“Aziya-Plyus” axborot agentligining xabar qilishicha, Tojikiston shimolidagi So’g’d viloyatida Hizb ut-Tahrirning besh a’zosi yana qayta ozodlikdan mahrum etildi.
9 aprel kuni bo’lib o’tgan sud majlisida Xo’jan shahar sudi Hizb ut-Tahrirning avval ham mazkur tashkilotga a’zoligi uchun qamoq muddatlarini o’tab chiqqan besh nafar a’zosiga nisbatan hukm chiqardi.
Xo’jand shahar sudidagi agentlik manbasining aytishicha, ozodlikdan mahrum etilganlar 35-42 yoshli Tojikiston fuqarolari bo’lib, uch nafari Xo’jand shahridan, bittasi Chkalov va yana biri Isfara tumanida istiqomat qilib kelishgan.
Mazkur ishni ko’rib chiqqan sud ularni Tojikiston Jinoyat kodeksining 307 (Ekstremistik tashkilot tashkil etish. Siyosiy partiyalar, jamoiy, diniy yoki boshqa tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish) moddasi bo’yicha aybdor deb topib, 3 yildan 3,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etdi.
Ismi oshkor etilmagan birodarlarimiz Islom hukmlarini oliy qilish va Allohning roziligiga etishish umidida Hizb ut-Tahrir safida faoliyat olib borganlari uchun avval ham ozodlikdan mahrum etilib, noqonuniy tayinlangan jazo muddatini o’tab chiqqan bo’lsalarda, ozodlikka chiqqach Hizb safida o’z faoliyatlarini davom ettirganlar. Ulardagi azmu qaror va shijoatni sindirishga qodir bo’lmagan hamda da’vatlari yo’liga to’siq qo’yishga ojizlik qilgan rasmiy hukumat ularni yana qayta qamoqqa tashlashdan boshqa yo’l topa olmadi.
Tojikistonda mustabid hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosat natijasida so’ngi 10 yildan oshiq mobaynida uzoq muddatga ozadlikdan mahrum qilingan 300dan ziyod Hizb yigitlari qamoq muddatlarini o’tab chiqqan bo’lsalar, o’nlab birodarlarimiz o’z e’tiqodlari yo’lida shahid bo’ldilar. Rasmiy hukumat tomonidan olib borilayotgan ta’qib va tazyiqlar, zulm va qiynoqlar ularni o’zlari tanlagan yo’l va g’oyadan qaytara olmadi. Bugungi kunda tog’ut Imomali zindonida yuzlab erkak va ayollar g’ayriinsoniy sharoit va qiynoqlar ostida qamoq muddatini o’tamoqdalar. Rasmiy hukumat mana shunday uzoq muddatli qamoq va qiynoqlar vositasida Islom dinini rivojiga hamda islomiy da’vatni jamiyat ichida yoyilishiga to’siq qo’yishga behuda harakat qilmoqda.
Imomali Rahmon boshchiligidagi tojik hukumati nafaqat islomiy harakat va tashkilotlarga, balki Islom dini, uning ko’rinish va qadriyatlariga ham qarshi kurashib kelmoqda.
Maktab va oliy o’quv yurtlaridan ro’mol o’ragan o’quvchi o’quvchi qiz va talabalarni xaydalishi, xotin-qizlarni jamoat joylari va davlat muassasalarida hijob bilan yurishini ta’qiqlanishi, erkaklarning saqollarini majburiy qirib tashlanishi va jarimaga tortilishi, 18 yoshga to’lmagan o’smirlarni masjidga kirishiga ruxsat bermaslik, 35 yoshga to’lmagan fuqarolarni haj ibodatiga borishiga to’siq qo’yilishi kamlik qilganidek rasmiy hukumat “yoshlar va qariyalarning hordiq chiqaradigan maskaniga aylantirish” bahonasi bilan yuzlab masjid, o’nlab madrasalarni yopib tashlamoqda.
“Ozodlik” radiosining xabariga ko’ra, Tojikistonning Jomiy tumanidagi 50 masjiddan bundan buyon azon emas, musiqa va qo’shiq yangraydi. Tuman hokimiyati davlat ro’yxatidan o’tmagan 50 masjidni madaniyat uylariga aylantirish haqida qaror chiqardi.
Abdurahmon Jomiy tumani hokimi o’rinbosari Faxriddin G’ofurov “Faoliyati noqonuniy deb topilgan 50 masjid madaniyat uylari, sport markazlariga aylantirilgani va bundan yoshlar hamda mahalliy aholiga ko’proq foyda tegishi” haqida ma’lumot berdi.
Ey, Tojikiston musulmonlari!
Sizu biz uchun dinga to’liq ergashishdan, Islom va musulmonlar manfaati uchun birgalikda kurashishdan o’zga yo’l yo’q. Agar bizlar Islomni qo’riqlamasak, Islom diniga to’liq suratda amal qilmasak hamda Rosululloh sallollahu alayhi va sallam va u zotning ashoblaridek unga da’vat qilmasak Allohning oldida bizga uzr yo’q. Allohning namoz, ro’za, haj, satri avrat… kabi farzlarini bajarmaslikka hech qanday bahona yo’q.
Agar bizlar zolim hukumatning qo’lidan tutib, munkar ishlardan tiyib qo’ymasak biz uchun hech qanday yordamchi topilmaydi. Islom dinini yoyishga, ma’rufga buyurib, munkardan qaytarishga jiddiy ahamiyat qaratishimiz lozim. Aks holda payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallam aytganlaridek:
وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ وَلَتَنْهَوُنَّ عَنِ الْمُنْكَرِ، أَوْ لَيُوشِكَنَّ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عِقَابًا مِنْ عِنْدِهِ، ثُمَّ تَدْعُونَهُ فَلاَ يُسْتَجَابَ لَكُمْ
“Jonim qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, sizlar albatta ma’rufga buyurasizlar va munkardan qaytarasizlar, aks holda Alloh Azza va Jalla O’z huzuridan sizlarga azob yuborish arafasida bo’ladi. So’ng sizlar duo qilasizlar, duolaringiz ijobat qilinmaydi”.
Turkiston