Asad butun olamni terror (Islom) xavfidan ogohlantirdi

485
0

AQSh bosh shtab boshqarmasining rahbari general Martin Dempsi Suriyada kechayotgan jangda Bashar Asad armiyasi kuchsizlanib qolganligini va bundan buyon hujumdan himoyaga o’tishga majbur bo’layotganligini bildirdi. Dempsi bu haqida AQShning O’rta Sharqdagi strotegiyasi borasida tashkil qilingan vakillar palatasi yig’ilishida ma’lum qildi. Unga ko’ra, shu onda Asad uchun eng yaxshi yo’l hokimiyatni mo”tadil (demokratiyani yoqlovchi) muxolifatga topshirishdir.

Mazkur yig’ilishda nutq so’zlagan AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Suriyada Asadning zayiflashib qolganligi haqidagi xabarlar mavjudligini tilga olar ekan, Suriyada yangi hukumat tashkil qilish istagi borligini bildirdi. Karterga ko’ra, yangi hukumat tarkibida Asadga o’rin berilmaydi va bu imkoniyat doirasidagi ishdir.

“Buning imkoniyati bor. Chunki Asad kuchlari ancha zayiflashib qoldi. Katta yo’qotishlarni boshdan kechirmoqda. Zaxiralari ham tugab boryapti”, dedi AQSh mudofaa vaziri.

Suriyada esa Bashar Asad BMTning Suriya masalasi bo’yicha xos vakili bilan uchrashuvi chog’ida butun dunyoni “Terror” (Islom) xavfidan ogoh bo’lishga chaqirdi.

“Xavfsizlikka va barqarorlikka nisbatan “Terror” (Islom) tug’dirayotgan xatardan butun dunyo ogoh bo’lishi lozim. “Terrorist”larni (Mujohidlarni) qo’llab quvvatlayotganlarga qarshi pozitsiyani egallamoq zarur”, dedi Asad Suriyaning rasmiy telekanali orqali bergan bayonotida.

Ayni paytda Damashq g’arbida joylashgan Kuneytra mintaqasida Asad kuchlariga qarshi jang olib borayotgan etti muxolif guruh birlashganligi xabar qilinmoqda. Jabhatun Nusra, Ahrorush Shom va Shom shahidlari kabi mashhur jamoalar ham ushbu guruh safidan o’rin olgan.

Bundan avval Jabhatun Nusra jamoasi bayonot tarqatib, Idlibni Asadning qo’lidan tortib olgan Fath guruhi kabi bir guruh tashkil qilishga chaqirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.