Falastinlik bolalar “Rosululloh s.a.v.ning bayroqlariga ha, mustamlakachilar bayroqlariga yo’q” nomli shou tashkil qilishdi. Musulmonlarga Xalifalik davlati qulatilganligini eslatib qo’yish uchun uyushtirilgan shoular butun diqqat e’tiborni o’ziga jalb qildi. Yetti yoshdan o’n besh yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil qilgan shoularda tuyg’ularni jumbushga keltiradigan Islomiy nashidalar o’qildi. Musulmonlar zulmatdan qutilishi uchun yagona yo’l Xalifalik ekanligi va buning uchun har bir musulmon kuchi etganicha harakat qilishi zarurligiga doir qisqa-qisqa eslatmalar taqdim qilindi.
Bolalar shoularini namoyish qilishar ekan, vaqti-vaqti bilan “Islom Ummati Xalifalikni istaydi”, “Allohim! Sendan boshqa yordamchimiz yo’q”, “Labbayka, labbayka yo Alloh” shiorlari yangrab turdi.
Suriyalik mazlum bolalar ham aslo unutilmasligini namoyish qilgan shou ortidan kofirlar Xalifalik davlatini qulatgandan so’ng ummatning o’rtasida chizib qo’ygan chegaralarni namoyon qilgan xaritalar shakli tarix axlat kutisiga uloqtirildi.
Eng diqqatga sazovar tarafi shu bo’ldiki, bu shoularni uyushtirish ishlari to’lig’icha bolalar tarafidan tashkillashtirildi.