بسم الله الرحمن الرحيم
NEGA RAHBAR TANLAShDA ADAShYAPMIZ (2)
Mavzuga yana bir misol qilib “yaqin kelajakda, O’rta Osiyoda katta xatar bor” degan fikrni olaylik. Bu fikr bir tomondan to’g’ri, bu fikrga men ham qo’shilaman. Faqat biz o’zligimizni tanimasdan, kun o’tsa xisob qabilida yashashni davom ettirsak, to’g’ri, hozirgi qiyin ahvolimizdanda battarroq xavf bo’lishi mumkin. Lekin o’zligimizni tanisak va ahvolni o’nglash uchun ko’pchilik bo’lib harakat qilsak bunday xavf bo’lishi mumkin emas, uni oldini olsa bo’ladi. Endi buni dalillab berishimga to’g’ri keladi. Chunki fikrni o’zgalar qabul qilishi yoki unga jiddiy e’tibor berilishi uchun aytilganda, dalilsiz quruqdan-quruq ra’yning o’zini berish kifoya qilmaydi, balki bu ra’yni eshituvchi uni to’g’ri dalil bilan tushunib etishi ham albatta zarur bo’ladi.
Bizning o’lkalar, mustamlakachi mamlakatlar ko’z tikkan, hozirda Rossiya va AQSh o’rtasida talash bo’lgan joy. Bu talashishning sabablari haqida qisqacha to’htaladitan bo’lsak, avvalgi SSSR tarkibidagi o’lkalarga o’z mulkidek qarayotgan Rossiya, sharqiy Yovtopadagi manfaatlari kabi bizdagi manfaatlaridan ham asta-sekin mahrum bo’layotganidan ularni saqlab qolishga, xususan, shol bo’lib qolgan iqtisodini yangidan tikkalashga va xalqaro siyosatdagi mavqe’ini yana qaytarishga jiddiy xarakatda. AQSh esa, birin ketin bu erlarga o’rnashib, o’z manfaatlariga ega bo’lyapdi, ayniqsa, O’zbekistonga yaxshigina o’rnashib, 2001chi yildagi “11 sentyabr” voqeasini ro’kach qilib, Qirg’izistonga kirib olgani, Rossiyani tinchini buzgan bo’lsa-da, lekin AQSh bu o’lkalarni osonlikcha tark qilmaydi, chunki dunyo etakchiligini da’vo qilayotgan AQSh uchun markaziy Osiyoda o’z nufuzini musahkamlashda va Sharkiy Osiyoga siyosiy ta’sir o’tkazishda, ayniqsa, Xitoyni o’ziga tobe qilish uchun Qirg’iziston juda katta strategik ahamiyatga ega. Bu erda qolish maqsadida vaqtincha, Xitoyga ham ba’zi o’rinlarda yon bosishi mumkin, O’zbekistonni u bilan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirishiga rag’batlantirishi, uchuvchisiz samalyotlarni sotib olishiga imkoniyat berishi Xitoyga sovg’a sifatida bo’lib, Rossiya siyosatidagi imkonyatlarini kamaytirganini misol qilish mumkin, ya’ni AQShdan manfaat ko’rayotgani sababli Xitoyga, tutun qaytarishidan qo’rqib Rossiya jiddiy bosim qilolmaydi.
Rossiya dunyo taqsimotidagi o’zining o’ljasi sifatida qarayotgan bu o’lkalarni saqlab qolish uchun va dunyo etekchiligida yakka hokimlikni da’vo qilayotgan AQSh bu erlarni tark kilmasligi uchun qanday yo’l tutishi mumkin? Xalqga tayanadimi? Yo’q, xalq Rossiyaga ham, AQShga ham qul bo’lishni, ya’ni ularning mustamlakasida bo’lishni hoxlamaydi. Demak, ular bizdagi o’z malaylariga tayanadi. Malaylarini moddiy manfaatlar bilan rag’batlantiradi, aks holda xalqni ularga qarshi qo’zg’ash bilan qo’rqitadi. Xalqni ularga qarshi qo’zg’ash uchun bizdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat juda qo’l keladi, ya’ni kun o’tkazishga qiynalayotgan omma xalqni ozgina moddiy rag’batlantirish bilan hokimiyat almashishini amalga oshirishi mumkin. Aqaevni hokimiyatdan ketishida Rossiyaning maqsadini amalga oshirish uchun AQShning nufuzini chiqarib yuborishda qiynaldi. Bunga xarakat bo’layotgani sezgan AQSh Aqaevni qo’rqitib qo’yish, qo’rqmasa o’zga malay hukumatni tashkil kelish maqsadida unga qarshi o’z malaylarini ishga