“CA-NEWS” saytining xabar qilishicha, 27 aprel kuni AQShning O’zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov shartnomaga kiritilgan 13-raqamli tuzatishni imzoladi. Bu tuzatish 2001 yil 14 avgustda Amerika Qo’shma Shtatlari va O’zbekiston Respublikasi hukumatlari o’rtasida tuzilgan narkotiklarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilishga ko’mak bo’yicha shartnomaga taalluqlidir.
Unga ko’ra, Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi mablag’ bilan ta’minlaydigan, grant asosida O’zbekiston hukumatiga 2014 yilda ajratilgan qiymati 6 200 000 dollardan ko’p bo’lmagan jihoz, patrul qayiqlari va boshqa transport vositalarini etkazib berishga qaratilgan loyiha yo’lga qo’yiladi. Ushbu yordam O’zbekiston Milliy xavfsizlik qo’mitasi davlat chegaralarini muhofaza qilish qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasiga taqsimlanadi.
Mazkur loyihaning maqsadi O’zbekistondagi huquqni muhofaza qilish organlariga narkotiklar, psixotrop va shunga o’xshash moddalarning noqonuniy savdosiga aloqador muhim narkotrafik tashkilotlarni tarqatish va bartaraf etish uchun zarur strategiya ishlarini olib borishda ko’mak berishdan iborat.
Turkiston:
O’zbekiston xududida narkotrafika yo’llari deyarli yo’q bo’lib ketgan. Olinayotgan pullar rasmiyatchilik uchun bo’lib, qo’shni davlatlarida mavjud bo’lgan narkotrafika yo’llarini bartaraf etish uchun sarflanishi mumkin. AQSh O’zbekiston uchun, Markaziy Osiyodagi ba’zi davlatlarning ichki ishlariga aralasha oladigan sharoitlar yaratib kelmoqda. O’zbekiston Afg’onistonning infrastrukturasini qurulishida katta xissa qo’shib kelayapti. Undan tashqari Afg’onistonni malum miqdorda energetika manba’lari bilan, oziq ovqat va meva sabzavodlar bilan ta’minlaydi.
Narkotrafikaga qarshi yo’naltiriladigan pullar, Qirg’iziston orqali ketayotgan narkotrafika yo’nalishiga qarshi sarflanishi mumkin. Bu kabi xarajatlar, O’zbekiston Qirg’iziston bilan yana bir soxada xamkorlik qilish uchun shartnomalar imzolashiga imkoniyat yaratib olishi bilan, yanada ichki ishlarimiz ichkarirog’iga kirib kela olishi uchun sharoitlar yaratib berishi mumkin.
Xuddi xozirda IIV va xavfsizlik tizimlarimiz bilan xamkorlik qilish ortidan, asosiy strotegik nuqtalarimiz bo’lgan maxfiy tarmoqlarimizni internet orqali eshitish va nazorat olib borishi mumkin bo’lgan barcha sharoitlarni yaratib olayotgani singari. Chunki Qirg’iziston, internet uchun barcha tarmoqlarda ishlatiladigan uskunalarni tashqi davlatlardan olishidan tashqari, mutaxasislarni xam ulardan so’raydi. Bu esa, ularni Qirg’iz kuch strukturalarining maxfiy bazalariga kirib olishlari uchun juda qulay imkoniyatlar yaratadi.
Bundan tashqari, AQSh Qirg’izistonga qurib olgan yangi elchixonasi, jaxonning eng yangi ayg’oqchilik qilish uskunalari bilan jixozlangan. Demak AQSh xoxlasa, O’zbekistonni Qirg’iziston ustidagi nazoratini xoxlaganicha kuchaytira oladi. U Qirg’izistonni Rossiyadan tortib olish uchun, Xitoy va O’zbekistonning ta’sir quvvatlaridan va ularning xar birining manfaatlaridan kelib chiqqan extiyojlaridan foydalanib, mintaqada ular o’rtalarida muvozanatli nazorat o’rnatishi mumkin. Soddaroq qilib aytadigan bo’lsak, AQSh Qirg’izistondan faqat strotegik nuqta sifatida foydalanish bilan cheklanishi mumkin. Lekin Xitoy va O’zbekistonni Qirg’iziston uchun Rossiyaning iqtisodiy mustamlakaligidan qutulib olishi uchun, mintaqada iqtisodiy ta’sirlarini kuchaytirishlariga ko’maklashib yuborishi mumkin. Buning uchun AQSh Qirg’izistonni atayin moliyaviy siquvga va xavfsizlik tomonidan xam vaximalar paydo qilib, o’z kuchi bilan bartaraf eta olmaydigan xavf xatarlardan qattiq ogoxlantiradi