Qirg’iziston hurlari: terrorchilikda ayblanishmi yoki terrorchi davlatda yashashmi?

495
0

Qirg’iziston militsiyasi 2015 yil 3 mart kuni Bishkek shahrida Hizb ut-Tahrir a’zolaridan 4 nafar ayol qamoqqa olinganligi to’g’risida ma’lum qildi. Ayrim axborot vositalarida O’sh shahrida 22 yoshli Burulay Rahmonjon qizi ham qamoqqa olingani aytildi. 2 nafar o’g’ilchasi bor, ulardan biri 3 oyli emizikli chaqaloq bo’lgan bu singlimiz taqiqlangan ashyoviy dalillar – 13 dona kitob, 23 dona kompakt disk – topilganligi ro’kach qilinib qamoqqa olindi. Keyin militsiya 19 mart kuni ham Batken oblastida Hizb ut-Tahrir a’zolaridan bir necha ayollar qamoqqa olinganligini bildirdi.

Darhaqiqat, bu hukumat toat-ibodatda bo’lgan muslimalarga qarshi shafqatsiz kampaniyani boshladi va ularni taqiqlangan ashyoviy dalillar topildi, deya yolg’on nohaq ayblovlar bilan qamoqqa olmoqda. Bu qurolsiz zaifalarda bor deya qo’rqishayotgan va davlatga, millatga xavf solayotgan qanday ashyoviy dalil bo’lishi mumkin, axir?! Nahotki, islomiy kitob va disklarda shubhalanadigan va musulmonlarga tahdid soladigan narsalar bo’lsa?! Bu militsiya iffat sohibalarini qamoqqa olish bilan maqtanishdan uyalmasmikin?! Allohga qasamki, bu ish xavfsizlik posbonlari, fuqarolar himoyachilari, deya sanalgan idoradagilar peshonasida sharmandalik tamg’asi bo’lib saqlanib qoladi. Ummatning halol xolis kishilari bu tamg’ani ularga doim eslatib turadilar. Ertaga xalifa qiynoqqa solingan, zulm qilingan har bir muslima uchun ulardan hisob talab qiladi hamda ayollarga zo’ravonlik qilayotgan bunga o’xshash hukumatlar zamonida tahdidga solingan har bir emizikli ayol uchun albatta qasos oladi.

Qarshimizdagi davlat terrorizmga qarshi kurash, degan yolg’on da’vo bilan fuqarolarni qo’rqitmoqda, ayolni himoya qilish o’rniga unga zulm qilmoqda, qo’rquvdan tinchlantirish o’rniga unga tahdid solmoqda… Islomni etkazayotganlar va u bilan hukm qilishni qattiq talab qilayotganlarga nisbatan nafrat hissi bu davlatning ko’zini ko’r qildi. U emizikli chaqaloqqa g’amxo’rlik qilish, himoya qilish va ozordan saqlash o’rniga, uni qamoqqa tiqdi, yig’latdi… Mana, hozir shu uch oylik chaqaloq kitoblar va kompakt disklar topildi, deya ayblangan onasi Burulay bilan zim-ziyo zindonda yotibdi. Holbuki, bu kitob va disklar musulmon aqllarga ozuqa bo’lardi, nafsiyasini mustahkamlardi, Robbiga itoat qilishlariga yordam berardi. Bu ish jinoyat kodeksining «fuqaro terrorchilikka aloqador moddiy ashyolarni saqlasa yoki tarqatsa jazolanadi» deya aytilgan 299-moddasiga zid bo’lishiga qaramay ular Burulayni hibsda saqlashda qat’iy turishibdi. Ular o’zlarining vaz’iy qonunlari ustida nayrang ishlatib fuqarolar ishiga g’amxo’rlik qilish o’rniga uni suiste’mol qilishmoqda.

Soxta demokratiya, yolg’on erkinliklar da’vo qilinayotgan bu yurtda Hizb-ut-Tahrir hamon ta’qiqlanmoqda va u «terrorchi tashkilot» deya ayblanmoqda. Barchaga ma’lumki, Hizb Nabiy Aning davlat barpo etishga oid tariqatlariga rioya qilgan holda, hech qanday zo’ravonlik amaliyoti bilan shug’ullanmaydi. Bugun Qirg’izistondagi sudlar va axborot vositalari urushining turgan bitgani tuhmat, uydirma va yolg’ondan iborat. Hizb ut-Tahrir o’z faoliyat uslubida siyosiy faoliyat olib borishi va zo’ravonlik amaliyotiga qo’l urmasligi to’g’risida rasmiy bayonotlar berib kelgan. Biroq shunga qaramay, ular Hizbning ta’siriga chek qo’yishga va o’z til biriktiruvlarini, qirg’inbarot loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo’lish uchun Hizbga qarshi kurashishyapti. Terrorizmga qarshi kurashni shu terrorizm falsafasini keng yoyish, undan qo’rqitish, zulm tarqatish bilan olib borishyapti. Shuning uchun ham ichki ishlar vaziri Melis Turg’unbaev 2015 yil 11 mart kuni bergan matbuot konferentsiyasida militsiya safidagilar sonini bir necha barobarga ko’paytirmoqchi ekanini ochiqladi. Ular bu bilan xalq orasida qo’rquv paydo qilib, uni kundan-kunga kuchayib borayotgan «islomiy kuchlar xavfi»ga ishontirmoqchi bo’lishyapti.

 ﴿وَلَا يَحِيقُ الْمَكْرُ السَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِه﴾

«Yomon makr-hiyla faqat o’z egalarini o’rab halok qilur» [Fotir 43]

 ﴿إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَذَكَرُوا اللَّهَ كَثِيرًا وَانْتَصَرُوا مِنْ بَعْدِ مَا ظُلِمُوا ۗ وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ﴾

«Magar imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda doim Allohni zikr qilgan va mazlum bo’lganlaridan keyin g’olib bo’lgan zotlar (bunday emaslar), zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar» [Shuaro 227]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.