgan yoki inqilobni dastaklash uchun xorijdan kelgan mujohidlardan tashkil topgan. Biz bu erda faqat G’arbni bosqinchi deb bilamiz.

Rudaw TV: IShID kimlardan tashkil topgan?

Mahmud Qor: IShID kofirlardan tashkil topgan guruh emas, aksincha musulmonlardan iboratdir. Shu bois IShIDni bosqinchi deb bilmaymiz. IShID bosqinchi bo’lishi uchun kufr davlati bo’lishi kerak bo’ladi. Masalan, Isroil Falastin erlarida bosqinchidir. AQSh Afg’onistonda bosqinchidir. IShID esa bosqinchi emas. Ammo bizdan “IShID Islom nomidan, Ummat nomidan, Xalifalik nomidan jihod olib boryaptimi?”, deb so’rasangiz “yo’q”, deb javob beramiz.

Rudaw TV: Hizb ut-Tahrirni IShIDga yaqin ekani aytiladi, shu rostmi?

Mahmud Qor: Hizb ut-Tahrirning IShIDga yaqinligini aytayotganlar albatta dalil keltirishlari lozim. Biz 1952 yildan buyon Xalifalik davlatini istashligimizni aytib kelamiz. IShID ham Xalifalik davlatini e’lon qilganligini aytmoqda. Shundan foydalanib jamiyatda Hizb ut-Tahrirni IShIDga yaqinligini aytishmoqda. Bu esa uydirmadan o’zga narsa emas. Hizb ut-Tahrirning IShID bilan hech qanday aloqasi yo’q.

Rudaw TV: Davlat tiklansa kim Xalifa bo’ladi?

Mahmud Qor: Xalifa musulmon bo’lishi shartdir. Xalifalik davlati tiklanganda Hizb ut-Tahrirning amiri Xalifalikka o’z nomzodini qo’yishi mumkin. Chunki u kishi bunga eng munosib kishidir. Sababi, Hizb ut-Tahrir 1952 yildan buyon Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilib keladi. Demakki, bu borada katta tajriba va bilimga egadir. Ammo agar Ummat boshqa bir kishini tanlasa, Hizb ut-Tahrir bunga aslo to’siq bo’lmaydi. Kimning Xalifa bo’lishi shu onda bahs qilinadigan mavzu emas.

Rudaw TV: Hizb ut-Tahrir Turkiyada qonuniy partiyaga aylanish haqida o’ylamayaptimi?

Mahmud Qor: Turkiyada partiyalarga oid qonunlar Islomiy tushunchadagi partiyalarning tashkil qilinishiga to’sqinlik qiladi. Biror partiya tashkil qilinsa, demokratik va mu’tadillik doirasida faoliyat olib borishi lozim. Hizb ut-Tahrir esa mo”tadillik va demokratiyaning kufrligini aytib keladi. Turkiyadagi partiyalar qonuni o’zgarmas ekan, biz qonuniy partiyaga aylana olmaymiz.

Rudaw TV: Kurdlarning mustaqil davlati bo’lishiga qanday qaraysiz?

Mahmud Qor: Islom olami 1924 yilda Xalifalik davlati qulagandan so’ng ellikdan ortiq davlatchalarga bo’lib tashlandi. Turklarga bir davlat berildi, arablar o’ndan ortiq parchaga bo’lib tashlandi. Kurdlarga esa biror er berilmadi. Buning sababini biz shunday tushunamiz; Xalifalik qulatilgandan so’ng eng kuchli qarshilik ko’rsatgan xalq Kurd xalqi bo’ldi. Shayx Sa’d Qiyomiy buning yorqin dalilidir. Bugun kurdlarning alohida bir davalati bo’lishi Islom olami jihatidan qaralganda hech narsani ifoda qilmaydi. Biz bu ma’noda Islomdan kelib chiqqan quyidagi tushunchaga egamiz; Kurdlarning ham bir davlati bo’lsin, emas, balki butun Islom ummatining yagona bir davlati bo’lsin. Ularni himoya qiladigan yagona Xalifasi bo’lsin. Biz kurd davlatining qurilishiga mana shunday qaraymiz. Barzoniy mustaqil Kurdiston davlatini e’lon qilsa, Islom ummatining tuproqlari yana bittaga bo’lingan bo’ladi xolos.

Manba rudaw.net

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.