Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaevning mamlakat janubiga qilgan ishchi tashrifi chog’idagi aholi bilan bo’lgan barcha uchrashuvlari jurnalistlar ishtirokisiz, yashirin tarzda o’tdi.
Mamlakat rahbarining janubga qilgan ishchi tashrifi 25 may kuni kechga yaqin boshlandi. O’shga etib kelgan Atambaev darhol ko’chkidan zarar ko’rgan Jalolobod viloyatining Qirjo’l qishlog’iga yo’l oldi. Atambaevning bu uchrashuvi u bilan Bishkekdan birga kelgan jurnalistlar ishtirokisiz o’tdi.
Prezident matbuot xizmati bu uchrashuvda jurnalistlar qatnashmagani sababini Qirjolda halok bo’lgan va jarohat olganlarning qarindosh-urug’larini “asablarini buzmaslik” bilan izohlagan bo’lsa, keyingi ikki uchrashuv nima sababdan yashirin o’tganini to’g’risida ma’lumot bermadi.
Ertasi kuni, ya’ni 26 mayda Atambaev Jalolobod viloyati faollari bilan uchrashdi va bu uchrashuv ham jurnalistlar ishtirokisiz o’tdi. Prezident matbuot xizmati yoki tashkilotchilar tomonidan hech qanday izoh berilmadi. OAVlariga faqatgina Ko’kyong’oqdagi harbiy qism ochilish marosimida ishtirok etishga ruxsat berildi.
Davlat rahbarining 27 may kuni O’sh viloyati faollari bilan bo’lgan uchrashuviga ham jurnalistlar qo’yilmadi. Bu esa o’z navbatida nafaqat Bishkekdan kelgan jurnalistlarda, balki mahalliy OAVlari xodimlarida ham turli xil norozilik va savollarni paydo qildi.
Davlat rahbari yoki yuqori lavozimli davlat amaldorlarining mintaqalarga uyushtiradigan safaridan ozmi-ko’pmi xabardor bo’lgan har qanday kishiga ma’lumki, ularning mahalliy faollar bilan bo’ladigan uchrashuvlariga faqat hukumatga tarafdor bo’lgan va tanlab olingan shasxlargina kiritiladi. Shunday ekan, nima uchun Atambaev mahalliy faollar bilan matbuot va keng jamotchilikdan sir tutilgan holda uchrashganligi tushinarsiz bo’lib qolmoqda.
Prezidentning matbuot xizmati esa, etarlicha ma’lumotlarni o’z ichiga olmagan xabarlar berish bilangina cheklandi.
Turkiston:
Hozirgi vaqtda, nafaqat prizident, barcha siyosiy elita vakillari, o’zlari egallab turgan vazifalari taqozosiga ko’ra bajarishlari lozim bo’lgan ishlar haqida deyarli o’ylamay qo’yishdi. Ular, biror ishni amalga oshirish bilan, shu ishni saylovoldi siyosiy piyar qilib ko’tarish haqida fikrlashayapti.
Prizidentning o’z xalqi bilan uchrashmay jo’nab ketishi, hatto xalqni matbuot orqali bo’lsa ham uchrashuv maqsad va natijalari haqida ogohlantirmagani, xalq va janubiy siyosiy elitaning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular bu holatni o’zlaricha har xil talqin qila boshlashdi.
Prizidentning yoki SDPK partiyasining bu echimi, siyosiy xato bo’ldi. Odamlar prizident kayf holatidan chiqa olmagan, shuning uchun xalq va matbuot bilan uchrashishdan bosh tortdi deyish moqda.
Aslida Prizident, xalq oldida o’zi uchun yoki partiyasi uchun biror obruy keltira oladigan ish harakatlari bo’lmaganligi va kelajakda ham natijali biror maqtanishi mumkin bo’lgan reja va tadbirlarining yo’q ekanligidan, uchrashmay malomatda qolishini o’zi uchun va kelajakdagi saylovda partiyasi uchun manfaatliroq deb bildi. Bularning qonuni bo’yicha proizident hech qanday partiya a’zosi bo’lishi va biror partiya uchun da’vat ishlari olib borishi yoki yon bosishi mumkin emas. Lekin Qirg’iz etakchi mulozimlarining deyarli barchasi, o’z lavozimlarini suiste’mol qilib, hozirdan zimdan saylovoldi ish harakatlarini boshlab yuborishdi.