sola boshladi, ya’ni 2005 yilning boshlarida AQSh hokimiyatga qarshi qo’zg’agan xalqni Rossiya, “malaylik”ni zimmasiga olgan Bakiev orqali tezlatib, hukumatni almashtirganligini misol qilish mumkin. Lekin, qonuniy yul bilan ko’zlangan maqsadga olib borishiga aqllari etmasa, ikkinchi yo’lni, ya’ni ichki to’qnashuvlarni paydo qilish bilan rejalarini amalga oshiradi. Xalqning ongsizligidan foydalanib, ichki urishlarni qilib bo’lsa ham rejalarini amalga oshirishga xarakat qilishishadi. Bu rejalarini ro’yobga chiqishida bizni haqiqiy o’g’lonlarimiz qurbon bo’lishlarini, tinchligimiz yo’qolib, hayotimiz izdan chiqishi ularni qiziqtirmaydi. 2010 yili ham, AQShga moil bo’layotgan amerikaparastlarni, xossatan, o’z o’g’li Maksim Bakievning xarakatlarini to’htata olmagan Q. Bakievni hokimiyatdan ketkazib, Rossiya o’z rejalari sari yo’naltirish uchun vaqtinchalik hukumatni qo’llash maqsadida va O’zbekistonga bosim o’tkazish uchun millatchilik nizosini chiqardi. Buni malaylari vositasida amalga oshirdi. Avval, Inom va Qodirlar yolg’on va’dalarga ishonib, xiyonat asosida, o’zbeklarni qo’zg’adi, keyin malay xoinlar orqali qirg’izlarni tuyg’ularga qattiq ta’sir qiladigan vidiotasmalar etarli bo’ldi. Sodda xalqni qo’zg’ashlik uchun ozgina provokattsiya kifoya. Natijada minglagan begunoh insonlarning qo’rbon bo’lishi, hayotning izdan chiqishi va hokazo. Bu bilan Rossiya, janubda qora ruyhatga tushgan Bakievga moil bo’lganlarni millatchilik balosi bilan mashg’ul qilgan bo’lsa, shimolda esa, o’ziga tobe bo’lgan malay hukumatini o’rnatdi….
1990chi yillarda ham Rossiya millatchilikni qo’zg’aganda huddi shu qiyinchiliklarga katta yoshdagilarimiz guvoh bo’lishgan. Unda, SSSR tarqalishi oqibatida o’zlaricha mustaqil bo’lib qoldik deb gumon qilgan O’rta Osiyo xalqlarida beshta respublikani birlashtirgan “Turkiston” davlatini tashkil qilish to’g’risidagi fikr hammaga o’z tasirini kursatayotgan edi. Sababi, har biri o’zini-o’zi mustaqil boshqarishga cho’chigan xalq etakchilariga shu fikr ma’qul bo’lgan, chunki bug’doy, pahta, chorva, poliz ekinzorlari, gaz, va tilla konlariga ega bo’lgan bu teretoriyadagi yangi davlat xaqiqiy mustaqillikka etishi mumkin, hatto SSSRning o’sha kunlari 8% qurol-aslahasi meros bo’lib qolgan Qozog’istonni ham borligini xisobga olinsa, bu davlat na faqat mustaqil, balki etakchi davlatlar qatoridan o’rin egallashi ham mumkin edi. Bu fikr, Rossiyaga ham va boshqa mustamlakachi davlatlarga ham yoqmaydi. Shuning uchun Rossiya, unda ham, bu fikrni parchalab tashlash maqsadida millatchilikdan foydalangan. O’shdan boshlanib, Qirg’izistonning janubiy mintaqalarida rivojlantirdi. Shimol tomonda marhum Chingiz Aytmatov va Janubda T. Arabboy va K. Sodiqqori kabi ba’zi nufuzli etakchilarning ta’siri bilan bu nizolarning keskinligi bir oz pasaygan bo’lsada, asosiy maydon O’zgen bo’lgan edi. “O’shdagi student qizlarning or-nomasiga o’zbeklar tomonidan tajovuz bo’layapdi” degan provakatsiya, asosan O’zgen va Savet rayonlarida juda kuchlik bo’lgan. Rejalashtirilgan kunda, atrofdan provaottsiyaga ishonib, o’z or-nomuslari bo’lgan qizlarini himoya qilish uchun yig’ilgan olamonni Mirza aka markazida nasha qo’shib tayorlangan osh va insonni vahshiy qiladigan himikatlar qo’shib tayorlangan mahsus ichimliklar bilan ko’zini qonga to’ldirdirilgan va noma’lum shaxslar tomonidan vertalyotlarda tarqatilgan