Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot orqali “radikalizm”ga (ya’ni Islomga) da’vat qilganlarga nisbatan katta miqdorda jarima solish jazosini o’z ichiga olgan qonunni tasdiqladi.
Rossiyaning barcha rasmiy axborot agentliklari Vladimir Putinning matbuot orqali “terrorizm” va “ekstrimizm” tarqatilishiga qarshi jazo chorasini kuchaytirgani haqida xabarlarni e’lon qilishdi. Bu qonun Rossiya davlat dumasi tarafidan shu yilning aprel oyi oxirida qabul qilingan edi.
Mazkur qonunga ko’ra, ekstrimizmga oid xabar yoki materiallarni tayyorlagan va matbuot vositalari orqali tarqatgan kishilardan katta miqdorda jarima undirib olinadi.
Bu qonunning avvalgi ko’rinishi bo’yicha yuqorida aytilgan jinoyat uchun 100 ming rublgacha jarima solinar edi. Yangi qonunga ko’ra bu jarimaning miqdori ancha orttirildi. Masalan bu jinoyat bilan ayblangan yuridik shaxslar 100 ming rubrdan bir million rublga qadar jarima to’laydilar. Jinoyat yo’lida ishlatilgan deya topilgan ashyolar va mol-mulklar ham musodara qilinadi.
Islomning rivojlanishiga qarshi bunday repressiv kayfiyatda ish tutilishining sababi Rossiya rejimining Islomdan qo’rqayotganidir. Rossiya hukumati bu hatti harakati bilan Rossiyada Islomning ta’sirini kamaytirishga urinyapti. Shu bois biz Rossiya federal kuchlarining musulmon faollariga qarshi turli tuhmatlar to’qib chiqarib, har xil bahonalar va soxta ayblovlar bilan ular ustidan jinoiy ishlar qo’zg’ashayotganiga guvoh bo’lyapmiz. Har yili turli uslublar orqali qonun moddalarini yana ham og’irrog’iga almashtirishyapti.
Kuzatuvchilarga ko’ra, rus hukumati mamlakatning turli mintaqalarida Islomga qarshi dushmanlik bilan repressiv siyosat olib borayotganiga qaramasdan, Islom yana-da rivojlanayotgani va musulmonlar ham faollashayotgani kuzatilmoqda.