Yana natija chiqmadi

427
0

Joriy oy boshida Prezident Bashar Asadning yaqin ittifoqchisi bo’lmish Rossiya tashabbusi bilan Suriya rejimi va ba’zi muxolif guruhlar o’rtasida uchrashuv boshlangan edi. Xuddi avvalgilari kabi bu muzokaralar ham yana muvoffaqiyatsiz yakunlandi.

Jenevada tashkil qilingan konferentsiyalardan biror natija chiqmagan bo’lsa ham Rossiya Suriya rejimi va muxolifat vakillarini kelishtirishga tinmay harakat qilmoqda. Moskva Suriya rejimi va muxolifatiga mezbonlik qilib ularni kelishtirishga bir necha bor jonbozlik ko’rsatdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko’ra, bu uchrashuvlarda Jeneva xatosi takrorlanmaydi.

“Jenevada qo’yilgan xatolarni takrorlamaymiz. Uchrashuvlarga barcha muxolif guruhlarni taklif qilamiz. Avvalgi uchrashuvlarimizda faqat Suriya milliy koalitsiyasi taklif qilingan edi”, degan edi Rossiya tashqi ishlar vaziri avvalgi uchrashuvlardan birida.

Ammo bu galgi muzokaralarda Damashqdan davlat rasmiylari qatnashgan bo’lsa-da, biroq G’arb tomonidan dastaklanib kelayotgan Suriya milliy koalitsiyasi ishtirok etmadi. Ularning talabiga ko’ra muzokalarda Asadning mansabda qolishi haqida gap-so’z bo’lmasligi kerak. Rossiya esa har ikki taraf, ya’ni Asad rejimi va barcha mo”tadil muxolif guruhlar o’rtadagi nizoni ortga uloqtirib Islomiy guruhlarga qarshi kurashni quchaytirmoqlari lozimligini uqtirib keladi. Aks holda kech bo’lishi mumkin.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning fikricha, Suriyada birinchi bo’lib hal qilinadiga masala – o’zining tili bilan aytganda – terrorchi guruhlarni bartaraf qilishdir. Unga ko’ra, Suriyada Islomiy guruhlar faol kurash olib borar ekan, Asad rejimining amalda qolishi yoki o’zgarishi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.