qurollar bilan taminlangan otliqlarni O’zgan shahriga safarbar qilingan. Maqsad, bu olamon shunday vahshiyliklar qilsinki, to bundan keyin bu halqlar o’rtasida birlashgan kuchli davlat qilish to’g’risidagi fikr umuman ko’tarilmasin. Bu rejani tarmog’i sifatida Qozog’istonning Toshkent oblastiga chegaradosh joylarida “o’zbek-qozoq” va Dushanbeda “o’zbek-tojik” nizolarini chiqargan. Lekin, Dushanbedagi ishlari rejadagidek bo’lmay, o’zbek-tojik birlashib, ruslarga qarshi yurishga aylanib ketganda, uni tezda to’htatishdi…
“G’arbiy lager”dagi etakchi davlatlarni O’rtaOsiyoga kirib kelishini tuhtatishda ham Rossiya millatchilikdan foydlangan, chunki endigina Rossiyadan qutilganini “mustaqillik” deb nishonlayotgan xalqqa AQShning kirib kelishi ma’qul emas edi. Shuning uchun O’zbekistonga kirib kelish uchun AQSh Turkiyani ishga soldi, ya’ni kun sayin o’zaro aloqalar kuchayib bordi. Turiya vositasida AQShning kirib kelishi Rossiyaga yoqmadi va O’zbekistondagi mesxet turklar bilan o’zbeklar o’rtasida “o’zbek-turk” milliy nizosini chiqardi. Natijada qanchadan-qancha begunoh insonlarni o’lishi, ikki xalqning qiynalishi, ayniqsa, quvg’inga uchragan turklarni sarson-sargardon bo’lishi va hokazo. Nizodan keyin “yosh mustaqil bo’lgan O’zbekistonga yordam” degan bayroq bilan rivojlanayotgan Turkiyaning aloqalari to’htatildi, hukumatiga nisbatan ichki norozichiliklar avjiga chiqishidan qo’rqan Turkiya bu aloqalarini to’htatishga majbur edi. Rossiyaning maqsadi, AQShga “bu mening o’ljam, undan qo’lingni tort” deb qo’yish va yoshlarining shaharlarga ketib qolishidan bo’shab qolayotgan qishloqlarini mesxet turklardan iborat ishchi kuchi bilan ta’minlash edi. Natijada Rossiya uchun rejasi amalga oshdi, qurbon bo’lganlar, qiynalganlar va vahshiylar biz bo’lib qoldik. Demak, millatchilikni vosita qilib mustamlakachi kofirlar o’z nufuzini saqlab qolmoqda. Islom diyorlarining boshqa joylarida ham ahvol shunday. Masalan: AQSh Turkiyada “kurd va turk” tuyg’usidan, arab diyorlarida esa, “sinniy-shiya” tuyg’ularidan, qadimda xalifalikni yo’q qilish uchun “arab-turk” fikridan foydalangan.
Bu rayimga qo’shilganlarga nima ishlar qilinishi kerakligini aytish bilan birga, tezda amalga kirishishlarini maslahat beraman.
- Mustamlakachi davlatlarning ayg’oqchilarini yurtlarimizdan chiqarib tashlashni talab qilish. Chunki kofirlar o’z maqsadlariga etish uchun qilayotgan tashqi siyosatini va o’z malaylarini yo’naltirishni ayg’oqchilari yordamida bizning ichki ahvolimizni yaxshi o’rganib chiqqandan so’ng belgilaydi. Bunga AQSh va Qirg’iziston o’rtasidagi 5 yillik vizani joriy qilganini keltirish mumkin. (To’g’ri maqsadda yurganlarining ziyoni yo’q).
- G’arbparast malaylarni og’zini yopish. Ular kofirlar foydasiga targ’ibot ishlarini va kerak o’rinlarda rejalarini amalga oshishi uchun bilib-bilmay, ularning ko’rsatmalari bo’yicha ishlarni olib borishadi.
- Millatchilik muhitini yo’q qilish. Millatchilik har bir insonda tabiiy bo’lsa-da, lekin uni o’z maqsadlarida foydalanish uchun mustamlakachilar kuchaytiradi yoki malay hakimlar kuchayishiga e’tiborsizlik bilan qaraydi.
- Islomiy muhitni kuchaytirish. Bu muhid soyasidagi ming yillik tarihimizda bu xalqlarni tinch totuv, hech qanday o’zaro nizosiz yashaganliklari bizni bu fikrimizni quvvatlaydi. Bularni qanday amalga oshirish mumkinligi to’risidagi rayimni keyin bayon qilaman.
