Bangladesh politsiyasi Chittagong shahrida Hizb ut-Tahrirning uch a’zosini kiyinish tarzini bahona qilib qamoqqa oldi.
“The Daily Star” gazetasi tarqatgan xabarga ko’ra, Chittagong universitetining muhandislik va texnologiya bo’limi talabasi 25 yoshli Ishoq Husayn, davlat tijorat kolleji talabasi 22 yoshli Abduljavod va 25 yoshli Ahsan Ali Riyoz davlat politsiyasi tarafidan Hizb ut-Tahrir uyushmasiga a’zolikda ayblanib qamoqqa olingan. Politsiyaning da’vo qilishicha, yigitlar Chittagong veterinar va hayvonot bilimlari universitetida davlatga qarshi namoyishlar o’tkazayotgan paytda qo’lga olingan.
Tergov jarayonida o’zlarining Hizb ut-Tahrirga mansubligini tan olgan shaxslarga nisbatan “terror aktlariga ishtirok etishlik” aybi bilan da’vo ochiladi.
Bangladesh huquqni muhofaza qilish organlari tarafidan xorijiy va mahalliy matbuot ko’z o’ngida bu uch musulmon yigitning “Terrorchi” jinoyatchilar sifatida namoyish qilinishi musulmon jamoatchilikning noroziligiga sabab bo’ldi. Bangladeshning mashhur yozuvchilari o’zlarining tvitter sahifasida bergan bayonotlarida mazkur ko’rinishni va yigitlar sha’nining erga urilishini qattiq tanqid ostiga olishdi.
Bangladeshdagi Hizb ut-Tahrir matbuot bo’limining bayonotida ta’kidlanishicha, hukumatning Hizb ut-Tahrirga qarshi bunday choralari, ya’ni uni ta’qiqlashi, repressiya qilishi, unga qarshi turli tuhmat va uydirmalar uyushtirishi Hizb ut-Tahrir faoliyatini mutlaqo to’xtata olmayapti, balki Hizb faoliyatining kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Bayonotga ko’ra, ayni damda Hizb ut-Tahrir olib borayotgan fikriy va siyosiy faoliyatlar Bangladesh jamiyatining barcha qatlamlarida kuchli qo’llab-quvvatlovga sazovor bo’lmoqda.