Suriya hukumati Moskvada yana uchrashuv o’tkazish istagini bildirdi

412
0

Suriya hukumati besh yildan buyon davom etib kelayotgan inqirozga siyosiy echim topish uchun Moskvada o’tkazilgan muzokaralarning yangi bir turini o’tkazishi istagida ekanligini bildirdi. Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riad Haddod “Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida Suriyadagi muxolif guruhlar Ostonada o’tkazgan uchrashuvlardan ijobiy natija kutilmayotganligini aytib o’tdi. Haddodga ko’ra, ularning bu uchrashuvlari ham avval Istambul va Misrda o’tkazilgan uchrashuvlaridan hech qanday farq qilmaydi.

Ostonada o’tkazilgan uchrashuv faqat muxolif guruhlar o’rtasida o’tkazilganligini va bu muzokaralarda juda ko’p guruhlardan vakillar ishtirok etmaganligini aytib o’tgan Haddod Moskvada yana bir bor uchrashuv o’tkazish uchun harakat bo’layotganini bildirdi.

“Moskvada uchinchi bor yig’ilish tashkil qila olishimiz uchun harakat olib bormoqdamiz. Zero bu gal uchrashuvlar davlatimiz uchun foydali bo’lishiga ishonamiz”, dedi Haddod.

Suriya elchisi Moskva uchrashuvining uchunchi turini kechiktirmay, tezroq amalga oshirish istagida ekanliklarini ham qo’shimcha qildi. Suriya hukumati va muxolifat vakillari yanvar va aprel oylarida Moskvada ikki marta muzokara stoliga o’tirishgan va taraflar 10 moddali hujjat ustida muhokama olib borishgan edi. Biroq Jenevada bo’lgani kabi Moskva uchrashuvlaridan ham biror natijaga erishilgani qayd etilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.