Rahbar tanlashdagi aqlning ahamiyatini tushuntirish uchun uning mahsuli bo’lgan fikr-rayni ozgina sharhlab qo’yaman, chunki ba’zi bir fikrlarning his qilinadigan voke’ligi bo’lsa-da, fikrlashga o’rganmagan inson tushina olmasdan, uni safsata deb o’ylaydi, chunki uning voqe’sini his qilish uchun ham fikr kerak bo’ladi. Shuning uchun qiyin fikrlarni qayta-qayta o’qish maqsadga muvofiq.
Ra’yning his qilinadigan voqe’ligi bo’lsa fikr bo’ladi, aks holda behuda safsata bo’lib qolaveradi. Bu holatda u hech bir asosga ega bo’lmagan bo’lmag’ur narsalar, puch hom hayollar, faraz-taxminlar va uydirma-yolg’onlar ustiga qurilgan bo’ladi.
Bu fikrga uning egasi o’zidagi ma’lumotlar va Alloh unga ne’mat qilib bergan bog’lay olish quvvati ya’ni o’sha ma’lumotlarni voqelikka bog’lay olish quvvati orqali erishadi. Aytilgan fikr esa, egasining kimligidan xabar beradi. Chunki inson gapirganda darhol uning shaxsiyyati ma’lum bo’lib qoladi. Zero bu shaxsiyyat yo xarobaga aylangan kimsasiz uy kabi hamda ichi bo’sh nog’ara kabi hech vaqoga arzimas, o’ta bachkana shaxsiyyat bo’lib chiqadi yoki sersuv daryo kabi bilim ma’rifatlar va ma’lumotlar bilan obod bo’lib gullab yashnagan, iyjodkor, to’g’ri yo’lni ko’rsatib beruvchi shaxsiyyat bo’lib chiqadi. Shuning uchun: «Kishining halokati ikki jag’ining o’rtasidadir», deb bejiz aytilmaganlar.
Albatta fikrning inson ustidan bo’lgan hukmronligidan boshqa biron hukmronlik ustun bo’lolmaydi. Shuning uchun uning hukmronligi qilich hukmronligidan ko’ra kuchliroq va ta’sir ko’lami kattaroq bo’ladi. Bu esa fikrning Alloh insonni boshqa maxluqotlaridan yuksakka ko’tarishga sababchi bo’lgan aql ustidagi hukmronligidan kelib chiqadi. Zero fikr sababli inson yuksaladi va odamlar o’rtasida baland darajaga ko’tariladi hamda eng oliy kamolot martabalariga etib boradi. Fikrsizlik bilan esa hayvon darajasidan ham pastlikka sho’ng’ib o’ta tubanlashib ketadi.
Alloh O’zining Rosuli Muhammad (s.a.v)ni Payg’anbar qilib yuborgan paytda u kishini fikr asosida, Qur’on va Sunnat bilan yubordi. Boshqa Payg’anbar va Rosullarni yuborgan paytda ham ularga aql yo’li orqali xitob qildi va garchi ularning mo’jizalari moddiy mo’jizalar bo’lgan bo’lsa ham, ularni fikr bilan elchi qilib yubordi. Alloh – birinchi inson bo’lmish Odamni yaratgan paytda esa uni maloikalardan fikr bilan afzal qildi. Chunki Alloh Odam alayhissalomga maloikalarga bermagan tafkir asoslarini o’rgatdi. Natijada, Alloh Odamni ulardan muqaddam qilishi bilan va ularni unga sajda qildirish bilan ulardan afzal bo’ldi. Zero fikr barcha narsalardan avval va peshqadam turadi, undan so’ng inson hayotidagi boshqa narsalar shu fikrning natijalari sifatida keladi, shundan so’ng g’arizalarni va moddiy, ma’naviy va ruhiy ehtiyojlarni qondirish keladi. Fikrning yo’q bo’lishi bilan esa barcha narsa yo’q bo’lib ketadi.
Ra’yning ahamiyati mavzusining turlicha bo’lishi va aytuvchisining har xil bo’lishi bilan bir-biridan farq qiladi. Chunki, aqida kabi asosiy fikrlardagi ra’y, ahamiyat va qiyinligi jihatidan ikkilamchi ra’ydan farq qiladi. Siyosat xususida ra’y esa tarix xususidagi ra’ydan tamomila farq qiladi, dushmanlar bilan jang qilish maydonidagi ra’y esa harbiy manyovrlardagi ra’ydan butunlay farq qiladi va hakazo…
Rahbar tanlash mavzusidagi fikr ham o’ta muhim va qiyin bo’lganligidan bu mavzuni tushinish uchun kuchli fikr kerak bo’ladi. (To’g’ri rayni bilib olishda sizga yordam bo’lishi uchun “al-va’y” jurnalinig 163 chi sonidagi “TO’G’RI RA’YNI TYeKShIRIB O’RGANISh” mavzusiga qarang). (davomi bor).
G’arib.