Ruxsatsiz Islomga da’vat qilish ta’qiqlandi

987
0

Qirg’izistonning ba’zi mintaqalarida Islomga da’vat qilish uchun davlat tarafidan rasman ruxsat olinishi shart qilib qo’yilgani aytilmoqda. Mamlakat shimolidagi dam olish maskani hisoblangan Issiq-Ko’l oromgohi atrofidagi qishloqlarda ruxsatsiz dinga da’vat qilish ta’qiqlab qo’yildi.

Mahalliy matbuotning xabar qilishicha, bu qaror Qirg’iziston hukumatining mahalliy vakillari tarafidan chiqarilgan.

“Dam olish maskani hisoblangan Issiq-Ko’l oromgohi atrofidagi qishloqlarda ruxsatsiz dinga da’vat qilish va va’z-nasihat ishlarini olib borish ta’qiqlandi. Diniy ta’lim tarbiya va Islomga da’vat qilish ishlari viloyat imom xatiblari tarafidan olib boriladi”, deyiladi xabarda.

Viloyatlardagi mahalliy hokimlarga va qishloq kengashi rahbarlariga da’vatchilarning ziyoratini ta’qiqlash uchun qaror qabul qilish haqida Qirg’iziston davlat mas’ullari tarafidan buyruq berilganligi ham aytilmoqda. Hukumat vakillarining bu ishlari diniy sohalardagi xavf xatarlarning oldini olish uchun amalga oshirilayotgani bilan izohlanmoqda.

Qirg’izistonda va O’rta Osiyoning boshqa “mustaqil” davlatlarida Hizb ut-Tahrir uyushmasining a’zolari musulmon aholini Islomga faol tarzda da’vat qilib kelayotgani hech kimga sir emas. Shuningdek, Qirg’izistonda Tablig’ jamoasining vakillari ham o’z faoliyatlarini yurgizib kelishadi.

Turkiston:

Qirg’izistonning ba’zi mintaqalari, xossatan Issiq ko’l viloyati uchun yuqoridagi alohida Islom diniga da’vat qilishga nisbatan qo’yilayotgan ta’qiqning, ikki xil talqin qilish mumkin.

Birinchisi: – Qozog’iston kabi, fuqorolari Issiq ko’l atrofida dam olish uchun keladigan sayyohlarning asosiy qismini tuzuvchi davlat hukumati tomonidan Qirg’iz hukumatiga berayotgan bosimi natijasida ushbu qonun qabul qilindi. Albatta O’zbekiston hamda Rossiyaning ham bu qonun qabul qilinishida manfaati yo’q deb bo’lmaydi.

Ikkinchisi: – Rossiya bir necha yil avval shu kabi, o’zidagi har bir federativ bo’laklari uchun alohida bir biriga qarama qarshi yoki mintaqa uchun maxsus qonunlar qabul qilish haqida dastur qabul qilgan edi. U bu qonunni, Rossiyaning tashkil etuvchi federatsiyalarining bo’laklarida istiqomat qiluvchi fuqorolarining milliy, etnik, diniy va irqiy xilma xilligi sababidan qabul qilgan edi.

Qirg’iziston ham bu qonunni qabul qilib, amalda muvoffaqiyatli ijro eta olsa. Xuddi Rossiya singari, diniy urf odatlar milliy urflar bilan uyg’unlashib, iymoniy muhit kuchli bo’lgan mintaqalar uchun alohida, aksincha kufr mafkuralari ustunlik qilib turgan mintaqalar uchun boshqacharoq qonunlar ishlab chiqa boshlaydi. Bu dastur, Rossiyani parchalanib ketish ehtimolini oldini olish uchun xizmat qiladi. Chunki Rossiya ulkan davlat bo’lib, Moskvadan qabul qilinayotgan qonunlar, butun Rossiya uchun umumiy bo’lsa, kufr ustivor bo’lgan mintaqalarga to’g’ri kelib, islomiy muhit kuchli bo’lgan aksariyati Musulmonlar istiqomat qiluvchi mintaqalarda norozilik ruhini paydo qilishi mumkin. Yoki xuddi shuning aksi, Musulmonlarni rozi qilishi mumkin bo’lgan qonunlar, kufr e’tiqodlaridagi fuqorolarni norozi qilishi mumkin.

Qirg’iziston davlati uchun esa ushbu qonun faqat Musulmonlarning nafratini tirnash uchun xizmat qiladi. Chunki Qirg’iziston islomiy yurt bo’lib, uning xalqining asosini Musulmonlar tashkil etadi. Qirg’izistonni asosan ikki mintalitet asosida shakllanib qolgan, shimoliy va janubiy qismga bo’lib qarash mumkin. Yuqoridagi kabi islamafobiyaga asoslanuvchi qonunlar, yurtni milliy, diniy va mintaqaviy bo’linishiga olib borishi mumkin. Har bir mintaqaga alohida qonunlar ishlab chiqilishi, boshqa qismida yashovchi aholi uchun o’zini kamsitilgan his qilishiga yoki aksincha o’sha qonun qabul qilingan mintaqa fuqorolari o’zlarini kamsitilgan his qilishlari bilan, katta noroziliklarga sabab bo’lishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.