Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati muborak Ramazon oyining ilk juma kunida “Buyuk Ummat yurishi” tashkil qilinishini e’lon qildi. Bu e’lon Hizb ut-Tahrirning rasmiy saytlarida ham yozma bayonot shaklda keng tarqatildi.
Yozma bayonotda Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati Ramazoni sharifning ilk juma kuni, ya’ni 19.06.2015 sanasida butun Islom ummati yagona Ummat ekanligini nomoyon qilish uchun barcha musulmonlarni Istambulda tashkil qilinadigan “Buyuk Ummat yurishi”ga da’vat qiladi. Maqsad millatimiz, irqimiz, rangimiz, tilimiz, qaysi mazhabga aloqadorligimiz va qaysi “davlat” fukorosi ekanligimizdan kat’iy nazar yagona Ummat ekanligimizni yodga solishdir.
Juma namozidan so’ng Istambuldagi Fotih jome masjididan boshlangan yurish Sarachxona xiyoboniga qadar davom etadi. Sarachxona xiyobonida esa rasmiy bayonotlar o’qib eshittiriladi va musulmonlarga qaynoq nidolar yo’llanadi.
Islomiy o’lkalarda tinimsiz davom etib kelayotgan zulmlar, tajovuzlar, g’oyriinsoniy qiynoqlar, qirg’inlar hamda qatliomlarga butun dunyo guvoh bo’lib turipti. Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati Xalifalik davlatini tiklash bilan bu nohaqliklarga chek qo’yish va Islom ummati yana qaytadan avvalgi azizligiga erishishi uchun har bir musulmonni o’z hissasini qo’shishga chaqiradi.