Chichek: Rossiya bizning qadrli qo’shnimizdir

412
0

Rasmiy safar bilan Rossiyaga kelgan Turkiya parlamentining rahbari Jamil Chichek poytaxt Moskvada Rossiya parlamentining yuqori palatasi federatsion kengashining rahbari Valentina Matviyenko bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv chog’ida Chichek Rossiya va Turkiya aloqalarini yana ham rivojlantirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Jamil Chichek Rossiyaning Turkiya uchun juda qadrli qo’shni va muhim hamkor ekanligini bildirib, ikki davlat o’rtasidagi aloqlar keyingi yillarda ulkan yutuqlarni qo’lga kiritganligini bayon qildi.

“Shuni yaxshi bilib qo’yishlarini istardikki, Rossiya biz uchun o’ta qadrli qo’shni va juda muhim hamkordir. Turkiya va Rossiya o’rtasidagi mavjud aloqalar faqat o’zarolik jihatidan emas, balki mintaqaviylik va dunyoviylik jihatidan qaralganda ham muhim ahamiyatga molik aloqalardir.”, dedi Jamil Chichek.

Shuningdek Chichek Duma rahbari Sergey Narshkin bilan ham uchrashdi. Yana ikki davlat o’rtasidagi aloqalar ahamiyatiga e’tibor qaratgan Chichek “Biz bu aloqalarni yuqori darajali aloqalar deb e’tibor qilamiz. Bu esa o’rtadagi aloqalarga bog’liq bir kengashning mavjudligidan ham o’z-o’zidan ko’rinib turipti. Bundan keyingi yuqori darajali kengash yig’ilishi ham Rossiyada bo’lib o’tadi”, dedi.

Turkiya parlamentining rahbari Jamil Chichek Ukraina hodisalari borasida Rossiyaga nisbatan qo’llangan sanktsiya haqida ham gapirib o’tdi.

“Ukrainada yuzaga kelgan hodisalar tufayli ba’zi davlatlar Rossiyaga nisbatan sanktsiya joriy qilish yo’liga o’tishdi. Ammo Turkiya bunga qo’shilmadi. Rossiya bilan bo’lgan aloqalarini muhim sanaganligi uchun ham o’z pozitsiyasini o’zgartirmadi. Yevropa kengashida ham Rossiyaning ovoz berish huquqi muhokamaga qo’yilganda Turkiyaning pozitsiyasida biror o’zgarish yuz bermadi. Buning konstruktiv harakat bo’lmaganligini e’tiborga olib bu qarorga qo’shilmadi. Shu bois biz Turkiya va Rossiya aloqalariga ta’sir qiladigan va o’zaro aloqalarda muammo tug’diradigan siyosatdan va harakatlardan uzoq turdik. Buning evaziga do’stlarimizdan ham aynan shu munosabatni kutamiz”, dedi turkiya parlamentining rahbari.

O’z navbatida Rossiya federatsiya kengashining rahbari Matviyenko Turkiyaning bunday munosabatiga tashakkur bildirdi. Matviyenko rus xalqining barcha qatlamlari Rossiya va Turkiya o’rtasidagi aloqalarni yana ham chuqurlashtirish istagida ekanligini ta’kidladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.